Muomala jarayonida o'zaro ta'sir mexanizmi. Samarali muloqotning sirlari

Muomala jarayonida o'zaro ta'sir mexanizmi. Samarali muloqotning sirlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Muomala jarayonida o'zaro ta'sir mexanizmi. Samarali muloqotning sirlari - rasmi

Material tavsifi

Muomala jarayonida o'zaro ta'sir mexanizmi. Samarali muloqotning sirlari Reja: 1.Odamlar amaliy faoliyati va muomala jarayonida o'zaro ta'sir metodlari va usullarining ahamiyati. 2.O'zaro ta'sir psixologiyasining etnik tomonlari. 3. Odamlarni samarali muloqotga o'rgatish. 4.Samarali muloqotga o'rgatishning yo'l va vositalari. Shaxsning muloqot malakasini ifodalovchi asosiy jihat uning muloqot sohasidagi faolligi bo'lib hisoblanadi. Ushbu faollikning maqsadga yo'nalganligi, anglangan tarzda va erkin ijro etilishi insonning muloqot jarayonini qanchalik mohirlik bilan amalga oshirishini ifodalovchi asosiy belgilardir. Shaxs muloqot jarayonining ichki qonunlarini bilishi juda muhimdir. Muloqot jarayonini boshqarishga oid vosita va uslublar muloqot texnologiyalari iborasi orqali ifodalanadi. Aynan shunday texnologiyalarni o'zlashtirish va vaziyatga oid ravishda qo'llash muloqotning erkinligini ta'minlaydi. Muloqotning ichki qonunlariga oid quyidagi fikrlar ish yuzasidan bo'ladigan o'zaro munosabatlar doirasini yanada kengaytirish va o'zgalarga samarali ta'sir etish imkonini yaratadi. Shu munosabat bilan, muloqot jarayonini boshqarish imkonini beruvchi shartlardan biri uni bosqichma-bosqich amalga oshirishdir. To'la-to'kis va meyorida tashkil etilgan muloqot quyidagi asosiy bosqichlarni o'z ichiga oladi: Aloqakontakt o'rnatish. Masalani muhokama qilish. Yechim variantlarini izlash. Қарор қабул қилиш. Ijobiy natijaga olib keluvchi muloqot ta'kidlangan bosqichlarning aynan shunday ketma-ketligida amalga oshadi. Aniqrog'i, muloqot jarayonining samarali o'tishi, ko'p jihatdan, shu bosqichlarni navbatma-navbat amalga oshirish bilan bog'liq Ijtimoiy hayotda, shaxslararo munosabatlarda muloqot sirlaridan xabarsiz bo'lish ko'plab nizoli holatlarni keltirib chiqaradi. Konflikt, nizo yoki ziddiyat - bu ayrim alohida olingan shaxs ongida, yoki shaxslararo muloqot jarayonida, guruh doirasida yoki guruhlararo o'zaro muloqot va ta'sir paytlarida biror muammo, masala yoki qarashlar borasida bir-biriga to'g'ri kelmaydigan, qarama-qarshi fikr, qarash va pozitsiyalarning to'qnashuvi oqibati paydo bo'lgan salbiy hissiyotlarga to'la munosabatlar maromini bildiruvchi ijtimoiy-psixologik hodisadir. Konfliktni keltirib chiqaruvchi omillar, sabablar nihoyatda ko'p, lekin ularni 5 asosiy guruhga bo'lib o'rganish mumkin: 1. Informatsion-axborot omillari: muloqot jarayonida sheriklarga noto'g'ri tarzda yetib keladigan noto'liq, noaniq faktlar, mish-mishlar; shubhalar, to'la aniqlik kiritilmagan ataylab yoki bilmay turib deyarli xufyona tarzda yetkazilayotgan ma'lumotlar; axborot manbaiga nisbatan ishonchning yo'qligi; ayrim hodisa, voqealarga aloqador bo'lgan tortishuv va klishmoqchiliklarga sabab bo'lgan qoidalar, aqidalar, chaqiriqlar, qonun normalari va boshqalar ham shaxslararo yoki guruhlararo ziddiyatlarning omili bo'lishi mumkin. 2. Jamiyat miqyosidagi ayrim tizimlarning faoliyatiga bog'liq omillar: mulkchilikka oid muammolar, ijtimoiy maqom talashish, xokimiyat yo'nalishidagi amal va hisobotlarga oid janjallar, turli ijtimoiy normalar, an'analar, standartlar, xavfsizlik masalalaridagi qarama-qarshiliklar, rag'batlantirish va jazolash, uy-joy, mulk tortishuvlari, resurslar, tovar, xizmat va foydalar taqsimoti jarayonlarida kuzatiladigan nizolar; 3. Qadriyatlarga aloqador omillar (o'zimiz e'tirof etgan yoki rad etgan tamoyillar): jamoaviy, gruppaviy yoki shaxsiy e'tiqod, ishonmagan va ishongan qadriyatlarimiz va ularning xulqda namoyon bo'lishi, mafkuraviy, madaniy, diniy, axloqqa oid, siyosiy, professional qadriyatlar va ehtiyojlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.85 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.85 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga