Muomala rivojlanishi go'daklik, ilk bolalik, maktabgacha yoshdagi, o'smirlik va o'spirinlik, yetuklik va keksalik davrida muomala

Muomala rivojlanishi go'daklik, ilk bolalik, maktabgacha yoshdagi, o'smirlik va o'spirinlik, yetuklik va keksalik davrida muomala

O'quvchilarga / Psixologiya
Muomala rivojlanishi go'daklik, ilk bolalik, maktabgacha yoshdagi, o'smirlik va o'spirinlik, yetuklik va keksalik davrida muomala - rasmi

Material tavsifi

Muomala rivojlanishi gо'daklik, ilk bolalik, maktabgacha yoshdagi, о'smirlik va о'spirinlik, yetuklik va keksalik davrida muomala Reja: 1. Gо'daklarning kattalar bilan bо'ladigan muomala. 2. Ilk bolalik davrida muomalaning о'ziga xosligi 3. Kichik maktab yoshidagi bolalar muomala. 4. О'smirlarning kattalar bilan bо'ladigan muomala. Gо'daklarning kattalar bilan bо'ladigan muomalai. Oilada bola tug'ilishi bilan oila a'zolari u bilan muomalaga kirishishga harakat qiladilar. Lekin chaqaloq muomalaga darhol tayyor bо'lmasdan, u uxlaydi, yig'laydi va emadi. Chaqaloq о'zining hayotini shartsiz refleks, ya'ni qichqiriq bilan boshlaydi. Birinchi qichqiriq nutqning birinchi belgisidir. Ayrim olimlar birinchi qichqiriqni salbiy emotsiya deb ataydilar. Haqiqatdan ham chaqaloq о'zining qichqirig'i bilan uyquga, ovqatga, issiqlikka bо'lgan ehtiyojini bildiradi. Insonning tabiati shundayki, u atrofdagilar bilan muomalada bо'lmasdan yashay olmaydi. Bola tug'ilganda uning onasi о'zining mehrini muomala orqali beradi. Shuningdek, oilaning boshqa kattalari ham chaqaloq bilan muomalada bо'lmasdan turolmaydi. Kattalar tomonidan bо'ladigan tо'g'ri muomala chaqaloqda muomalaga bо'lgan ehtiyojni shakllantiradi. Chaqaloqda birinchi u bir oylik bо'lganda ga, da, ua kabi nutq belgilari paydo bо'ladi. Bolaning muomalai reaktiv (passiv) yoki aktiv (faol) shaklda bо'ladi. Bolaning kattalar bilan qiladigan muomalai dastlab kattalarning labi va kо'zlariga qarashdan boshlanadi. Ijobiy muomalada bо'lish uchun kattalar bolaga kо'proq kulgulari bilan ta'sir etishlari maqsadga muvofiqdir. Bolani qо'lga olib kо'targanda u juda xursand bо'ladi. Bir yarim-ikki oylikda bola kattalarning jilmayishiga о'zining kulgusi bilan javob qaytaradi. Ona bola uchun ehtiyojlarini qondiruvchi eng asosiy kishi . Ona uchun ham bola barchadan aziz. Kattalar gо'daklar bilan doimo ijobiy emotsional munosabatda bо'lishlari zarur. 4-5 yoshli gо'dakning munosabati о'ziga xos harakterga ega. U о'z oila a'zolarini begona kishilardan ajratadi. Kattalar doimo gо'dak atrofida parvona bо'laversalar, u о'yinchoqlar bilan о'ynamaydi, balki gо'dak onasidan ajrasa injiq bо'lib qoladi. 7-9 yoshli bola kattalarning nutqini va harakatini diqqat bilan kuzatadi. Sо'ngra u kattalarning og'zidan chiqqan sо'zlarni takrorlashga harakat qiladi. Bu davrdagi bolalar kattalarning harakatlarini taqlid qilish orqali egallaydi. Masalan, stolni ustini artishga, idish-tovoqlarni kо'tarishga harakat qiladi. Kattalar bolaning ehtiyojlarini qondiribgina qolmasdan, predmetlar bilan harakat qilishga ham о'rgatadilar, ya'ni hatti-harakatlarini boshqaradilar. Bir yoshgacha bola kattalarning nutqini tinglaydi. О'yinchoq -kо'ngilochar predmet bо'lib qolmasdan, balki bolaning ruhiy rivojlanishi vositasidir. 2-3 yoshli bola о'yinchoqlar bilan о'ynay boshlaydi. О'yinchoqlar yorqin rangli, qо'ng'iroqli ovozli bо'lishi bolada ijobiy emotsiyani keltirib chiqaradi. Onasi bolaga о'yinchoqlar bilan qanday о'ynashni о'rgatadi. О'yinchoqlarning tovushlari bolaning kayfiyatini yanada kо'taradi, uning idrokini rivojlantiradi. Bolalarning yetakchi faoliyati maktabgacha davrda о'yin bо'lib hisoblanadi. Kattalar о'yinchoqlar tilidan bola bilan muomalada bо'lishlari muhim ahamiyatga ega. О'yinchoq bilan о'ynaganda bolalar uni qimirlatishga va og'ziga solishga, ichini ochib kо'rishga harakat qiladilar. 9 oylik bolalarga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.36 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.36 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga