Mentalitet psixologiyasi Reja: Mentalitet haqida. Etnik ong va o'z - o'zini anglashning ijtimoiylashuvdagi etnik xususiyatlar Etnik tarbiya Etnik ekspektatsiya Tezkor utib borayotgan hozirgi xalqlarning mentalitetini tadqiq etish dolzarblashib bormokda. Bu kuyidagilarda kurinadi: Birinchidan, insonning ongli faoliyati hozirgi kun va kelgusi taraqqiyotda belgilovchi omilga aylanishida; ikkinchidan, xar bir xalq dunyoqarashi, fikrlashi, tafakkuri, kayfiyati, axloqiy xislatlar taraqqiyoti bilan uzviy bog'liq ekanligida; uchinchidan, sunggi yillarda davlatlararo aloqalarning jadallashuvi oqibatida xalqlar o'rtasida sezilarli farqlar mavjudligi saqlanib qolishida. ko'p mualliflarning ta'riflashicha, mentalitet - bu konkret (aniq) madaniy muhitda yashab, atrof muhitni o'ziga xos his etib, ta'riflash va bunga o'zi munosabatini bildirishdir. Bu albatta, jamoa mentalitetiga tegishli fikrdir. Xush, mentalitet nima? Psixologik lugatlarda « mentality» tushunchasi kuyidagicha ta'riflanadi: - individ yoki individlar guruhini tavsiflovchi ong sifatlari; - aql (idrok)ni anglatuvchi barcha tavsiflarning (tushunchalarning) umumiy yig'indisi; - qobiliyat yoki aql (idrok) ning kuchi; - fikr yuritish tarzi, uning yo'nalish yoki xarakteri; - jismoniy fazilatlardan farqli ularok fikr yuritish bu qobiliyatlar yig'indisi yoki imkoniyatdir. hozir mentalitet deb malum bir davr, geografik mintaqa, ijtimoiy muhit tushunchalari, qarashlari fikrlashlari bir bo'lgan xalq, jamiyatning tarixiy va ijtimoiy protsesslariga ta'sir etuvchi alohida psixologik tizimlar tushuniladi. A.V.Petrovskiy va M.G. Yaroshevskiylarning fikricha, «Mentalitet» tushunchasi ong sohasidagi alohida hodisalarni ajratish uchun kullaniladi. Agar jamoa ijtimoiy tushunchasidan «umuminsoniylikni» olib tashlasak, bunda biz jamiyat asosida mentalitet turishini anglab etamiz. Tugishganlarga qarashish, karindosh - uruglarga munosabat, ulardan ajrab kolgandagi iztirob, xaloqatiga sababchi bo'lganlarga nisbatan nafrat umuminsoniy hissiyotdir. Bu hissiyotda turli odamlarga xos bo'lgan umumiylik mavjuddir. Lekin axloqiy nuqtai nazardan kon uchun uch olish, mentalitetning so'zsiz bir chizigi bo'lib, unga bazi xalqlarning urf-odatlarida amal kilinadi. Mentalitetni baholash kriteriysi (mezoni) xali tula ishlab chiqilgan emas. Insonlar va davr mentalitetining rivojlanishini ko'rsatishdan oldin quyidagi ko'rsatkichlarni hisobga olish kerak: - xalq va shaxslarning tabiatiga ta'sir etuvchi omillarni aniqlash; - xar bir inson va xalqning ma'naviy hissiyotlarining o'sishi bilan bog'liq bo'lgan ko'rsatkichlarni hisobga olish; - turli xalqlarning turli davrlardagi taraqqiyot mentaliteti mezonlariga (kriteriylariga) baho berishni joriy etish. Mentalitet muammosi bilan birinchilardan bo'lib, R.Emerson, M.P.Rust, Levi - Bryulp, Moss, A.de Tokvilp, E.Fromm, M.Blok, J.Dyubi va boshqalar shugullanganlar. tadqiqotchilardan R.Lebon («xalqlar va omma psixologiyasi») S.Sigele («Jinoyatkor olomon psixologiyasi tajribalari»), V.Vundt («xalqlar psixologiyasi muammolari»), G.Tard («Jamoatchilik fikri va olomon»), Z.Freyd («Omma psixologiyasi va «Men» obrazining tahlili»), K.Yung («Psixologik turlar)» kabilarning asarlarida mentalitet muammosi psixologik, sotsiologik, xalqlarning milliy xarakteri hamda ongi nuqtai nazaridan izoxlanadi. A. de Tokvilp uzining «Amerikadagi demokratiya» kitobida jamoa mentaliteti g'oyasini ishlab chikdi va ilgari surdi. U Amerika jamoatchilik fikrini urganib, mazkur jamiyatda tarkalgan ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:49:37
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
56.01 KB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:49 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
56.01 KB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:45 ]
Arxiv ichida: doc