Maslahat berish amalivotida bolani psixologik tekshiruv tekshiruv vazifalari va umumiy tavsiyalar Reja: Chet el pskologiyasida psixik taraqqiyotni tuzatish Psixik taraqqiyotni tuzatishni tashkil etish prinsiplari Bog'cha bolalarining psixologik qiyinchiliklarini tuzatish yo'llari Ota-onalar guruhlari Individual psixologik maslahat berish psixolog amaliy faoliyatining eng mas'uliyatli turlaridan biridir. Maslahatchining fikri, psixik taraqqiyoti bo'yicha har bir bahosi, bolaning keyingi taraqqiyotiga, o'qituvchilarning, ota-onalarning boiaga nisbatan munosabatiga katta ta'sir ko'rsatishi mumkin. Shuning uchun individual psixologik maslahat berish bola taraqqiyotini boshidan diqqat bilan tahlil qilishni, har xil manbaalardan olingan ma'lumotlargaasoslanadi. Ma'lumot manbaasi sifatida ota-onalar bilan suhbat, o'qituvchilar bilan, bolaning o'zi bilan suhbat, bolani uyda, maktabda va boshqa hollarda kuzatish, psixologik tajriba orqali kuzatuv, ota-onalar bilan tanishish, tibbiy huijatlar bilan tanishish va boshqalardan foydalanish mumkin. Ko'pincha mualliflar aniq hodisani o'rganishda quyidagi ketma-ketlikni afzal ko'rishadi: ota-onalar bilan dastlabki suhbatda olingan ma'lumotlarni tahlil qilish, hamda shifokorlardan, pedagoglardan olingan ma'lumotlarni ham e'tiborga olish; bolani ilgarigi rivojlanish bosqichlari, sog'lig'i, oiladagi munosabat haqida ma'lumot olish uchun ota-onalar bilan suhbat; boshqa muassasalardan ma'lumot yig'ish; 4) sog'lig'i haqida ma'lumot (tekshiruv vaqtida); 5) bolani maktabda, uyda, boshqa hollarda kuzatish. Tekshiruvga muhim qo'shimcha sifatida bola faoliyatini (rasmlarini, daftarlarini, qiziqadigan narsalarini) tahlil qilish ham kiradi. Psixolog-maslahatchi ana shu olingan ma'lumotlar asosida bola rivojlanishining umumiy darajasiga baho berishi, bola qiyinchiliklarining mohiyatini tavsiflashi, ana shu qiyinchitiklarni keltirib chiqaradigan omillarni aniqlashi va psixologik tuzatish dasturlarini ishlab chiqishi kerak. Maslahat berish amaliyotida juda ko'p metodlar mavjud: kuzatish va test metodlari. Psixolog oldida turgan birinchi vazifa bola bilan yaxshi munosabat va o'zaro tushunishni o'rnatishdan iborat. Test metodini o'tkazish qoidalarini qarab chiqamiz. Psixodiagnostika bu masalaga katta ahamiyat beradi, chunki tekshiriluvchi harakatlarining natijasi testni o'tkazish qoidalariga to'liq amal qilishga bog'liq. Ko'pgina metodlar yordamida tekshiruvning bir necha majburiy qoidalari ishlab chiqilgan. Qo'llanmani, unga ajratilgan vaqtni o'zgartirish mumkin emas. Barcha tekshiruvchilarga topshiriqlar bir xilda ko'rsatilishi, hatto qo'llanma ham bir ohangda aytishni talab qiladi. Savollarni bir necha marta qaytarmaslik kerak. Testni bajarayotgan vaqtida bolaga o'rgatish, tanqid qilish, hatto maqtash ham mumkin emas. Tanqid bolani chalg'itadi va dilini og'ritadi, ko'pchilik bolaning topshiriqqa bo'Igan qiziqishini pasaytiradi. Tanbeh bolaning keyingi testlariga bo'Igan munosabatini kuchli o'zgartirishi mumkin, bolaning diqqati, qiziqishi yo'qoladi. Bolaning javoblari qanday bo'lishidan qat'i nazar bir xilda qo'llab-quwatlash kerak. Bolani javoblari uchun emas, intilishi uchun maqtash mumkin. Shunday qilishga intilish kerakki, bola qilgan xatolari haqida tasawurga ega bo'lmasin. Agar bola javoblari bahosini aytishni talab qilsa, tekshiruv so'ngida aytishga va'da berish kerak. Tekshiruvni bola o'zini yaxshi his qilayotganda charchash belgilari bo'lmaganda, qaysarlik ko'rinishlari va ortiqcha hayajonlanish bo'lmaganda o'tkazish kerak. Amerikalik psixolog S.Bertning ta'kidlashicha, ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:49:37
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.7 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:49 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.7 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:44 ]
Arxiv ichida: doc