REJA: Sharq va g'arb mutafakkirlarining sevgi-muhabbat va do'stlik hissi haqidagi qarashlari Muhabbat va uning turlari Muhabbat va yosh Muhabbat bosqichlari Muhabbat va yosh Muhabbat bosqichlari Muhabbat va mijoz Muhabbatning belgilari Muhabbat va mijoz Sevgining fasliy o'zgarishiga tayyor bo'ling Rashk hislari Rashk hislaridan xalos bo'lish yo'llari Aforizmlar: Kishilik jamiyati yuzaga kelibdiki, insonlar orasidagi ijobiy va salbiy munosabatlar barcha kishilarning diqqat markazida muhim masalalardan bo'lib kelgan. Shuning uchun bu masalalar qadim zamonlardan boshlab xalq og'zaki ijodi namunalarida, doston, qo'shiq va ertaklarda, donishmandlarning fikr va qarashlari sifatida o'ziga xos ravishda munosabat bildirish va tahlil qilish obyekti bo'lib kelgan. Qaysi mutafakkir yoki olim, shoir yoki yozuvchining asarlarini olib ko'rmang, ularning hech qaysisi o'z ijodiy faoliyatida inson hissiyotlarining eng kuchli va sirlisi, serjilo va sehrlisi hisoblangan muhabbatni chetlab o'ta olmagan. Insoniyat bor ekan, muhabbat odamni sirli tuyg'ular olamiga yetaklagan, uni yengib bo'lmas g'ovlardan o'tishga va cho'qqilarni zabt etishga undagan, uni rag'batlantirgan, unga baxtiyor onlarni tuhfa etgan. Hatto o'lim to'shagida yotgan kishiga ham umid bag'ishlab, hayot nash'asini surdirgan, oddiy kunlariga kamalak jilolarini arg'umon etgan, uning atrof-muhitni hamda o'zligini idrok qilishi uchun turtki bo'lgan. Shaxs ruhiyatida hatto o'ziga ham noma'lum bo'lgan qudratni kashf etgan. Ko'hna va hamisha navqiron hisoblangan bu insoniy tuyg'u hammaga barobar aziz va muqaddasdir. Sharqda qadimgi Xitoy ilmiy qarashlarida Konfutsiy ta'limoti, Hindistonda Budda, Islom olamining muqaddas Qur'on va hadislarida insonlar orasida yaxshi insoniy munosabatlarini qaror toptirish lozim ekanligi aytib o'tilgan. Deyarli bir davrda, boshqa-boshqa joyda Hindistonda Budda, Xitoyda Konfutsiy ta'limotlarida bir g'oya, qarash shakllanganini kuzatish mumkin: «O'zingga ravo ko'rmagan narsani boshqalarga ravo ko'rma». Konfutsiy merosida asosan odamlar orasidagi munosabat, insonparvarlik, do'stlik, insonni sevish jihatlariga keng o'rin berilgan: «Odamlarni sevish va iliq munosabatda bo'lish deganda o'zini inkor etish emas, balki boshqa odamlarni ham, o'zini ham bir xil ko'rish kerak» ekanligi talqin etilgan. Islom olamining muqaddas kitobi Qur'onda insoniy munosabatlarni tushunish uchun insonlar tomonidan faqat yaxshilik, ezgulik, do'stlikni amalga oshirish kerakligi (79-oyat, Niso surasida), insonlar orasida faqat va faqat yaxshi munosabatlar amalga oshirish lozimligi (160-oyatda), bunday munosabatlarni amalga oshirish esa yaxshilik alomati ekanligi 63, 98, 139-oyatlarida bayon etilgan. Hadislarda esa yaxshi insoniy munosabatlarni qay yo'sinda olib borish lozimligi tushuntiriladi: «Oralaringda salom berishni tarqatinglar, bir-birlaringga muhabbatlaring ziyoda bo'ladi» (142-hadis); shuningdek katta yoshdagilarga e'tiborli bo'lish (373-hadis); ilm ahliga e'tiborli bo'lish (141-hadis), ota-onalar va farzandlarga mehrli bo'lish kabi munosabatlar asosiy mavzu sifatida yoritiladi. Yaxshi insoniy munosabatlar va u bilan bog'liq axloqodob, tartib-qoidalar O'rta Osiyo mutafakkirlarining o'rganish, kuzatish va munosabat bildirish masalalaridan bo'lib kelgan. Abu Ali Ibn Sino o'zining «Donishmandnoma» ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:54:05
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
38.61 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:54 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
38.61 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:46 ]
Arxiv ichida: doc