Milliy tuyg'ular Reja: 1. Milliy tuyg'ular va ularni tadqiq etishda qo'yiladigan talablar. 2. Milliy tuyg'ularning milliy jarayonga munosabat sifatida namoyon bo'lishi. 3. Turli etnik guruhlarda turlicha namoyon bo'lishi. 4. Vatanparvarlik tuyg'ulari va ularning namoyon bo'lish xususiyatlari. O'quvchilarda vatanga sadoqat hissini shakllantirish dolzarb pedagogik va psixologik muammo sifatida. O'quvchilarda vatanga sadoqat hissini shakllantirishga oid tarixiy tajribalar Milliy tuyg'ular etnopsixologik xususiyatlarni tashkil etuvchi komponentlar ichida nisbatan kam urganilgan soha hisoblanadi. Ijtimoiy hodisalar ichida milliy tuyg'u uzining kelib chiqishi bilan uzoq o'tmishiga borib takaladi. Shuning uchun uni o'rganishda nixoyatda extiyotkorlik, ziyraklik va xolislik bilan ish olib borishlik talab etiladi. Milliy tuyg'ular asosida milliy manfaat va ehtiyojlar, ayniqsa, uning muvaffakiyati yoki muvaffakiyatsizligini, tinchligi yoki notinchligini taminlovchi narsalar yotadi. Milliy tuyg'ular kishining milliy vokelikdagi barcha narsa va hodisalarga, milliy jarayonlarga, ona tabiatga va zaminga, shuningdek, xalqning tarixi va ma'naviy merosiga, milliy qadriyatlariga bo'lgan munosabati shaklida namoyon bo'lib, millat ma'naviy hayotida katta ahamiyatga egadir. Milliy tuyg'uning ta'sirchanligi ayniqsa, ona tiliga bo'lgan munosabatda yanada yorkin namoyon bo'ladi. Zero, xar bir xalqning milliy xususiyatlari til orqali o'z ifodasini topadi. Milliy tilga bo'lgan munosabatning salgina bulsa xam buzilishi xalqlar va millatlar o'rtasidagi munosabatlarga katta zarar etkazadi. Professor I.M.Jabborovning O'zbek xalq etnografiyasi kitobida turk xalqi o'z tilini yaxshi ko'rishi va shu tilda gaplashadigan boshqa xalq vakillarini xurmat qilishi haqida bundan 100 yil avval yozilganligi, misol keltiriladi. Farzandlarimiz ongida Vatanga, boy tariximizga, milliy qadriyatlarimizga nisbatan xurmat, ehtiromni karor toptirish, har xil yot mafkura, qadriyatlarga ergashmaydigan milliy immunitetni shakllantirishimiz darkor. Buning uchun ularning tafakkurida uzligini anglash va unutmaslik karor topishi, o'z tarixi, o'tmishi, buyuk ajdodlari hayoti, milliy qadriyatlar, milliy urf-odatlarni yaxshi bilib, uzlashtirishlari lozim. Vatanga muhabbat, vatanparvarlik tuyg'usi odamning kalbida tabiiy ravishda tugiladigandek, tuyuladi. Aslida bu tuyg'ularning xam shakllanishida malum ta'lim tarbiyaviy tadbirlarga etibor berish zarur. Inson uzligini anglagani, nasl-nasabini bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg'usi ildiz otib, yuksala boradi. Bu ildiz kancha chuqur bulsa, tugilib usgan yurtga muhabbat xam shu qadar cheksiz bo'ladi Bunda ayniqsa, ona tiliga bo'lgan munosabat yetakchi urinda bo'ladi. Chunki Ona tili - bu millatning ruhidir. o'z tilini yukotgan xar qanday millat uzligidan judo bo'lishi mukarrar Shurolar davrida bizning tariximiz ukitilmadi yoki ataylab buzib, soxtalashtirib berildi. Bobomiz Amir Temur konxur jallod, joxil shaxs sifatida tasvirlandi.o'z tarixini bilmagan, o'tmishidan mahrum qilingan xalqda, tabiiyki, milliy tuyg'ular-gurur, faxr, vatanparvarlik bulmaydi. Uzgalar tobeligida yashashga urganib, fakat moddiy ehtiyojlar kuliga aylangan xalq mankurtlashadi. Unda milliy ozodlik, mustaqillik tuyg'ulari bulmaydi. Bizda xam, afsuski, mankurtlik xususiyatlari shakllana boshlagan ediki, buyuk bobomiz Amir Temur haqida ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:54:05
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.44 KB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:54 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.44 KB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:45 ]
Arxiv ichida: doc