Muomala -boshqaruvning ijtimoiy-psixologik mexanizmi sifatida Reja: 1. Muomala boshqaruv faoliyati sifatida. Muomala o'zaro ta'sir sifatida. 2. Muomala tomonlari. Muomala usullari. Muomalada bir-birini tushunish mexanizmlari. o'zaro ta'sir tuzilishi. Boshqaruv muloqoti haqida. Boshqaruv muloqotining psixologik qonunlari. Kul ostidagi xodimlarni uziga moyil qilishning psixologik yo'llari. suhbatdoshni tinglash qoidalari. Muammoli vaziyatni qanday bartaraf qilish mumkin. 7. muloqotga o'rgatishga oid o'yin va mashqlarning tizimlari O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida Kadrlar tayerlash Milliy Dasturi va ta'lim to'g'risidagi qonunning kabul qilinishi kadrlar tayerlash, ta'limni zamon talablariga muvofik isloh qilish yo'lida qo'yilgan muhim kadam buldi. Zero, Respublikamizning iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy ravnak topishi, yuksak malakali va xar tomonlama shakllangan, milliy kadrlar tayerlanishiga bog'liq. hayotimizga biznes, tadbirkorlik, markyoting, menejment kabi tushunchalar kuprok kirib borayotgan bir vaqtda oliy o'quv yurtlarining bitiruvchilari yuksak kasb mahoratiga ega bo'lishi bilan bir vaqtda o'z atrofidagi shaxs psixologiyasini yaxshi bilishi hamda ijtimoiy psixologiya asoslari va menejment sohasini yaxshi tushunib olishlari kerak. Menedjer tushunchasi tobora hayotimizga kengrok kirib borar ekan, Oliy o'quv yurtlaridagi ta'limning asosiy vazifalaridan biriga talabalarning ijtimoiy psixologiya asoslari bo'lgan boshqaruv psixologiyasi haqida tularok tushuncha berish lozim. Negaki ishlab chiqarishni tashkil qilish, unga rahbarlik qilish menedjerlarning asosiy vazifasi hisoblanadi.yuqoridagilarga asoslanib, shuni takidlash lozimki, xar bir yotuk mutaxassis yuksak tashkilotchilik qobiliyatiga hamda odamlar bilan muloqotga kirishimlilik fazilatiga ega bo'lishi lozim. 1.boshqaruv muloqotining psixologik qonunlari. boshqaruv muloqoti nima? boshqaruv muloqoti -bu odamlarga rahbarlik qilish maqsadidagi muloqot, yani ular faoliyatini malum yo'nalishda uzgartirish yoki kerakli yo'nalishda tashkil qilishdir.rahbar boshqaruv muloqotida o'z kul ostidagilar bilan quyidagi munosabatlarda bo'ladi. 1) buyruk berish, nimanidir tavsiya qilish, maslahat berish; 2) bajarilgan ish haqida o'z kul ostidagilardan axborot olish; 3) kul ostidagilarning berilgan topshiriqni bajarishlarini baholash. Buyruk berish, topshiriq ijrosini tekshirish, hamda baholash, bu boshqaruv faoliyatining uch bosqichi bo'lib, boshqaruv muloqotining uchta vazifasini aks ettiradi. Buyuruvchi axborot berish, teskari aloqa olish va baholov axborotini berish. Albatta rahbarlik faoliyati bu uchta vazifa bilangina chegaralanmaydi, lekin boshqaruv muloqotida ular yotakchilik qiladi. yuqoridagi uchta vazifa ichida buyuruv axboroti berish vazifasi rahbarlik faoliyatida muhim urin tutadi. o'z kul ostidagilar bilan boshqaruv muloqotini samarali olib borish qanday amalga oshiriladi? Samarali muloqot bu - kam vaqt va energiya sarf qilish, bu boshqalar sizning topshiriqlaringizni sidkidildan bajarishi, bu psixologiya fanini chuqur bilish demakdir. Shuning uchun boshqaruv muloqotining psixologik qonunlarini ko'rib chiqishimiz maqsadga muvofikdir. o'zaro tushunish qonunlari. Siz rahbarlik qilayotgan xizmatchilar uzlaridan nima talab kilinayotganini tushunib yotmasalar, berilgan topshiriqni kungildagidek bajara olmaydilar. rahbar topshiriqni kul ostidagilarga tushunarli tarzda yotkaza olishi zarur. Bazi bir xodimlarga bir ogiz so'z kifoya, bazilariga ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:54:05
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.69 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:54 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.69 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:47 ]
Arxiv ichida: doc