Mavzu: Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI YURIDIK SHAXSLARNI SOLIQQA TORTISH FANIDAN ORALIQ NAZORAT TAQDIMOTI Bajardi: 1.Vohidov Bobur 2.Akberdiyev Ramziddin 3.Odilov Jahongir 4.Mirzoev Sirojiddin 5.Po'latov Sherzod O'zbekiston Respublikasi soliq tizimiga mol-mulk solig'ining joriy etilishi va uning iqtisodiy mohiyati. Mol-mulk solig'i to'lovchilar, soliqqa tortish obyekti va mol-mulkning o'rtacha yillik qoldiq qiymatini aniqlash tartibi. Mol-mulk solig'i stavkalari, soliqdan imtiyozlar. Soliq hisob-kitoblarini taqdim etish va to'lash tartibi. REJA: Mol-mulk solig'ining joriy etilishi Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'i to'g'ri soliqlar tarkibiga kiradi va mohiyatiga ko'ra bu soliq asosiy fondlar shaklidagi resurslarga nisbatan belgilangan soliq hisoblanadi. Mazkur soliq bo'yicha tushumlar summasi to'liq mahalliy byudjetlarga tushadi va u mahalliy byudjetlarning barqaror daromad manbalaridan biri hisoblanadi. Mol-mulkni soliqqa tortishdan ko'zlangan maqsad Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'ining davlat byudjeti daromadlari tarkibidagi ulushi yuqori salmoqqa ega emas. Hozirgi vaqtda ushbu soliqning tushumi O'zbekiston Respublikasi davlat byudjetining soliqli daromadlarida 2.7 - 3.8 foiz oralig'ida tebranmoqda. Mol-mulk solig'ining davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyati O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlarida mol-mulk solig'i bo'yicha tushum ko'rsatkichlari dinamikasi (foizda) Mol-mulk solig'i to'lovhilar Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to'lovchilar quyidagilardir: -O'zbekiston Respublikasi hududida soliq solinadigan mol-mulkka ega bo'lgan yuridik shaxslar - O'zbekiston Respublikasining rezidentlari; -O'zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan va (yoki) O'zbekiston Respublikasi hududida o'z mulkida ko'chmas mulkka ega bo'lgan yuridik shaxslar - O'zbekiston Respublikasining norezidentlaridir. Quyidagilar mol-mulk solig'ini to'lovchilar bo'lmaydi: - notijorat tashkilotlar. Notijorat tashkilotlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan taqdirda, ular yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to'lovchilardir; - soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar. Mol-mulk solig'i to'lovhilar Mol-mulk solig'i obyekti Quyidagi mol-mulklar soliq solish obyekti hisoblanadi: -asosiy vositalar, shu jumladan moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo'yicha olingan asosiy vositalar; Mol-mulk solig'i obyekti Quyidagi mol-mulk soliq solish obyektidir: -tugallanmagan qurilish obyektlari (Tugallanmagan qurilish obyektlari jumlasiga - muayyan qurilish obyektiga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo'lsa, qurilish boshlanganidan e'tiboran yigirma to'rt oy ichida qurilishi tugallanmagan obyektlar kiradi); Mol-mulk solig'i obyekti Quyidagi mol-mulk soliq solish obyektidir: -belgilangan muddatda ishga tushirilmagan asbob-uskunalar. (Belgilangan muddatda ishga tushirilmagan asbob-uskunalar jumlasiga montaj qilinishi talab etiladigan hamda rekonstruktsiya va (yoki) modernizatsiya qilinayotgan obyektlarda loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan muddatlarga muvofiq kapital qo'yilmalar hisobiga ishga tushiriladigan asbob-uskunalar kiradi). Mol-mulk solig'i solinadigan baza Soliq solinadigan baza quyidagilardir: -asosiy vositalar bo'yicha - asosiy vositalarning o'rtacha yillik qoldiq qiymati. Asosiy vositalarning qoldiq qiymati ushbu mol-mulkning boshlang'ich (tiklanish) qiymati bilan amortizatsiya hajmi o'rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. -normativ (belgilangan) muddatda tugallanmagan qurilish ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:54:05
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
80.78 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:47
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:54 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
80.78 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:47 ]
Arxiv ichida: ppt