Maxsus psixologiya fani va uning vazifalari Defektologiya- jismoniy va ruhiy kamchiliklari bor bolalarning psixofiziologik rivojlanishidagi xususiyatlarini o'rganadigan, ularning ta'lim-tarbiyasi bilan shugullanadigan fandir. Defektologiya so'zi lotincha defekt- kamchilik, nuqson, yunoncha logos- ta'limot, fan, o'rganish degan so'zlardan olingan.ruhiy va jismoniy kamchiliklari bor bolalar anomal bolaldar deyiladi (yunoncha odatdan tashqari, noraso degan manoni bildiruvchi anomal so'zidan olingan). Defektologiya fanining mavzu-bahsi anomal bolalardir. Defektologiyaning vazifasi -anomaliyalarning kelib chiqish sabablari, turlarini, anomal bolalarning psixofiziollogik rivojlanishidagi xususiyatlarini o'rganish shular, asosida differensial ta'limni tashkil etish, ularning ta'lim-tarbiyasi bilan shugullanishdir. Defektologiya fanining maqsadi- anomal bolalar uchun differensial tlimni tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni o'rganish, ulardagi psixofiziologik kamchiliklarni iloji boricha bartaraf etish, tuzatish yoki bilinmaydigan xolga keltirish usullarini belgilash va amaliyotda tatbik etish yo'llarini tarbiyachi hamda o'qituvchilarga kursatib berishdan iborat. Anomaliyalar har xil bo'ladi, ularning bazilari batamom bartaraf etiladi, bazilari bir qadar tuzatiladi, korreksiyalanadi, boshqalari esa bilinmaydigan xolga keltiradi, yani kompensatsiyalanadi. Bola nutqida kupol kamchilik bulsa, to'g'ri tashkil etilgan logopedik choralarni o'z vaqtida ko'rish yo'li bilan ularni tulik bartaraf etish mumkin. Boladagi nuqson organik kamchiliklar natijasida paydo bo'lgan bulsa ( masalan, oligofreniya shunday nuqson jumlasiga kiradi) uni tulik bartaraf etib bulmasa xam, birok kisman tuzatish mumkin. Defektologiya amaliyotida yana shunday anomaliyalar uchraydiki, ularni tuzatib xam, korreksiyalab xam bulmaydi, masalan, tugma kurlik yoki karlik shular jumlasidandir. Bunday ko'rish analizatorlarining vazifasini sezgi organlariga, eshitish analizatorlarining vazifasini esa ko'rish analizatoriga yuklash, yani kompensatsiyalash, o'rnini bosishi mumkin. ko'rish qobiliyati zaif bolalar sezgi organlariga tayangan holda barmoklari bilan brayl shriftidan foydalanadilar. Bunda xaprf olti nuqta kombinatsiyasi bilan belgilanadi. Yeshitish qobiliyat zaif bolalar esa imo0ishora, yani daktil nutqdan, barmoklar harakati bilan anglatiladigan nutqadan foydalanishlari mumkin. Defektologich nisbatan yangi fan. U asosan Ulug Oktyabr revolyutsiyasidan keyingi davrlarda rivojlana boshladi. 1o25- yilda Moskva shaxrida Eksperimental denfektologiya instituti tashkil etildi. Bu institutni buyuk sovet psixologi professor Vigotskiy L.S.boshqardi. L.S.Vigotskiy anomal bolalar rivojlanishidagi xususiyatlarni urganib, nuqsonning murakkab tuzilishi haqidagi ta'limotni ishlab chikdi. U «Defektologiyaning asosiy muammolari» kitobida anomal bolalar bilan rivojlantiruvshi ta'limni olib borish kerakligini, korreksiya, kompensatsiya usullari va bularni amalga oshirish yo'llarini kursatib berdi. Vigotskiy anomal bolada nafaqat «salbiy» balki «ijobiy» tomonlarini xam urganib, aniklab shularga tayangan holda va potentsial qobiliyatini inobatga olib turib, ta'lim-tarbiya ishlarini tashkil etish zarurligiga diqqatni jalb etdi. U defektologiya sohasida katta nazariy meros koldirdi, u xakli suratda sovet defektologiya fanining asoschisi sanaladi. Atokli psixolog L.V.Zankov 1035- yildan L.S.Vigotskiy bilan hamkorlikda ishlay boshladi. Bu olimlarning sovet psixologiyasi va defektologiyasining nazariy jihatdan shakllanishida katta ahamiyatga ega buldi. Ular aqliy jihatdan kolok bolalar psixikasi taraqqiyoti qonuniyatlarini ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:49:37
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.86 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:49 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.86 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:45 ]
Arxiv ichida: doc