Maslahat berish jarayonida ota-onalar bilan olib boriladigan ishlar

Maslahat berish jarayonida ota-onalar bilan olib boriladigan ishlar

O'quvchilarga / Psixologiya
Maslahat berish jarayonida ota-onalar bilan olib boriladigan ishlar - rasmi

Material tavsifi

maslahat berish jarayonida ota-onalar bilan olib boriladigan ishlar Psixolog maslahat berish jarayonida ota-onalar bilan bir necha marta aloqada bo'ladi: birinchi marta uchrashganda qisqa suhbat tarzda, bolaning rivojlanishi tarixi bo'yicha butun tafsilotlari bilan batafsil suhbatlashilganda va oxirgi marta tekshiruv natijalari bo'yicha yakunlovchi suhbatda. Bu uchrashuvlarning xar biri umumiy va maxsus vazifalarga ega bo'lib, ularning o'tkazishning o'z xususiyatlari mavjud. Psixologning ota- onalar bilan, bolaning karindoshlari, o'qituvchilari, tarbiyachilari va yaqin kishilari bilan olib boriladigan ishlarni xam o'z iga xos xususiyatga egadir. Psixolog-maslahatchiga bola tarbiyasi bo'yicha murojaat kilgan shaxslar bilan o'zaro munosabatning bazi umumiy tomonlariga tuxtalib utamiz. maslahat berishda muvaffakiyatning dastlabki majburiy sharti tekshirilayotgan bolaning ota-onasi (yoki o'qituvchilari) bilan psixolog ishonchli va ochiqchasiga munosabatni yarata olish kerak. Ishonchli munosabat aslida maslahat bilan murojaat kilgan kishilarning bolaga nisbatan havotirlanishlarini tan olish va xurmat qilish yotadi. maslahatchining ota-onalarga bolaning qiyinchiliklarini yo'qotishga chin dildan kizikuvchi sifatida, uni tushunuvchi va chuqur biluvchi shaxs sifatida munosabatda bo'lishi ular bilan ishonchli aloqa urnatishda juda xam yordam beradi. Bunday munosabat ota- onalarning harakatlarini to'g'ridan-to'g'ri yoki kinoya bilan tanqid qilish, ularning pedagogik chuqur bilimga egaligi haqida shubxalanishga qarama-qarshidir. Teskari aloqaning bu kabi barcha zarur turlari tekshiruv unda xam maxsus shaklda foydalanishni talab kildi. Dastlabki uchrashuvda harakatini kullab-quvvatlamaslik haqidagi xar qanday lukma xam, ularda kuchli himoya aksiyalarini vujudga keltiradi va muammoni xap tomonlama ochiqchasiga muxokama kiladigan yullarni yopib kuyadi. Shu bilan birga ota-onalar bilan birinchi va ikkinchi uchrashuvlarda maslahat berishining maqsad vazifalarini tushuntirishga etibor berish zarur. Shuni hisobga olish zarurki, Respublikamiz sharoitida, psixologik xizmat endigina tashkil topayapti va aholining amalda psixologik yordam olish tajribasi yuk, kupchilik ota-onalarda psixologik xizmat haqida noto'g'ri tasavvurlar paydo bo'lgan (maslahat berish jarayonining murakkabligi va ko'p vaqtni olganligi uchun noto'g'ri baholash, tayyor ktashxisk (diagnoz) olishga ehtiyoj va boshqalar). Shuning uchun ota-onalar bilan dastlabki uchrashuvlardagi muhim vazifalardan biri bola muammolarini birgalikda va xar tomonlama tahlil qilishga tayyorlikni (ustanovkani) shakllantirish, tekshiruvning maqsadlarini, maslahat berish ishining vifalarini tushuntirishdan iborat. Bolaga boshqa mutaxassislarga maslahat uchun yullanma berish xam maxsus tushuntirishni talab qiladi. maslahat berish ishininng xar bir bosqichdan psixolog muammoni xar tomonlama karab chiqishi va uzining kizikarli munosabati balan ota-onalarni ogir hissiyotlardan ozod qilishga intilish, muamoning ijobiy tomonlariga etiborni karatish, uni xal qilish yo'llarini faol izlash zarur. Ota-onalar tuzatish dasturini o'tkazish jarayonida uchraydigan tusiklar, qiyinchiliklar, asoratlar haqida ogoxlantirilishi lozim. Ularda qiyinchiliklarni xal qilishning koson-sirlik yo'li haqida tasavvur paydo kilmasligi kerak, chunki bunday tasavvur psixologik yordam imkoniyatlanidan barvaqt kungil sovishga olib keladi. Psixolog ota-onalarni (o'qituvchilarni) tekshiruv natijalari tez tayyor bulmasligi haqida ogoxlantirish lozim. Istalgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.91 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.91 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga