Muomalaning perseptiv tomoni

Muomalaning perseptiv tomoni

O'quvchilarga / Psixologiya
Muomalaning perseptiv tomoni - rasmi

Material tavsifi

Muomalaning perseptiv tomoni Reja: 1.Sotsial psixologiyada perseptiv jarayonlarni analiz qilish xususiyati. 2. Shaxslararo idrokni muomala jarayonidagi o'rni. 3.Shaxslararo idrokni eksperimental tadqiq qilishning asosiy yo'nalishlari. 4. Shaxslararo idrokni emotsional tomoni shaxslararo attraksiya ko'rinishi. 5.Simpatiya, muhabbatlar, do'stliklar- attraksiyaning turli ko'rinishlari sifatida Muloqot jarayonida odamlar bir-birlari bilan ma'lumotlar almashib,o'zaro ta'sir ko'rsatibgina qolmay, balki bir-birlarini to'g'riroq va aniqroq anglashga, tushunishga va idrok qilishga harakat qiladilar. Bu tomon shaxsiy idrok va tushunish muammosi bilan bog'liqdir. Birgalikdagi faoliyat jarayonida shaxslarning bir-birlarini to'g'ri tushunishlari va aniq idrok qilishlari muloqotning samarali bo'lishini ta'minlaydi. Rus psixologi A.A.Bodalev boshchiligidagi laboratoriya bir-birlarini idrok qilish mexanizmlarini aniqlash borasida qator psixologik qonuniyatlarini kuzatgan. Bunday mexanizmlarga identifikatsiya, refleksiya va stereotipizatsiyalar kiradi. Identifikatsiya shunday psixologik hodisaki, bunda suhbatdoshlar bir-birlarini to'g'riroq idrok qilish uchun o'zlarini bir-birlarining o'rniga qo'yib qo'yishga harakat qiladilar. YA'ni, o'zidagi bilimlar, tasavvurlar, xislatlar orqali boshqa birovni tushunishga harakat qilish, o'zini birov bilan solishtirish (ongli yoki ongsiz) identifikatsiyadir. Masalan, birinchi marta uchrashuvga ketayotgan yigitning ichki holatini uning o'rtog'i yoki akasi tushunishi mumkin. Refleksiya muloqot jarayonida suhbatdoshning pozitsiyasidan turib, o'zini tasavvur qilishdir, ya'ni refleksiya, boshqa odamning idrokiga taalluqli bo'lib, o'ziga birovning ko'zi bilan qarashga intilishdir. Chunki, busiz odam muloqot jarayonida o'zini aniq bilmasligi, noto'g'ri muloqot formalarini tanlashi mumkin. Stereotipizatsiya odamlar ongida muloqotlar mobaynida shakllanib o'rnashib qolgan, ko'nikib qolingan obrazlardan shablon sifatida foydalanish hollaridir. Ijtimoiy stereotiplar - har bir shaxsda u yoki bu guruhli kishilar haqida shakllangan obrazlardir. A.A.Bodalev va uning shogirdlari bunday stereotiplar ba'zan muloqotni to'g'ri yo'nalganligini ta'minlasa, boshqa hollarda esa undagi xatoliklarning sababi bo'lishi mumkinligini kuzatishgan. Idrok va tushunish borasidagi bunday xatoliklar kauzal atributsiya (lotinchasiga kauza - sabab, atrebutsio - bermoq, qo'shib, bo'rttirib bermoq ma'nosini bildiradi) deb ataladi. Masalan, o'qituvchi bilan hamsuhbat bo'lib qolgan odamda suhbat boshidayoq hozir odob-axloqdan dars berishni boshlamasmikan degan shubha paydo bo'lishi mumkin. Bu ham stereotip. Bundan tashqari, odamlar birinchi marta ko'rgan odam to'g'risida tasavvurga ega bo'lish maqsadida uning tashqi qiyofasi bilan xarakteri o'rtasida bog'liqliklar o'rnatishga harakat qilarkan. Shunday bog'liqliklarni aniqlash maqsadida A.A.Bodalev talabalar guruhiga turlicha qiyofali shaxslarning fotosuratlarini ko'rsatgan. 72 kishidan 9 tasi iyagi katta kishilar kuchli iroda egalari ekanligini, 17 tasi pesxonasi keng odamlar aqlli ekanliklarini, 3 kishi sochi qattiq odamlarning qaysarroq, qat'iy ekanliklarini, 5 kishi kichik bo'yli odamlar hokimiyatga intilgan, boshqalar ustidan buyruq berishga moyil, chiroyli odamlar yo o'ta o'ziga bino qo'ygan yoki nodon bo'lishligini aytishgan va hokazo. Tabiiyki, bunday fikrlar mutloq to'g'ri emas, lekin kishilar ongida avloddan-avlodga o'tib kelayotgan tasavvurlar shunday obrazlarni shakllantirgan. Notanish odam haqida tushunchaning shakllanishida u haqida berilgan birlamchi ma'lumot katta rol o'ynaydi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.34 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.34 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga