Muomala о'zaro ta'sir vositalari Reja: 1. Psixologik ta'sir vositalari. 2. Verbal va noverbal ta'sir. 3. Paralingvistik ta'sir vositalari. 4. Professional tinglash texnikasi. Psixologik ta'sir bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va xatti-harakatlariga ta'sir kо'rsata olishdir. Psixologik ta'sirning uch vositasi ajratiladi: 1. Verbal ta'sir - bu sо'z va nutqimiz orqali kо'rsatiladigan ta'sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar sо'zlar hisoblanadi. Nutq sо'zlashuv о'zaro Muomala jarayoni bо'lib, uning vositasi sо'zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham diologik nutqda ham kishi о'zidagi barcha sо'zlar zahirasidan foydalanib, eng ta'sirchan sо'zlarni topib sherigiga ta'sir kо'rsatishni xohlaydi. 2. Paralingvistik ta'sir - bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi, bezovchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, tovushlar, tо'xtashlar, duduqlanish, yо'tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, dо'stimiz bizga biror narsani va'da berayotgan bо'lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz. 3. Noverbal ta'sirning ma'nosi nutqsizdir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan о'rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar ( shovqin, hidlar ) kiradi. Ularning barchasi Muomala jarayonini yanada kо'chaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Amerikalik olim Megrabyan formо'lasiga kо'ra, birinchi marta kо'rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bо'lishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38% va noverbal harkatlar 58% gacha ta'sir qilarkan. Muomalaning qanday kechishi va kimning kо'proq ta'sirga ega bо'lishi sheriklarning rollariga bog'liq. Ta'sirning tashabbuskorida ataylab ta'sir kо'rsatish maqsadi bо'ladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha yuqorida ta'kidlangan vositalardan foydalanadi. Masalan, rahbar xodimini unga ishi tushib chaqirsa, xodimini о'rnidan turib kutib oladi, quyuq sо'rashadi, keyin maqsadga о'tadi. Ta'sirning adresati-ta'sir yо'naltirilgan shaxs. Lekin tashabbuskorning suhbatga tayyorgarligi yaxshi bо'lmasa yoki adresat tajribaliroq sherik bо'lsa, u tashabbusni о'z qо'liga olishi va ta'sir kuchini qayta egasiga qaytarishi mumkin bо'ladi. Kishilar bilan normal munosabatlarni о'rnata olmaslik, ayniqsa, biznes sohasida sheriklarning holatlari, kutishlarini aniqlay olmaslik, о'z nuqtai nazariga о'zgalarni professional tarzda kо'ndira olmaslik, birovni uning ichki kechinmalari va о'ziga bо'lgan munosabatini aniq tasavvur qila olmaslik amaliy psixologiyada kommunikativ о'quvsizlik yoki diskommunikatsiya holatini keltirib chiqaradi. Bunda kishilar bir-birlarini tushuna olmay qoladilar, oqibatda tugay deb turgan ish bitmasdan chо'zilib ketishi mumkin. Shuning uchun hozirgi paytda katta yoshdagi kishilarni kommunikativ bilimdonlikka о'rgatish, ularda zarur kommunikativ malakalarni hosil qilishga katta ahamiyat berilmoqda. Har bir ziyoli kishi boshqalar bilan hamqorlik qilish mahorati va san'atiga ega bо'lishi kerak. Bu vazifa odamlarni muomala va Muomala etikasiga о'rgatishni har qachongidan dolzarb qilib kо'ymoqda. Ma'lumki, gaplashayotgan kishilar biri gapiradi, ikkinchisi tinglaydi. Muomalaning samaradorligi ana ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:54:05
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.81 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:54 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.81 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:47 ]
Arxiv ichida: doc