Motivatsiya psixodiagnostikasi Reja 1.Motiv va motivatsiya haqida tushuncha. 2.Motivatsiya nazariyalari. 3.Motivatsiya psixodiagnostikasida qo'llaniladigan metodikalar. Tushunchalar tahlili Psixologiyada motiv va motivatsiya tushunchalari farqlanadi. Demak, motivatsiya deganda o'zaro bir-biri bilan bog'liq psixologik holatlarning 3ta turi tushuniladi. Birinchidan, motivatsiya faoliyatga undovchi turtki, deb qaralishi mumkin. Bu holda motivatsiya umuman faollik holati nima uchun vujudga kelishi, qanday ehtiyojlar subyektni faoliyatga undashini aniqlab beradi. Ikkinchidan, motivatsiya xulq-atvor yonalishini tanlash sababi bo'lib, inson shaxsi yo'nalishini taskil qiladi. Uchinchidan, motivatsiya faoliyatni boshqarish vositasi hisoblanadi. Bu vositalarga - emotsiya,istak, mayllarni kiritish mumkin. Insonning xatti -harakatlarini belgilovchi barcha psixologik omillar shaxsiy dispozitsiyalar deb ataladi. Barcha mavjud dispozitsiyalarning eng muhimi ehtiyoj hisoblanadi. Ehtiyoj - odam va hayvonlarning normal yashashi hamda rivojlanishi uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlarga muhtojlik holatidir. A.MASLOU tomonidan odam ehtiyojlarining shaxsiy rivojlanish davomida paydo bo'ladigan ehtiyojlari ierarxiyasi taklif etilgan. Motivatsiya turlari Psixologiyada har xil faoliyat turlarida muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi nazariyasi ishlab chiqilgan. Uning asoschilari amerikalik olimlar -D.Makklelland, D.Atkinson va nemis olimi X.Xekxauzendir. Bu nazariyaga ko'ra odamning muvaffaqiyatga yo'naltirilgan faoliyat bilan bog'liq ikki motivi farqlanadi. Motivatsiya psixodiagnostikasi REJA 1. Abraham Maslow konsepsiyasi. 2. Motivatsiyaga oid nazariyalar. 3. Kutishlar va Adolatlilik nazariyalari. 4.Porter-Louler (Porter-Lawler) modeli. 5. B.Weonerning motivatsion nazariyasi. 6. Tadbirkorlik motivatsiyasi va qiziqishlarini o'rganishda qo'llaniladigan psixodiagnostik metodlar. 1. Abraham Maslow konsepsiyasi Olimlarning fikricha, har qanday motivatsiyaning asosida ehtiyoj yotadi. Ehtiyoj - bu individning rivojlanishi va faol darajada o'zini namoyon qilishining sharoitlarga bog'liq bo'lgan omilidir. Ehtiyojlar quyidagicha farqlanadi: biologik; fiziologik; psixologik; ijtimoiy. Abraham Maslow (1908-1970) - mashhur amerikalik psixolog, psixiatr va gumanistik psixologiya vakili bo'lib, u gumanistik psixologiyaning asosiy g'oyalaridan saqlanib qolingan psixotahlil va bexiviorizm yo'nalishlarini o'zaro bir-biridan namoyishkorona ajratib turuvchi uchinchi kuch atamasini kiritgan olimdir. Maslow Sabablar va shaxs (1954) kitobida o'ziga xos, noyob konsepsiyani taklif etgan bo'lib, unga ko'ra insonlar - ehtiyojlar, mayllar va qobiliyatlarning nasliy psixologik tizimiga ega bo'lib, ular odatda jamiyat ravnaqi uchun xizmat qiladilar. Maslowning fikricha, sog'lom rivojlanish uchun bizning qobiliyatlarimizni faoliyatlarda amalga oshirish, ko'rsatish darkor, zero, psixik buzilishlarning alomati ana shu ichki imkoniyatlar, qobiliyatlarni tormozlash yoki shu qobiliyatlarni ro'yobga chiqarmaslik natijasida paydo bo'ladi. Maslow mashhur ehtiyojlar ierarxiyasi chizmasini yaratgan bo'lib, bu unga ko'plab etirozlar va etiroflarni olib keldi. Unga ko'ra dastlabki shart, yani asosiy fiziologik ehtiyojlar (ochlik, chanqoqlik) yuqori ustun hisoblangan ehtiyojlardan (o'z-o'zini hurmat qilish va o'zini ro'yobga chiqarish) oldin qondirilishi kerakdir. O'zini o'zi ro'yobga chiqarishning aniq turlari inson xarakteriga bog'liq holda o'zgarib boradi. Maslow nazariyasining tanqidchilari uning fikrlaridagi validlik darajasiga ishonqiramay qaradi. Ularning fikricha, tashqi chiroyiga qaramay, Maslow nazariyasi ilmiy asosga ega emas va ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:54:05
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
601.65 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:46
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:54 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
601.65 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:46 ]
Arxiv ichida: ppt