Neyropsixologiya asoslari

Neyropsixologiya asoslari

O'quvchilarga / Psixologiya
Neyropsixologiya asoslari - rasmi

Material tavsifi

Neyropsixologiya asoslari Neyropsixologik sindromlar Bosh miyaning turli sohalari zararlanganda kuzatiladigan asosiy neyropsixologik sindromlar bilan tanishib chiqamiz. Bular amaliyotda ko'p uchraydigan ko'ruv agnoziyalari, afaziyalar va apraksiyalardir. Ko'ruv agnoziyalari Ob'ektlarni yoki ularning tasvirini tanishning (bilishning) buzilishiga ko'ruv agnoziyasi deb ataladi. Ko'ruv agnoziyalari bosh miya katta yarim sharlari po'stlog'ining ensa sohalari zararlanganda kuzatiladi. Bunda ko'ruv o'tkirligi va ko'ruv maydoni kabi oddiy ko'ruv funkstiyalari saqlanib qoladi. Ko'ruv agnoziyasining barcha turlarida bemorlar atrofdagi narsalarni bemalol ko'radi, ya'ni ko'ruv apparatining periferik tizimlari funkstiyasi saqlangan bo'ladi, lekin ularni tanimaydi, nomini aytib bera olmaydi. Afaziya Afaziya - nutqning sistem buzilishi bo'lib, bosh miya po'stlog'ida joylashgan nutq markazlarining zararlanishi oqibatida kuzatiladi. Afaziya bosh miyaning turli sohalari, ya'ni pastki peshona pushtasi, yuqori chakka pushtasining orqa qismi, pastki parietal soha va chakka-tepa-ensa sohalari tutashgan joylar zararlanganda kuzatiladi. Demak, nutq markazlari bosh miya katta yarim sharlarining katta sohasini egallaydi. Kuchli ifodalangan nutq buzilishlari, ayniqsa, Brok va Vernike sohalari zararlanganda kuzatiladi, bu markazlarga chegaradosh sohalar zararlanganda, o'tib ketuvchi afaziyalar kuzatiladi. Neyropsixologlar nutqning ikkita alohida turini farq qilishadi. Bu ekspressiv nutq (so'zlash) va impressiv nutq (so'zlarni, gaplarni tushunish). Afaziyaning barcha turlarida u yoki bu darajada ekspressiv va impressiv nutq buzilgan bo'ladi. Masalan, motor nutq markazlari zararlanganda, asosan ekspressiv nutq, sensor nutq markazlari zararlanganda, ko'proq impressiv nutq buziladi. Ekspressiv nutq og'zaki va yozma nutqlarga ajratilsa, impressiv nutq og'zaki va yozma nutqni tushunishdan iboratdir. Og'zaki nutqqa monologik, dialogik va takroriy nutqlarni misol qilib keltirish mumkin. Narsalarning nomini aytish, ularning harakatini so'z bilan ifodalash ham og'zaki nutqning bir turidir. Yozma nutq mustaqil yoki diktant ko'rinishida bo'ladi. Цitoarxitektonik maydonlar Nutq buzilishining sindromologik tahlili afaziyaga olib kelgan omilni va uning asosida yotgan mexanizmlarni, nuqsonlarni ochib beradi. Aniq topografik tashxis qo'yish «asosiy» va «chegaradosh» nutq markazlari funkstiyasini va patologiyasini batafsil bilishni talab qiladi. Afferent motor afaziya. Har qanday so'z talaffuz qilinayotganda, har xil kuchga, yo'nalishga va qamrovga ega bo'lgan artikulyator harakatlar qilinadi. Har qanday nutq tovushini chiqarish uchun ham aniq bir artikulyator harakatlar yig'indisi ishtiroki zarur. Ushbu harakatlarni boshqarib turish uchun so'zlash a'zolaridan (lab, til, tanglay va h.k.) miyaga doimo to'xtovsiz impulslar kelib turishi kerak. Organizmning ontogenetik rivojlanishi davrida artikulyator harakatlar ma'lum bir stereotipga ega bo'lgan harakatlarga aylanadi. Bu harakatlarning dastlabki elementlari «ishga tushib» ketsa, odam bemalol gapirib ketadi. Ushbu harakatlarni boshqarib turishda bosh miya katta yarim sharlarining orqa gnostik markazlari faol ishtirok etadi. Agrafiya Eksner 1881-yili birinchilardan bo'lib bosh miyada alohida xat (yozish) markazi borligini aytib o'tgan. Ammo Vernike va Dejerin alohida xat markazi borligini inkor qilishgan. Agrafiya atamasi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 721.92 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:47 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 721.92 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga