Mustaqil O'zbekistonda psixologiya fani va psixolog mutaxassislar oldida turgan vazifalar Reja: 1.O'zbekistonda psixologiyaning bugungi ahvoli 2.Psixologiyaning vazifalari 3.Psixologiyaning tuzulishi 4.Psixolog mutaxassis oldida turgan vazifalar. Inson o'zining kimligini anglashga intilishdan, o'z ruhiy dunyosi-ni va o'zgalar ruhiyatini bilish istagi paydo bo'lishdan, tabiat va ja-miyat xrdisalarini tushunishga ehtiyoj sezishdan, o'tmish, hozirgi za-mon, kelajak haqida mulohaza yuritishdan etiboran psixologiya fan sifatida rivojlana boshladi. Psixologik bilimlar juda uzoq o'tmish tarixga ega bo'lsa-da, lekin u fan sifatida falsafadan XIX asrga kelib ajralib chiqdi. Psixologiyani alohida fan sifatida ajralib chiqishi-ga o'sha davrda kishilik jamiyatida yuz berayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy o'zgarishlar sabab bo'ldi, chunki bular ijtimoiy zaruriyatning taqozosi edi. Psixologik holatlarni tadqiq qilish, yani psixika mohiyatini tushunish maqsadida o'sha davrda eksperimental ilmiy-psi-xologik laboratoriyalar vujudga kela boshladi. Ilk psixologik tadqi-qotlar laboratoriyasi nemis olimi V. Vundt tomonidan 1879 yilda Leyptsig universitetida tashkil qilindi. Xuddi shu laboratoriya ando-zasi bo'yicha boshqa mamlakatlarda bir qancha mustaqil laboratoriyalar ochildi. XIX asrningoxiri va XX asrningboshlariga kelib psixologiya fani to'grisidagi ilmiy tushunchalarda keskin o'zgarishlar yuzaga keldi va ularning ta'siri natijasida psixologiyaning tadqiqot obyekti si-fatida insonga muhitning ta'siri, uning xulq-atvorini o'rganish mu-ammolari tanlab olindi. Shu davrda psixologiya fanining rivojlani-shiga ijobiy hissa qo'shgan psixologiya maktablari vujudga keldi, jum-ladan, Amerika (AQSH) psixologiyasining asosiy yo'nalishlaridan bo'lgan bixeviorizm, Germaniya geshtaltpsixologiya maktabi, Venada Z.Freydning psixoanalizi va boshqalar. Shu maktablarning hammasi o'zining nuqgai nazariga asoslanib, psixologiya fanining tarkibiy qismlarini o'rganishga harakat qildi. Psixologik konsepsiyalarning rang-barangligi sababli va fan-texnikaning rivojlanishi ta'siri bilan psixologiya o'zining tadqiqot obyektlariga ega bo'lgan ko'plab sohalarga ajrala boshlandi. Hozirgi davrda psixologiyaning nazariy va amaliy yutuqpari atrof-muhit hamda jamiyatning juda keng qirra-lariga tatbiq qilinmoqda. Psixologiya fanini muayyan sohalarga bo'lishda aniq, yaqqol faoliyatining psixologik tomoni, insonning jamiyatga nisbatan psi-xologik munosabati, taraqqiyotining psixologik jabhasi asos qilib olingan. Quyida psixologiya sohalarining tavsifiga qisqacha to'xta-lib o'tamiz. Umumiy psixologiya - umumiy psixologik qonuniyatlar, mexanizm-lar, murakkab ichki bog'lanishlar, nazariy va metodologik prinsip-lar, ilmiy tadqiqot metodlar, psixikaning filo va ontogenetik o'zgarishlarini, ilmiy tushunchalar va kategoriyalar, bilish jarayon-larini amaliy va nazariy jihatdan tadqiqot qiladigan soha. Umumiy psixologiya boshqa sohalar kabi shartli ravishda qabul qilin-gan nomdan iboratdir. Psixologiya fanining ilmiy tushunchalari-ni, kategoriyalari (shaxs, motivatsiya, faoliyat, muomala, ong)ni, tad-qiqot metodlarini umumiy psixologiyada umumlashtirish uchun uning boshqa sohalaridagi tekshirish natijalarini mavhumlashtirish maq-sadga muvofiq. Shuning bilan birgalikda umumiy psixologiyaning tadqiqot natijalari psixologiyaningboshqa sohalari uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Umumiy psixologiya fani asosiy kategoriyalar, tu-shunchalar, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, individual-ti-pologik xususiyatlarni o'z ichiga oladi. 1. Psixik jarayonlar: sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, xayol va boshqalar. 2. Irodaviy jarayonlar: motiv, motivatsiya, ehtiyojlar, intilishlar, qaror qabul ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:54:05
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.83 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:54 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.83 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:47 ]
Arxiv ichida: doc