Milliy did (tab) va uning namoyon bo'lishi RYeJA: 1. Milliy did va estetika. 2. Milliy didni shakllantiruvchi omillar. 3. Milliy didni moddiy ehtiyojlarda namoyon bo'lishi. 4. ma'naviy hayot va milliy did. 5. Milliy didning uzgaruvchanligi. 6. Milliy ong va milliy o'zini-o'zi anglash tushunchalari. 7.Milliy ongning shakllanishi. 8. Milliy o'zini-o'zi anglash va uning xususiyatlari. 9. Etnik ong va individ. Idrok etilayotgan vokelar va tashqi olamdagi narsalarni bilishdan vujudga keladigan hissiy-ruhiy reaksiya turli xalqlarda o'ziga xos ravishda namoyon bo'ladi. Etnos yashayotgan turfa xil tabiiy sharoitlar - urmon, chul, dashtlik, tog, suv xavzalari, vodiy va voxalar, shuningdek, tarixiy taraqqiyotdagi o'ziga xoslik xalqlarning idrok etishiga o'z ta'sirini kursatadi. Milliy did - bu xalq va millatning kupchilik vakillarida tarixiy jihatdan vujudga kelgan go'zallik va xunuklik to'g'risida beriladigan bahodir. Milliy did uzida milliy o'ziga xoslikni mujassamlantirgan bo'lib, hissiy va ruhiy jihatdan milliy psixologik qiyofaning xarakterli xususiyatlaridan biri sifatida namoyon bo'ladi. Shuning uchun xam uni xalq hayoti va turmushidan ajratib tushunib bulmaydi. Malum milliy muhitda yashab va voyaga etar ekan xar bir shaxsning ruhiy xususiyatlari millatning psixologik xususiyatlaridan kuchirma oladi. Shaxs ajdodlar tomonidan tuplangan madaniy meroslarni uzlashtirib boradi va uni urab turgan milliy zamin ta'siri ostida unda atrof-muhit, iqlim sharoitlari, nabotot va hayvonot olamini idrok etishga nisbatan maxsus did va his-tuyg'ular shakllanadi. Odam eng avvalo uni ilk bolalik davridanok urab turgan, unga xar kun, xar soat sayin ta'sir etib turgan, uning amaliy maqsadlari va moddiy ehtiyojlarini kondiradigan narsalarning xususiyatlarini boshqa xalq vakllariga nisbatan chuqurrok idrok etishga o'rganadi. Shuning uchun xam tabiat va jamiyatdagi biror narsa va hodisa bir millat va elat vakillarida kuchli hissiy-ruhiy reaksiyani keltirgan holda, boshqa millat va elat vakillari uchun befarq bo'lib qolishi mumkin. Masalan, chul kozok xalqi uchun bir necha yuz yillar mobaynida hayot kechirish manbai, ularning tabiiy boyligi bo'lib kelgan. Shu boisdan kozok xalqida uni idrok etishga nisbatan o'ziga xos did vujudga kelib, chul chuqur xurmat bilan kuylanib kelinadi. kozok xalqining atokli yozuvchisi M.Auezov uzining Abay romanida Abayning chulga bo'lgan mexr-muhabbatini bunday tasvirlaydi: Abay o'zi tugilib va bolaligi utgan atrof-olamga-cheksiz chullar, kengliklar, tepaliklarga mexr va xayajon bilan karab turar, bularning xammasini u kuchgisi va bagriga bosgisi kelar edi (M.Avezov. Abay, t. 1. s. 21). Dengiz va okean yoki urmon va vodiylarda yashab usgan odamlar uchun chul manzarasi xech qanday ijobiy hissiyot tugdirmasligi, aksincha, zeriktiruvchi ta'sir etishi mumkin. xalqning yashash tarzi, uning kundalik hayot ehtiyojlari tarixiy jihatdan go'zallik to'g'risida malum tushunchani vujudga keltirgan. Shu asosda shaxs bilan jamoa va shaxslararo muomala ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:49:37
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.92 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:49 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.92 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:45 ]
Arxiv ichida: doc