Nimalar o'z manfaatlarini himoya qila olish deb hisoblanmaydi. Eshitib tinglash malakalari

Nimalar o'z manfaatlarini himoya qila olish deb hisoblanmaydi. Eshitib tinglash malakalari

O'quvchilarga / Psixologiya
Nimalar o'z manfaatlarini himoya qila olish deb hisoblanmaydi. Eshitib tinglash malakalari - rasmi

Material tavsifi

Nimalar o'z manfaatlarini himoya qila olish deb hisoblanmaydi Eshitib tinglash malakalari Haqiqiy o'z manfaatlarini himoya qila olish halollik va atrofdagilarning huquqlarini hurmat qilish demakdir. Xo'jako'rsinga o'z manfaatlarini himoya qilish esa atrofdagilarni o'z xohishi bo'yicha boshqarish uchun ham razillik, ham atrofdagilarni hurmat qilmaslikdan iborat bo'ladi. O'z huquqlarini himoya qilishdan qo'rqadigan odam, xohlagan narsasiga ega bo'lish uchun turli ayyorliklar qiladi. Masalan, xotin yangi muzlatgich sotib olishlarini xohlaydi, lekin bu haqda eriga aytishga jur'at qilolmaydi. U yeri bu haddan tashqari qimmat, - deb hisoblaydi deb qo'rqadi. U tinmasdan, oxir oqibat yeri o'zi Balki, yangi muzlatkich sotib olishimiz kerakmikan- demaguncha eski muzlatkichdan noliyveradi. Agar bunday xotinni o'rnida o'zini hurmat qiladigan odam bo'lganida, to'g'ridan to'g'ri eriga Dadasi, qimmat bo'lsa ham yangi muzlatkich sotib olsak, shunga nima deysiz- deb aytgan bo'lardi. Ba'zan bunday shamalar hazil mutoyiba shaklida ham bo'ladi. Lekin, yomon yeri shundaki, bunday odam beto'xtov, qanday qilib atrofdagilarni laqillatsam ekan, degan o'y bilan yuradi. Odamlarni o'z xohish irodasiga qarshi boshqarish, manipulyatsiyaning ko'plab usullari mavjud. Biz ulardan ayrimlarini quyida tasvirlaymiz. Siz esa ularni o'qib o'ylab ko'ring, balki hayotda, qachondir, kimdir Sizga shu usul bilan ta'sir qilishga urinib ko'rgandir. A) agressivlik yoki qo'rqitish. Manipulyatsiyaning eng keng tarqalgan variantlaridan biri agressivlikdir. Agressivlik to'laqonli emaslik, salbiy Men - konsepsiya, ojizlik belgisidir, u o'ziga ishonchsizlikdan iboratdir. O'z manfaatlarini himoya qila olish va agressivlik butunlay turli tuman tushunchalar bo'lib, kimki o'ziga ishonchni o'rgangan bo'lsa uning uchun agressiv bo'lish xavfi yo'qoladi. O'zini hurmat qiladigan odam faqat biron narsaga qat'iy chek qo'yish uchun agressivlik ko'rsatishi mumkin. Masalan, boshliq haqli ravishda xodim ishda o'z imkoniyatlarini to'liq ishga solmayapti, deb hisoblab, unga zahrini sochishi mumkin. Biroq aynan shu usulni qo'llash shart emas. O'z ehtiyojlarini ochiq va halol talab qilish atrofdagilarning hurmatini qozonib, kutilgan natijaga olib keladi. Do'st orttirgan yaxshimi yoki dushman, buni tanlash har kimning ixtiyorida. B) nochorlik. Nochorlik, bechoralik agressivlikka teskari usul. Atrofdagilarni o'z g'azabi va tahdidi bilan qo'rqitish o'rniga, bundaylar ularning rahmini keltirishga, o'zlari haqida g'amxo'rlik qilishlariga erishishga harakat qiladilar. Ba'zi birlar o'z yoshlari, ijtimoiy va xizmat mavqelariga ko'ra xizmatbaror va sodiq bo'lishim kerak deb hisoblaydilar. Boshqalari yelim bo'lib ko'rinishdan qo'rqib, to'g'ridan to'g'ri yordam so'ray olmaydilar. Bechorasifat, landovur odamlar uchun to'g'ridan to'g'ri yordam so'rash qiyin, shuning uchun ular Qo'limdan hech narsa kelmayapti, menga yordam bering kabi zorlanishlar bilan noliydilar. Natijada ular o'zlariga hurmatni yo'qotib, o'z qobiliyatlaridan shubhalana boshlaydilar. O'zini nochor qilib ko'rsatadigan odamlar toifasiga begonalarning yordamisiz allaqachon bankrot bo'lishi mumkinligini ta'kidlayveradigan boshliqlar, vrachlar bo'lmaganda allaqachon o'lib ketgan bo'lardim deb noliyveradigan bemorlar, sensiz yashay ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.43 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.43 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga