Nikoh oldi omillari xususiyatlari va ularning nikoh mustahkamligiga ta'siri

Nikoh oldi omillari xususiyatlari va ularning nikoh mustahkamligiga ta'siri

O'quvchilarga / Psixologiya
Nikoh oldi omillari xususiyatlari va ularning nikoh mustahkamligiga ta'siri - rasmi

Material tavsifi

Avval g'ishtin qiyshiq qo'yarkan me'mor, Yulduzga yetsa ham qular bu devor. (Mirzo Bedil) Reja: Nikohga yetuklik xususiyatlari Nikoh yoshi xususiyatlari Nikoh qurish motivlari xususiyatlari Nikohgacha tanishish shartlari va muddatlari Oilaviy hayot haqidagi tasavvurlar Oila deb atalmish muqaddas makon, «oila qasri»ning mustahkamligi shu qasrning poydevori bo'lmish nikoh oldi omillari xususiyatlariga, ularning qay darajada to'g'ri va mustahkam qo'yilishiga bog'liq. Agar shu poydevor yetuk, mustahkam bo'lsa, uning ustida qurilgan imorat ham ko'rkam, yorug', unda istiqomat qiluvchilarga qulaylik, xotirjamlik, tinchlik, huzur-halovat bag'ishlaydigan bo'ladi. Hech bir devor yoki uy poydevorsiz bo'lmaganidek, Sizning qurajak oilangizning ham o'ziga xos poydevorlari bor. Ular shu oilaning yuzaga kelishiga, qurilishiga asos bo'lgan nikoh oldi omillaridir. Agar shu nikoh oldi omillarining oilani yuzaga kelishiga ta'siri noo'rin bo'lsa, u shoshilinch, bo'sh, qiyshiq qurilsa, uning ustiga o'rnatilgan oila imoratining devori ham qiyshiq va omonat bo'lib boraveradi va u shu imoratning bir kuni kelib qulashi, buzilib ketishi xavfini tug'diradi. Bunday poydevor ustiga qurilgan imorat qulab tushmagani, buzilib kyetmagani taqdirda ham unda istiqomat qiluvchilarga xotirjamlik, tinchlik, quvonch bahsh eta olmaydi. Ular doimo qandaydir bir havotirda, hadikda, noqulaylikda, xijolatda yashashlariga to'g'ri keladi. Xo'sh, shu poydevorlar ya'ni nikoh oldi omillari nimalardan iborat? Gap nikoh oldi omillari haqida borar ekan, shuni ta'kidlab o'tish joizki, nikoh oldi omillari u yoki bu nikohning yuzaga kelishiga asos bo'lgan ko'plab ijtimoiy, iqtisodiy, biologik, fiziologik, ma'naviy, axloqiy va bugungi kunlarimiz uchun eng muhim bo'lmish psixologik omillarni o'zida mujassamlashtirgan, ko'p qirrali omillar kompleksidan iborat bo'lib, oila qurayotgan yoshlarning, shu o'zlari qurayotgan oilaviy hayotlariga qay darajada «yetilgan»liklarini belgilab beradi. Bu yerda eng muhimi shu yoshlarning oilaviy hayotga, nikoh talablariga qay darajada javob bera olishligi nazarda tutiladi. Nikohga yetuklik tushunchasi ham o'z navbatida o'ta murakkab va nisbiy tushunchadir. Chunki odam doimo rivojlanib, takomillashib boruvchi, kasb-hunar faoliyatida yoki ma'naviy va axloqiy rivojlanishida muntazam yangidan yangi cho'qqilarga erishib boruvchi mavjudotdir. Agar odamni u yoki bu faoliyatga «to'la yetukligi» haqida gapiradigan bo'linsa, demak bu uning ma'lum bir chegaraga erishgani va undan ortiq rivojlanish mumkin emasligini bildiradi. Shuning uchun ham odamning nikohga yoki biron-bir faoliyatga yetukligi haqida gapirilganda «yetuklik» tushunchasi tom ma'noda o'rinli bo'la olmaydi. Shuning uchun ham odamning «yetukligi», ayniqsa nikohga, oilaviy hayotga «yetukligi» haqida gapirilganda bu tushunchadan ma'lum bir umumqabul qilingan standart, o'rtacha me'yor, ma'lum bir shartli «o'lchov birligi», ko'rsatkichlar va shu kabilar sifatidagina foydalaniladi. Masalan, barcha o'quv yurtlari (maktab, litsey, kollej, institutlar) uchun bitirish imtihonlari (davlat imtihonlari tizimi, diplom ishlari himoyasi tizimlari kabilar) mavjud bo'ladi va ular yordamida bitiruvchilar tomonidan o'zlashtirilgan o'rtacha bilimlar va malaka yig'indisini aniqlash ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.92 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.92 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga