Nazariy psixologiyani o'qitishning metodik xususiyatlari Nazariy umumiy psixologiyani va uning nazariy sohalarini o'qitish faqatgina mazmuniy tomonidan emas, balki metodikasi bilan ham o'ziga xos xususiyatlariga ega, chunki o'qitishning metodikasi doimiy ravishda eng tushunarli usullari va metodlarini izlar ekan unda bugungi kundayoq uning ba'zi bir metodik xususiyatlarini ko'rsatish mumkin. Ularga qisqacha to'xtalib o'tamiz. Psixologiya tarixi bo'iimi. Psixologiya tarixi - universitetlar va akademiyalarda psixologiya fakultetlarida o'rganiladigan psixologiya fanning sohasidir, lekin bu amaliy emas, balki nazariy fan hisoblanib u psixologiyani hozirgi kundagi holati uning reproduktiv tahhli asosida tushuntiradi. Psixologiya tarixi qadimgilaming psixikaga (jonga) qarashlaridan boshlab va u haqidagi bugungi kundagi ilmiy tasawurlar bilan fanning rivojlantirish jarayonini uning dinamikasini qayta tiklaydi. Talabalar psixologiya tarixini o'rganishlarida fanni vaqt davomida rivojlanish mantiqini o'zlashtirib olishlari muhim ya'ni qanday ijtimoiy talablar uni yaratgani va u qanday qilib ularni qondirishga yordam berganini bihb olishlari kerak. Psixologiya tarixi fani qadimgi davrlaridan to bizning kungacha rivojlanishini kuzatadi, tushuntiradi, zamonaviy nazariya va farazlarni chuqurroq tushuntirishga imkon beradi, ularga tarixiy yondashislini o'rgatadi. Fanning rivojlanish mantiqi va tarixini tushunish talabalarga o'z imkoniyatlari ongida ishonch hissini namoyon qilish, milliy psixologik bilimlarni faqatgina adabiyotlardan balki shaxsiy tadqiqotlarida, ilmiy psixologiyaning amaliy sohalarida yoki amaliy psixologiyaning aniq sohalarida yangi ilmiy yoki amaliy xulosalarga kelishiga yordam beradi. Shunday qilib, ilmiy fikrning o'zaro aloqasi qonuniy sodir bo'ladi. Turli psixologik maktablar va yo'nalishlarda o'z aksini topgan alohida farazlar, modellar, faktlar umumlashtirish turlari ko'pligiga qaramay bunda turli aholilar va rang-baranglikka qaramay doimiy jaranglovchi «kuy» mavjud. U fanning butun tarixi orqali o'tadi. Bu uning rivojlanishining mustahkam tuzilishlarini qamrab oladi, unga asos bo'lib xizmat qiladi. Zamonaviy psixologiya fanini o'rganar ekan, inson ana shu o'q chizig'idan o'rganib chiqishi kerak. Ana shunda u yo'ldan adashmay oxirigacha ilmiy psixologik fikrlarni egallab olishgacha o'tadi. Psixologiya tarixini rivojlanishi yuksak e'tibor va ehtiyotkorona rnunosabatni talab etadi. Psixologiya tarixining nazariy fan sifatidagi xususiyatlari bir vaqtning o'zida ham psixologik fan bo'lishi o'qituvchidan bu fan bo'yicha dars berishda alohida metodik yondashishni talab etadi. Ikki nazariy fanlar - umumiy psixologiya va psixologiya tarixi fanlarini o'qitish ketma-ketligini qayta aniqlash lozim. Ba'zan psixologiya tarixi oldin o'qitiladi, ba'zan aksincha, ko'pincha esa ular birgalikda olib boriladi. Agarda psixologiya tarixi bo'yicha ma'ruzalarda keyinchalik xato deb hisoblanib yo'q qilingan qarashlar bayon etilsa, lekin talabalar ham bu muammolarga zamonaviy qarashlarni bilmasalar, unda tarixiy jarayonni mantiqiy mos ravishda tushuntirishda jiddiy qiymchiliklar yuzaga keladi. Ular zamonaviy psixologiya kategoriyalarini bilmay, bugungi kungacha kashf etilgan psixologik, mexanizmlarni va boshqa narsalarni bilmay bir-birini to'ldirib kelgan turli psixologik maktab va psixologlarning nazarij'alari va qarashlari haqidagi tarixiy ma'lumotlarni tanqidiy ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:54:05
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.59 KB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:54 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.59 KB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:47 ]
Arxiv ichida: doc