Muomala psixologik muammo sifatida Reja: O'yin metodlarining klassifikatsiyasi va ularning psixologik mohiyati. Rolli o'yinlarni tashkil etish texnologiyasi. Rolli o'yinlar jarayoni va shakllari. Ilmiy va ommabop adabiyotda «o'yin» tushunchasi keng manoda ishlatiladi. M: aktyorlar o'yini, bolalar o'yini, shaxmat o'yini va x.k. (strategik o'yinlar, xayol yoki fantaziya o'yinlari). Ko'pgina psixologik tadqiqotlar aynan bolalar o'yinlariga bag'ishlangan. Rus psixologi D.B. Elkonin «Nima uchun bolalar o'ynadilar?» degan savolga to'laqonli javob topish maqsadida o'zining ko'p yillik ilmiy izlanishlarini «O'yin psixologiyasi» (Psixologiya igro') kitobida umumlashtirgan (1960). Unda muallif o'yinlar genezisi - kelib chiqishi, uning mohiyati, bola taraqqiyoti va shaxs shakllanishidagi o'rni va ahamiyatini yoritishga harakat qilgan. Bolalar, deb yozilgan kitobda, - o'yinda kattalarning ijtimoiy xulq-atvoriga taqlid qilish yo'li bilan ular faoliyatini qaytaradilar. Yuqorida takidlaganidek, o'yinlar kategoriyasi nafaqat bolalar, balki kattalar faoliyatiga ham xos. Bolalar va kattalar o'yinlarida qator umumiyliklar mavjud: a. ikkalasida ham rollar improvizitsiya qilinadi, boshqacha qilib aytganda hayotda bor bo'lgan u yoki bu harakatlar, xulq-atvor shakllari qaytariladi. b. o'yin faoliyatidagi vaziyatlar ikkala holda ham shartlidir. v. o'yinda mehnat yoki boshqa turdagi ijtimoiy faoliyatning eng muhim tomonlari qayta tiklanadi. g. tabiiylik, hissiylik-emotsional jihatlarining borligi kattalar va bolalar o'yinlariga xos bo'lgan jihatlaridir. O'yinning eng muhim ahamiyati shundaki, unda tabiiylik sifati bo'lib, ayniqsa, bolalar o'yinida yaqqol seziladi, zero, ular unda o'zida ko'plab tabiiy ehtiyojlarni qondirishga harakat qiladi. Shuning uchun bo'lsa kerak, malum taraqqiyot bosqichida bolalar tinimsiz o'ynaydilar, undan charchamaydilar va bundan hech qachon ular o'z sherigiga ma'naviy ziyon etkazmaydi. Bu narsalar o'yinning shunday qirrasi bilan bog'liqki, unda xayol, hissiyot jarayonlari yaqqol tafakkurdan ustun keladi. Xar qanday operatsional o'yinni tashkil etishda quyidagi tamoyillarga amal qilish shart: 1. Ish o'yinlari ijodiy, professional tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuning uchun tashkilotchi muammoli vaziyat yechimining, uning ijtimoiy mohiyatini trening maqsadiga mosligini tiklashi va xulosalarini ishlab chiqarishga joriy etishi kerak. 2. Ishlab chiqarish jarayonlari va professional faoliyatni modellashtirish va uni real turmush vaziyatiga yaqinlashtirib, imitatsiya qilishga erishish zarur. 3. Trening tarbiyaviy jihatlarini sof o'yinning uzidan yuqori kuyish maqsadga muvofik ekanligi. 4. o'yin qonun-qoidalar va normalarining barcha uchun tengligini doimo yodda tutish lozim. 5. maqsadga erishishning kator dialoglar va multiloglar (ko'p kirrali) tizimiga bog'liqligi tamoyili. yuqorida kayd etilgan tamoyillarga buysungan holda o'yinni tashkil etish mutaxassislarning o'qishi va ular professional sifatlarining takomillashuviga xizmat qiladi. Xar-bir ijtimoiy vaziyat bir necha marta qaytarib uynalgani uchun xam ishtirokchilarda bir vaqtning uzida xam o'yinchi, xam kuzatuvchi bo'lish imkoniyatlari mavjud. Rolli o'yinlar keng tarkalgan o'yin metodlari bo'lib,ular mohiyat jihatdan malum obrazlarga kirish o'sha obrazga xos bo'lgan hissiyotlarni o'z boshidan kechirishni takazo ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:54:05
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.97 KB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:54 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.97 KB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:47 ]
Arxiv ichida: doc