Metodikalarni yaratish texnologiyasi va ularni mahalliy sharoitga moslashtirish

Metodikalarni yaratish texnologiyasi va ularni mahalliy sharoitga moslashtirish

O'quvchilarga / Psixologiya
Metodikalarni yaratish texnologiyasi va ularni mahalliy sharoitga moslashtirish - rasmi

Material tavsifi

Metodikalarni yaratish texnologiyasi va ularni mahalliy sharoitga moslashtirish Reja: 1. Psixodiagnostikada testlashtirish muammosi. 2. Frensis Galton va individual farqlanishni aniqlash. 3. Guruhiy testlar haqida tushuncha. Artur Otis va uning Alfa va Beta testlari. 4. Bine-Simonning ikki o'lchovi. A.Bine va uning bu boradagi qarashlari. 5. Psixodiagnostika va psixologik baholash. Xorijiy testlarning mahalliy sharoitga moslanish darajasi. 1. Psixodiagnostikada testlashtirish muammosi Testlashtirish individual farqlarni tahlil qilishning obyektiv metodi sifatida XX asrning boshlarida vujudga kelgan. Test tushunchasini fanga birinchi bo'lib, u yoki bu psixik jarayonlar va xususiyatlarning rivojlanganlik darajasini obyektiv o'lchashga qaratilgan qisqa standartlashtirilgan vazifalar (savollar) hamda topshiriqlar tizimi sifatida ingliz psixologi F.Galton tomonidan kiritilgan. U insonning psixik xususiyatlarini aniqlashda, sinaluvchilarning turli xil sezuvchanlik xislatlarini o'lchashga harakat qilgan. Galtonning g'oyalari keyinchalik amerikalik psixolog D.Kettell tadqiqotlarida rivojlantirildi. Testlashtirish jarayonida diagnostik normalar muhim ahamiyat kasb etadi. Har qanday norma vaqt o'tishi bilan insonlarning psixologik shakllanishi ta'sirida ro'y beradigan tabiiy almashinishlar qatorida o'zgarib boradi. Jumladan, XX asrning birinchi choragida o'rnatilgan intellektual rivojlanish normasi so'ngi chorakka to'g'ri kelmay qoldi buning sababi o'tgan vaqt oralig'ida kishilarning fikrlash jarayonidagi rivojlanish darajasi ancha oshib ketgan. O'rnatilgan qoida tartibiga ko'ra, test normalari, ayniqsa, ularning intellektga aloqadorlari har besh yilda bir marotaba qayta ko'rib chiqilishi lozim. Mavjud normalarni qayta ko'rib chiqish va yangilarni o'rnatish tipik shaklga ega bo'lib, quyidagi ko'rinish kasb etadi. Avval, test yordamida amalga oshirilishi lozim bo'lgan tadqiqot uchun sinaluvchi guruhi tanlanadi. So'ngra, ushbu sinaluvchi guruhi ijtimoiy-demografik tasnifi jihatdan kichik guruhlarga bo'linadi. Har bir kichik guruhdagi tanlangan sinaluvchi tadqiqot maqsadi yuzasidan ishlab chiqilgan test yordamida o'rganiladi. Olingan ko'rsatkichlarning o'rtacha qiymatlari asosida, mazkur sinaluvchilar auditoriyasi uchun test normasi vujudga keladi. Testda kiritilgan barcha normalarni yoritilishi uchun, albatta, uning qayerda, qanday, qachon va kim tomonidan o'rnatilganligi etilishi lozim. Testlashtirishni o'tkazish uchun test normalariga qo'yiladigan talablardan tashqari olingan natijalarni qayta ishlash va tahlil qilish qoidalari ham mavjud. Bu toifa qoidalarning eng muhimlari quyidagilardir: Mutaxassis biror testni qo'llashdan oldin, u bilan tanishib chiqishi va kerak bo'lsa o'zida qo'llab ko'rishi lozim. Bu testlashtirish jarayonida uchraydigan kamchiliklarning oldini olish imkonini beradi. Test topshiriqlarini bajarishdan oldin sinaluvchilar uning barcha ko'rsatmalarini yaxshi tushunganliklariga e'tiborni qaratish kerak. Testlashtirish jarayonida barcha sinaluvchilarning mustaqil va erkin ishlashlariga, bir-birlariga xalaqit bermasliklariga imkon yaratish va nazorat qilib turish zarur. Testlashtirish bosqichida yuzaga keladigan xatolarni chetlab o'tish maqsadida, barcha testlar uchun asoslangan va tekshirilgan qayta ishlash hamda tahlil qilish jarayonlari bo'lishi kerak. Bu birlamchi ma'lumotlarning matematik-statistik qayta ishlanish usullariga daxldor bo'lib, oldindan jiddiy ko'rib chiqilgan bo'lishi lozim. Amaliy testlashtirishga o'tishdan oldin, unga nisbatan tayyorgarlik ishlarini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.49 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.49 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga