Muomala umumiy psixologiya muammosi sifatida. Muomala va bilish jarayonlari

Muomala umumiy psixologiya muammosi sifatida. Muomala va bilish jarayonlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Muomala umumiy psixologiya muammosi sifatida. Muomala va bilish jarayonlari - rasmi

Material tavsifi

Muomala umumiy psixologiya muammosi sifatida. Muomala va bilish jarayonlari Reja: Muomala haqida tushncha. Kommunikativ muomala. Interaktiv muomala. Persiptiv muomala. Bilish jarayonlari. Hamkorlikdagi faoliyatda zaruriyat tufayli inson boshqa kishilar bilan birlashishi, ular bilan munosabatga kirishishi, aloqa о'rnatishi, о'zaro tushunishga yerishishi va kerakli axbortni olishi, shunga mos javobni berishi kerak. Bunda muomala faoliyatning bir tomoni, uning axborot aspekti - kommunikasiya sifatida namoyon bо'ladi. Biroq predmet yasash bilan birga inson о'zi yasagan predmetda о'zini «translyasiya» qiladi, yani о'zini boshqalarda davom yettiradi. hosil qilingan predmet (kо'rilgan bino, yozilgan qatorlar, о'tkazilgan daraxt) bir tomonidan faoliyat predmeti, ikkinchi tomondan inson о'zini kо'rsatadigan vositadir. Chunki bu boshqa kishilar uchun hosil qilingan. Shunday qilib, faoliyat muomalaning bir qismi, uning tomoni; muomala faoliyatning bir qismi va tomonidir. Lekin muomala va faoliyat barcha hollarda yaxlit (buzilmas) birlikni tashkil yetadi. Til muomala vositasidir. Til muomalaga kirishuvchilar о'rtasidagi kommunikasiya ta'minlaydi, chunki uni axborot beruvchi ham, uni qabul qiluvchi ham birday tushunadi. Boshqa kishiga axborot beruvchi (kommunikator) va uni qabul qiluvchi (resipiyent) muomala jarayonida bir xil tildan foydalanishi kerak, aks holda bir-birini tо'g'ri tushunolmaydi. Axborot almashish muomala qatnashuvchilariga tushunarli belgi va mazmunga yega bо'lishi kerak. Til sо'z belgilari yig'indisidan iboratdir. Sо'zning ma'nosi uning mazmuniy tomonidir. Har bir alohida odamning harakatlari va faoliyatlarini alohida odamning harakati va faoliyatlarini 3 ta muhim omil belgilaydi. Birinchidan, butun insoniyatning yoki bir muncha tor doiradagi kishilar jamoasining ijtimoiy-tarixiy tajribasi belgilaydi. Kichkina bola dunyoni musaqil ravishda bilib olmaydi. U ota-onasiga savollar beradi va ular unga javob beradilar, bu javoblardan bola о'z faoliyatini keyinchalik foydalanadigan umumiy bilimlarning faqat ozgina qismini oladi. Umumiy bilimlarning bu ozginagina qismini bola til shaklida, til yordamida sо'z belgilari tizimida hosil qila oladi. Maktabda ham xuddi shunday bо'ladi, о'quvchi olam haqida barcha bilimlarni о'qituvchining tushuntirishidan yoki darslikdan, yani til yordamida о'zlashtiradi. Bu yerda til о'zining muhim vazifalaridan birini bajaradigan, ya'ni yashash vositasi ijtimoiy-tarixiy tajribani berish va о'zlashtirish vositasi tarzida namoyon bо'ladi. Ikkinchidan, har bir alohida odamning ish-harakati va faoliyati kо'pincha ijtimoiy qiymatga yega bо'lmagan о'zga kishilarning bevosiga tajribalari belgilaydi. Masalan, men oshxona tomon yо'l olaman. Yо'lda о'rtog'im uchrab menga: «oshxona yopilgan», deydi. Shu paytda bu xabar mening faoliyatimni ma'lum bir tarzda boshqaradi: men qayrilib, boshqa oshxona tomon jо'nayman. Bu yerda til о'zining boshqa muhim vazifasi bilan, ya'ni vosita yoki kommunikatsiya usuli yoki olamning xatti-harakatlarini boshqaruvchi bir vosita sifatida namoyon bо'ladi. Natijada har qanday kommunikatsiya, har qanday munosabat suhbatdoshiga tasir qilishdan iboratdir. Uchinchidan, har bir alohida odamning ish-harakatlari va faoliyatlarini har bir ayrim kishilarning shaxsiy tajribasi belgilaydi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.59 KB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.59 KB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga