Muloqotning shakllari va bosqichlari

Muloqotning shakllari va bosqichlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Muloqotning shakllari va bosqichlari - rasmi

Material tavsifi

Muloqotning shakllari va bosqichlari R e j a : 1. Muloqotning asosiy bosqichlari. 2. Muloqotning turlari va shakllari. 3. Pedagogik muloqot. 4. O'z-o'zi bilan va boshqalar bilan muloqot. Tayanch so'z va iboralar. Muloqot, rasmiy, norasmiy, shaxsiy, avlodlararo, yuzma-yuz, texnik vositalar, diologik, monologik. K I R I Sh Rivojlanib borayotgan jamiyatimizda sog'lom avlodni, komil insonlarni voyaga yetkazish masalasiga katta etibor berilmoqda. Komil insonning muhim sifatlaridan biri muloqot madaniyatidir. Muloqot inson hayoti va faoliyatining muhim shartidir. Aynan muloqot yordamida insonlar tabiatni o'zlashtirish va o'z ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatlariga ega bo'ladilar. Hozirgi kunda ijtimoiy amaliyotda muloqot va shaxslararo munosabatlar muammosi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Muloqot va uning asosiy xususiyatlari, samarali muloqotning psixologik aspektlari, muloqotga o'rgatishga oid psixologik mashqlar, samarali muloqotning psixologik vositalarini o'rganish ishbilarmonlik faoliyatida asosiy o'rinni egallamoqda. Muloqot psixologiyasi fani muloqotning yuqorida keltirilgan va boshqa jihatlarini nazariy va amaliy jihatdan chuqur o'rganishga yordam beradi. Shuningdek talabalarda muloqot psixologiyasi bo'yicha amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Muloqot jarayoni o'ziga xos ravishda murakkab bo'lib, bunda uch xil bosqich mavjud. Dastlabki bosqich - odamning o'z-o'zi bilan muloqotidir. T.Shibutani «Ijtimoiy psixologiya» darsligida: «Agar odam ozgina bo'lsa ham o'zini anglasa, demak, u o'z-o'ziga ko'rsatmalar bera oladi» - deb to'g'ri yozgan edi. Odamning o'z-o'zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining xarakterini va hajmini belgilaydi. Agar odam o'z-o'zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan o'zini chetga tortib, tortinib yursa, demak u boshqalar bilan suhbatlashishda, til topishishda jiddiy qiyinchiliklarni boshdan kechiradi, deyish mumkin. Demak boshqalar bilan muloqot - muloqotning ikkinchi bosqichidir. A.N.Leontev o'zining «psixika taraqqiyotidan ocherklar» kitobida muloqotning uchinchi shakli - avlodar o'rtasidagi muloqotning ahamiyati to'g'risida shunday yozadi: «Agar barcha katta avlod o'lib ketganida, insoniyat turi yo'q bo'lib ketmasdi, lekin jamiyatning taraqqiti anyaa orqaga surilibgina emas, balki yo'qolib ketishi ham mumkin edi». Haqiqatdan ham, avlodlararo muloqotning borligi tufayli har bir jamiyatning o'z madaniyati, madaniy boyliklari, qadriyatlari mavjud bo'ladiki, buning ahamiyatini tushungan insoniyatning eng ilg'or vakillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saqlab keladilar hamda ta'lim, tarbiya va kundalik muloqot jarayonida uni avloddan avlodga uzatadilar. Muloqotning hayotimizdagi shakl va ko'rinishlariga kelsak uning har bir shaxsning hayotiy vaziyatlarga mos keladigan, o'sha vaziyatlardan kelib chiqadigan ko'rinishlari va turlari haqida gapirish mumkin. Lekin umumiy holda har qanday muloqot yo rasmiy yoki norasmiy tusda bo'ladi. Agar rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvor normalaridan kelib chiqsa, masalan, rahbarning o'z qo'l ostida ishlayotgan xodimlar bilan muloqoti, professorning talaba bilan muloqot iva hokazo, norasmiy muloqot - bu odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.82 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.82 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga