Marketing xizmatlarini tashkil etishning psixologik mexanizmlari (sanoat va ishlab chiqarish sohalari misolida)

Marketing xizmatlarini tashkil etishning psixologik mexanizmlari (sanoat va ishlab chiqarish sohalari misolida)

O'quvchilarga / Psixologiya
Marketing xizmatlarini tashkil etishning psixologik mexanizmlari (sanoat va ishlab chiqarish sohalari misolida) - rasmi

Material tavsifi

Marketing xizmatlarini tashkil etishning psixologik mexanizmlari (sanoat va ishlab chiqarish sohalari misolida) Amaliy hamda tatbiqiy psixologiya sohalarining o'ziga xos jihatlari avvalo shundan iboratki, ular jamiyatning bevosita bugungi kundagi talablari va buyurtmalariga ko'ra ish yuritadi. Sanoat va mahsulotlar ishlab chiqarish sohasida tatbiqiy ishlar birinchi navbatda tashkilotda kadrlar zahirasini to'g'ri va oqilona tashkillashdan tortib, xodimlar ish sharoitlari va mehnat unumdorligiga ta'sir etuvchi omillar kompleksini ilmiy ravishda o'rganib, hayotda natija olishga qaratilgan harakatlar majmuidir. Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida ushbu yo'nalishdagi tatbiqiy ishlarning ikki sohasini ajratish mumkin: marketing xizmatlari; xodimlar (personal) bilan ishlash. Birinchisi eng zamonaviy va muhim ish bo'lib, bu yerda psixologning vazifasi Nimani? va Kim? xarid qilib olishga ehtiyoji borligini o'rganishga ko'maklashishdir. 1-jadval Psixologiyani qanday qilib sotish mumkin?, - deb nomlangan Case Study Chunki, talab bilan ehtiyoj bevosita shaxsga va uning psixologik munosabatlari tizimiga aloqador kategoriyalar bo'lib, bozor va raqobat sharoitida korxona yoki tashkilotlarning samarali ishlab ketishi, eng avvalo, xaridorgir tovar mahsulotlarni ajratib, ularning odamlar talab-ehtiyojiga qanchalik mosligini aniq tahlil qilishdan boshlanadi. Marketing munosabatlari aslida odamlar o'rtasidagi sof psixologik munosabatlar bo'lib, uning negizida odamlar o'rtasidagi jonli muloqot o'rnata olish, ta'b va didlar tarbiyasi yotadi. Shuning uchun biz bugun odamlarda to'g'ri marketing tafakkurini shakllantirish vositalarini qidirishimiz va talab-taklif munosabatlarini real ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan muvofiqlashtirishda inson psixologiyasi xususiyatlarini inobatga olib ishlashga o'rganishimiz kerak. Biz aniq va to'g'ri javoblar olishimiz kerak bo'lgan savollar turkumi 1-jadval bo'yicha yuqoridagilardan iborat bo'ladi (1-jadval qarang). Demak, marketing xizmatida javob berilishi zarur bo'lgan savollardan ko'rinib turibdiki, har bir savolga beriladigan javobning orqasida konkret odamlar, ularning qobiliyatlari, manfaatlari va ish unumi yotadi. Shuning uchun bu sohada psixologik xizmat zarur. Ikkinchi soha - kadrlar va ular bilan bevosita ishlash sohasi. Bu kadrlarni ishga jalb etishda bilish zarur bo'lgan qobiliyatlar va shaxsiy fazilatlardan tortib, ularni to'g'ri yo'naltirish, o'z joyiga qo'yish, tashkilot doirasida guruhlarni shakllantirish, xodimlarga ma'lumotlarni o'z vaqtida yetkazish bilan bog'liq kadrlar siyosatini olib borishga aloqador xizmatdir. Psixolog bu o'rinda asosan maslahatchi - konsultant va ekspert sifatida rol o'ynaydi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.29 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.29 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga