Motiv va motivatsiya tushunchasining mazmuni Reja: Motiv va motivatsiya tushunchasining mazmuni Xorij psixologiyasida o'qish motivlarining nazariy tahlili Motiv va motivatsiya tushunchasining mazmuni Garchand psixologik adabiyotlarda ayniqsa yosh va pedagogik psixologiyaga oid manbalarda motiv va motivatsiya masalasi ko'p bora ko'tarilgan bo'lsa-da, batafsil yoritilmagan. Masalan, ayrim psixologlar maktabgacha yoshda ayrim tarqoq situatsion mayllar malum motivlar tizimlariga aylanib borishini qayd etadilar. Biroq bu fikr atroflicha chuqurroq o'rganilmagan. Shunga muvofiq adabiyotlarda psixologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar asosida motiv va motivatsiya tushunchasi turlicha talqin qilingan. Eng keng tarqalgan ta'riflarga ko'ra, motiv - bu kishini faoliyatga undovchi kuch, sabab yoki ehtiyojlar yig'indisidan iboratdir. Motiv tushunchasiga olimlar tomonidan quyidagicha ta'rif beriladi: A.Maslouning fikricha, motiv bu ehtiyojlar yig'indisidir. S.L.Rubinshteynning takidlashicha, motiv bu ehtiyojning his qilinishi va qondirilishi. S.L Rubinshteyn. «Motivatsiya - bu psixika orqali amalga oshuvchi determinatsiyadir». A.N.Leontev - motivni inson faoliyatiga yo'nalgan aniq ehtiyojlar va uni qo'zg'atadigan voqelik deb hisoblaydi. Motiv -malum ehtiyojlarni qondirish bilan bog'liq faoliyatga undovchi sabab. Motivatsiya keng manoda inson hayotining (uning xulq-atvori, faoliyatining) murakkab ko'p qirrali boshqaruvchisi deb qaraladi. Motivatsiya - insonni faoliyatga undashning murakkab, ko'p darajali tizimi bo'lib, u o'zida ehtiyojlarni, motivlarni, qiziqishlarni, ideallarni, intilishlarni, ustanovkalarni, emotsiyalarni, normalarni, qadriyatlarni mujassamlashtiradi. Motivatsiya - murakkab tuzilma, faoliyatni harakatlantiruvchi kuchlar majmuasi bo'lib, u o'zini mayllar, maqsadlar, ideallar ko'rinishida namoyon qiladi va inson faoliyatini bevosita aniqlab, boshqarib turadi. Motivatsiya - odamni faol faoliyatga undovchi sabablar majmuidir. V.S.Merlin motivlar tizimlarining ayrim jihatlarini ancha batafsil yoritib bergan. U motivlar tizimlarining shakllanish jarayonini quyidagicha tasavvur etadi: «turli motivlar bora-bora o'zaro bog'liq va bir-biriga tobe bo'lib boradi hamda oxir oqibatda motivlarning yaxlit tizimi vujudga keladi». V.S.Merlin fikricha, motivlar tizimining shakllanishi jarayonida nafaqat motivlar barqarorligi, balki motivlarni anglash kabi shartlar bajarilishini talab etiladi. Demak, V.S.Merlin bo'yicha motivlari tizimlari o'zaro bog'liq va bir-biriga tobe shaxs motivlarining bir butun yig'indisidan iborat. Ammo V.S.Merlin garchi motivlar tizimlarining ayrimlarini haqiqatdan ham muhim jihatlarini ko'rsatib o'tgan bo'lsa ham, motivlar o'rtasidagi tizimli munosabatlarni motivlar tizimlari va faoliyat ko'rsatish muammosini tadqiq yetmagan. Chet el psixologlari orasida A.Maslou ehtiyojlar ierarxiyasi nazariyasi bilan mashhurdir. O'z nazariyasida A.Maslou ehtiyojlarning quyidagi ierarxik qatorini ajratadi: fiziologik ehtiyojlar, xavfsizlikka bo'lgan ehtiyoj, muhabbat va boshqalar bilan bog'liq bo'lish ehtiyoji, hurmatga bo'lgan ehtiyoj, insonning o'z yashirin imkoniyatlarini to'laroq namoyon etish va ro'yobga chiqarish ehtiyoji va boshqalarni kiritadi. A.Maslou fikricha, muayyan ehtiyojning qondirilishi uchun avval ierarxik qatorda undan oldingi ehtiyoj qondirilgan bo'lishi talab etiladi. Boshqacha qilib aytganda, A.Maslou konsepsiyasida ierarxiyada yuqori o'rinni egallovchi ehtiyojlar quyi o'rindagi ehtiyojlarga tobedir. A.Maslou konsepsiyasida motivatsion jarayonlar boshqaruvida odam ongining ishtiroki, boshqaruvdagi ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:54:05
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.39 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:54 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.39 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:45 ]
Arxiv ichida: doc