Muloqot haqida tushuncha Reja: Muloqot haqida tushuncha Muloqotning kommunikativ tomoni Muloqot kishilar o'rtasidagi o'zaro ta'sir etish Muloqot kishilarning bir-birini tushunishi Muloqot haqida tushuncha Muloqot inson hayoti va faoliyatining muhim shartidir. Aynan muloqot yordamida insonlar tabiatini o'zlashtirish va o'z individual ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Muloqot jarayonida inson xulq-atvorining muayyan obraz va modellari shakllanib, keyinchalik ular insonning ichiga kiradi. Shaxsning tafakkuri, olamni va o'zining obrazini tahlil qilish hamda baholash qobiliyati muloqot jarayonida shakllanadi. Mazkur muammoga atroflicha baho bergan polshalik psixolog Ye.Melibruda quyidagilarni takidlaydi: «Muloqot shaxslararo munosabatlarda biz uchun havodek ahamiyatga egadir». Muloqot o'ta murakkab jarayon bo'lganligi sababli unga yagona to'g'ri ta'rifni berish juda mushkul. Shuning uchun odatda muloqot tushunchasining mazmuni uning ayrim tomonlariga urg'u berish orqali ta'riflanadi. A) muloqot - hamkorlikda faoliyat ehtiyoji bilan taqazolangan aloqa o'rnatish va uni rivojlantirish jarayoni . B) muloqot - subyektlarning belgilar tizimi orqali o'zaro ta'sirlanishuvi. Muloqot tushunchasini kommunikatsiya tushunchasidan farqlash lozim. Kommunikatsiya-tirik va o'lik tabiatdagi tizimlar o'rtasida axborot almashinuvini anglatadi. Hayvonlar o'rtasidagi signallar almashinuvi, insonning texnik vositalar bilan aloqa qilishi, bularning barchasi kommunikatsiyaga misol bo'ladi. Muloqot faqat insonlar o'rtasida amalga oshirilishi mumkin. Muloqotning inson hayotidagi ahamiyati beqiyosdir. Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda, munosabatda bo'lish jarayonida shaxsga aylanib boradi. Muloqot orqali inson ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallab boradi. Yangi tug'ilgan inson boshqalar bilan muloqotda bo'lish imkoniyatidan mahrum bo'lsa, u hech qachon shaxsga aylana olmaydi, yani u o'z psixik taraqqiyoti bo'yicha orqada qolib ketadi. Zero, inson psixik taraqqiyoti muloqotdan boshlanadi. Muloqotning kommunikativ tomoni Birgalikdagi faoliyat davomida odamlar turli fikrlar, o'y-xayollar, his kechinmalar bilan o'rtoqlashadilar. Bunda o'y-fikrlar, his-kechin-malarni axborot sifatida, kommunikatsiyani esa axborot almashinuvi sifatida talqin etish mumkin. Ammo shuni etiborga olish kerakki insonlararo kommunikatsiya shunchaki axborot almashinuvidan iborat emas. Chunki muloqot jarayonida axborot nafaqat uzatiladi, balki shakllan-tiriladi, aniqlashtiriladi, rivojlantiriladi. Demak, inson muloqotni shunchaki axborot almashinuvidan iborat jarayon deb hisoblashi mumkin emas. Zero, birinchidan muloqot jarayonida axborot bir tomondan ikkinchi tomonga shunchaki harakatlanmaydi, balki faol almashinadi (kommunikativ jarayon ishtirokchilari bir-biriga axborot yuborayotganda bir-birining motivlari, maqsadlari, ustanovkalari va boshqalarni tahlil qiladilar); ikkinchidan muloqot jarayonida axborot almasha turib kishilar belgilar orqali bir-biriga ta'sir etishi mumkin (insonlararo axborot almashinuvida, albatta suhbatdosh xulq-atvoriga muayyan ta'sir o'tkaziladi); uchinchidan muloqot jarayonida kommunikator (axborot yuboryotgan odam) va retsipient (axborotni qabul qilayotgan odam) bir xil kodlashtirish tizimiga ega bo'lishi kerak, to'rtinchidan muloqot jarayonida faqat insonlararo kommunikatsiyaga xos to'siqlar vujudga kelishi mumkin. Kommunikativ jarayonda qo'llaniladigan bir necha belgilar tizimi mavjud. Ular verbal kommunikatsiya (nutq orqali) va noverbal (nutq bilan bog'liq bo'lmaydigan belgilar ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:54:05
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.41 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:54 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.41 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:46 ]
Arxiv ichida: doc