Muomala psixologiyasi REJA: 1.Muloqot va ularning turlari haqida tushuncha. 2.Axborot almashish va muloqot. 3.Muloqot shaxslararo ta'sir ko'rsatish. 4.Muloqot kishilarning bir-birini to'ldirish sifatida. 5.Axborot uzatish va ommaviy axborot jarayonlari, axborot vositalari, ularning mohiyati va samaradorligi. Muloqot - odamlar o'rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog'lanishlar rivojlanishining ko'p qirrali jarayonidir. Muloqot faqat insonlarga xos bo'lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida bir-birlari bilan muloqotda bo'lish ehtiyoji tug'iladi. O'zaro muloqot esa, tabiiyki, kishilik jamiyati vujudga kelishining eng asosiy unsuri hisoblanadi. Muloqot tushunchasini kommunikatsiyadan farqlash kerak. Kommunikatsiya - tirik va o'lik tabiatdagi tizimlar o'rtasida axborot almashinuvini anglatadi. Hayvonlar o'rtasidagi signallar almashinuvi, insonning texnik vositalar bilan aloqa qilishi - bulaming barchasi kommunikatsiya. Muloqot esa faqat insonlar o'rtasidagina amalga oshirilishi mumkin. Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda va munosabatda bo'lish jarayonida shaxsga aylanib boradi, ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallab boradi. Muloqot ijtimoiy faollikning ontogenezda (individual rivojlanish yo'li) paydo bo'ladigan birinchi turidir. Faoliyat davomida insonlar o'rtasida yangi-yangi munosabatlar va aloqalar shakllanadi. Demak, faoliyat va muloqot o'zaro chambarchas bog'liqdir. Muloqotning muvaffaqiyatli bo'lishida shaxsning shakllangan sifatlari, fazilatlarining ahamiyati juda katta. Jumladan, shaxsda ijobiy fazilatlar yaxshi shakllangan bo'lsa (xushmuomalalik, kamtarlik, insonparvarlik, to'g'ri so'zlilik, vijdonlihk kabilar) muloqot jarayoni yaxshi o'tadi. Chunki shaxslar bir-birini to'g'ri tushunishlari uchun, muloqot muvaffaqiyatli bo'lishi uchun ular samimiy bo'lishlari lozim. Samimiylik insonning eng ajoyib fazilatlaridan biri bo'lib, voqeahodisalarga oqilona munosabatda bo'lish, turli ta'sirlarga berilmaslikdir. Har qanday faoliyat odamlarning bir-birlari bilan til topishishni,bir-birlariga turli xil ma'lumotlar o'zatishni,fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o'rni, ishlarining muvoffaqiyati, obro'si uning muloqotga kirish qobilyati bilan bevosita bog'liq. Kommunikativ Perseptiv Muloqotning kommunikativ tomoni muloqot ishtirokchilari o'rtasidagi axborot almashinuvidan iborat Interaktiv jihati muloqot ishtirokchilarining o'zaro ta'sirlashuvidan iborat Perseptiv tomoni esa muloqot ishtirokchilarining muloqot jarayonida bir-birini idrok etishi va bilishidan iborat. muloqotning kommunikativ tomoni ― shaxslararo axborotlar, bilimlar g'oyalar, fikrlar almashinuvi. Bu jarayonning asosiy vositasi ― bu til. Yozma-og'zaki, monologik-dialogik nutq. Diologik nutqning mazmuni, xarakteri, davomiyligi muloqotga kirishgan shaxslarning shaxsiy qarashlariga, qizikishlariga, bir-birlariga bo'lgan munosabatlariga,maqsadlariga bevosita bog'liq bo'ladi. O'qituvchi-o'quvchi, siyosiy rahbarlarning, diplomatlarning, dugonalarning suhbati bir-biridan farq qiladi. Monologik nutq bir kishining boshqa kishiga murojaati― fikrlarning mantiqan tugal bo'lishi, grammatik qonun-qoidalarga rioya qilish kerak. Odamlarning muloqot jarayonida so'zlardan tashqari turli xil harakatlardan, qiliqlardan, holatlardan, kulgu, ohanglardan ham foydalanadilar. Mimika, ko'z qarashlar, to'xtashlar ifodalari va hokazo. Birgalikdagi faoliyat davomida odamlar turli fikrlar, o'y-xayollar, his-kechinmalar bilan o'rtoqlashadilar. Bunda o'y-fikrlar, hiskechinmalarni axborot sifatida, kommunikatsiyani esa axborot almashinuvi siftida talqin etish mumkin. Ammo insonlararokommunikatsiya shunchaki axborot almashinuvidan iborat emas. Ch unki muloqot jarayonida ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:54:05
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
643.29 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:47
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:54 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
643.29 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:47 ]
Arxiv ichida: pptx