Mijoz shaxsini rivojlantirish uchun psixologik maslahatlar Reja: Temperament bilan bog'Hq masalalar bo'yicba maslabatlar. Xarakteri xusiisiyatlarini tuzatish bo'yicha umumiy tavsiyalar Irodani rivojlantirish bo'yicha maslahatlar Xarakteri anialiy xususiyatlarini takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar Xarakter kommunikativ xususiyatlarini rivojlantirish bo'yicha maslahatlar Temperament bilan bog'Hq masalalar bo'yicba maslabatlar. O'z temperamenti muammosidan tashvishlangan mijozga psixolog-maslahatchi taklif etishi mumkin bo'lgan tavsiyalarni muhokama qilishga kirishishdan oldin temperament psixologiyasiga taalluqli va psixologik maslahat davomida hisobga olish kerak bo'lgan asosiy amallarni esga olaylik. Odamning temperamenti - bu surati, reaksiyasi, tezligi, nerv impulslari, o'tkazilishi dinamikasi, vazminligi va ta'sirchanligi xususiyatlaridan iborat odamning psixik jarayonlari va harakatlari dinamik xususiyatlari to'plamidir. Tashqi xulqi namoyon bo'lishidan tashqari bu barcha xususiyatlar ichki, nerv-psixik ko'rinishga ega, ular odatda ko'zdan yashiringan bo'ladi. Bir odamning temperamenti ichki va tashqi ko'rinishlari ba'zan mos bo'ladi, ba'zan esa mos kelmaydi. Bundan tashqari odamning o'zi temperamentini tasavvur qilishi haqiqatga to'g'ri kelmasligi mumkin. Odam o'z temperamentini uning ustunliklari va kamchiliklarini baholashda yanglishishi mumkin. Odamning temperamenti tabiiy turi ijtimoiy asosdagi xulqi shakli ortida yashiringan bo'lishi mumkin. Odamga tabiat tomonidan berilgan temperamentlar turi yaxshi yoki yomon bo'lishi mumkin emas. Masalan, xolerik yoki sangvinik, yoki flegmatik va melanxoliklar o'z ustunliklariga va kamchiliklariga ega. Mijoz uning temperamentiga taalluqli tavsiyalar berganida temperamenti asosida yotuvchi nerv sistemasi xususiyatlari odamning atrofdagilar bilan va uning amaliy faoliyatida turli xilda namoyon bo'lishi mumkinligi to'g'risidagi yangi ma'lumotlami hisobga olish kerak bo'ladi. Inson temperamenti turlicha namoyon bo'lishi mumkin. Masalan, odam atrofdagilar bilan munosabatlarda o'zini xolerik sifatida namoyon qilishi, ishda esa sangvinik bo'lishi mumkin: u ishda flegmatik bo'lishi va odamlar bilan munosabatlarda melanxolik bo'lishi mumkin. Endi esa odamni o'z temperamentidan shikoyat qilib psixologik maslahatga kelishga majbur etuvchi, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan odatiy muammolarni ко'rib chiqamiz: l.Odam o'zining temperamenti tashqi namoyon bo'lishini boshqara olmasligi borasida tashvishlanadi, masalan, vaziyatlar va boshqa odamlar harakatiga hayajonlanishi va ta'sirlanishi. Go'yoki o'zining to'la mos bo'lmagan temperamenti sababli u odamlar bilan psixologik xotirjam munosabatlarda bo'la olmasligi bo'yicha odamning xavotirlanishi; Boshqa odamlardan ortda qolayotganligi yoki aksincha, ulardan ko'ra tezroq harakat qilishi, umuman boshqa odamlaming talablariga u javob beradigandek tuyulishi sababli ishda yoki odamlar bilan munosabatlarda unda keskinlik yuzaga kelib turishi oqibatida odamning tashvishlanishi; Boshqa odamlarga qaraganda uning ish surati birmuncha sekinligi, u bilan aloqada bo'lgan odamlar harakatlariga javobi birmuncha.sustligi bo'yicha odamning tashvishlanishi, masalan, gapirish yoki aqliy tezligida; Go'yo unda nerv sistemasi bo'sh bo'lishi sababli odamning xavotirlanishi; Odamning emotsional o'zini tutishni bilmasligi sababli uning tashvishlanishi. Barcha xususiy holatlarni psixologik maslahat o'tkazish amaliyoti nuqtayi nazaridan to'la ko'rib chiqamiz. Ular bilan bog'Iiq mijoz bilan ishlayotganda psixolog-maslahatchi taklif etishi mumkin ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:49:37
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.91 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:49 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.91 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:45 ]
Arxiv ichida: doc