Markaziy osiyoda psixologik ta'limotlarning rivojlanishi

Markaziy osiyoda psixologik ta'limotlarning rivojlanishi

O'quvchilarga / Psixologiya
Markaziy osiyoda psixologik ta'limotlarning rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

Reja: Arab iste'losidan keyingi davrda o'rta Osiyoda fan, madaniyatning rivojlanishi. Abu Nasr Farobiyning psixologik qarashlari. Al-Xorazmiyning psixologik qarashlari. Abu Ali ibn Sino, Abu Rayxon Beruniyning psixologik qarashlari. Umar Xayyomning psixologik qarashlari. VII asrning oxirlarida Movarounnahr xalqlari asta-sekin arab xalifaligi qaramog'iga o'ta boshlaydi. Islomning har jihatdan mustahkam joriy etilishi esa asosan IX asrning I choragida boshlangan. Shuning uchun ham Movarounnahr allomalar arab musulmon madaniyati bilan faqat IX asrning boshidan tanisha boshlaganlar. Chunonchi, Muhammad al-Xorazmiy va Axmad al-Fargoniy Bag'dod akademiyasi «Dorul xikma»ga IX asrning 16-20 yillarida kelganlar. Shu vaqtdan boshlab o'rta Osiyo fani, falsafasi, adabiyoti va madaniyati tarkibida mustahkam bosqich sifatida, ya'ni o'rta Osiyo mahalliy madaniyatining yangi bosqichi sifatida shakllana boshlagan edi. Demaq arab malaniyati va islomning o'rta Osiyo xalqlari madaniyatiga, ruhiyatiga ta'siri haqida ham xuddi mana shu vaqtdan boshlab gapirish mumkin. Islomning o'rta Osiyo xalqlari ruhiyatidagi ilmi, tafakkuri, dunyo» qarashlari roli haqida qisqacha tuxtalamiz. Bu muammoni bir qancha xarakterli yo'nalishlari bo'yicha ko'yish mumkin. Bular: Movarounnahr xalqlarining islomga qadar bo'lgan madaniyati va unga islomning munosabati, bu xalqlar madaniyatiga islomning kirishi, keyin shakllangan islom ruhiyati, madaniyatining o'ziga xos xususiyatlari, maorif, ta'lim, tarbiya, dunyoviy fanlar, iloxiyot, falsafa, adabiyot, ahlokiy-huquqiy hayot va uning islom qoidalari asosida boshqarish, me'morchilik va boshqalardan iborat. Bularning hammasida islom ijobiy rol uynaydi. Busiz u jamiyatda -o'z o'rnini va ko'p asrlar davomida kishilarning turmushi, ruhiyati va ongiga ta'sirini saqlab kola olmagan bular edi. Islomning tarqalishi xalqlarnng islomga qadar bo'lgan madaniyati, diniy mafkurasi, otashparastliq buddiyliq mazdakiyliq moniylik bilan bog'liq bo'lgan dunyoqarashlari yo'q qilingan edi. Abu nasr Forobiyning psixologik qarashlari Abu nasr Forobiy yaqin va o'rta Sharqda ilg'or ijtimoiy-falsafiy oqimning asoschilaridan biri bo'lib, «SHarq Aristoteli» degan unvonga sazovor bo'lgan mashhur mutafakkir. Forobiy (873-956) dunyoqarashiniig asosi, ya'ni dunyoning to'zilishi haqidagi tushunchasini «panteistik» degan fikr tashkil etadi. Mavjudot «emonatsiya» yordamida yagona boshlangichdan pog'onama-pog'ona vujudga kelgan, yakkalikdan kuplikka, rang baranglikka borgan. Uning dunyoqarashidagi asosiy maqsadlardan biri ilmiy-falsafiy usulning mustaqilligini nazariy jihatdan asoslab berishga, uning inson tafakkuriga, aqliy bilimiga asoslanganligini isbotlashga intilishdir. Forobiy bilishning ikki shakli, bosqichini - hissiy va xayoliy, aqliy bilishni bir-biridan farqlaydi. U sezgi roliga tuxtalib, besh turga bo'ladi: Forobiy sezgini bilishning manbai deb hisoblagang, uning qarashlari Aristotelning «sezmagan odam hech narsani bilmaydi ham, tushunmaydi ham» degan qarashlariga o'xshab ketadi. Forobiy inson (ruh) jonining bir tandan boshqasiga utib, kuchib yurishi mumkinligini inkor etadi va uni balki tan kabi individual «substatsiyasining birligi» sifatida tushunadi. Uning fikri izchil emas edi. Bunday ikkilanish Aristotelga ham xos bo'lgan. Forobiyning ruhiy jarayonlar, ularning bilish va mantiq tizimi haqidagi ta'limoti ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.88 KB
Ko'rishlar soni 66 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.88 KB
Ko'rishlar soni 66 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga