NIZO VA STRESNI BOSHQARISH Reja: Nizo jarayoni va ularni kelib chiqish sabablari va turlari. Nizoning turlari va ularning o'rni. Nizo jarayonidagi bosqichlar va oqibatlar. Nizolarni boshqarish va ularni bartaraf etish. Stress va uni boshqarish. Nizo jarayoni va ularni kelib chiqish sabablari va turlari Nizo - bu o'zaro kelishmovchilik yoki qarama - qarshilik, dushmanlik, adovat orqasida tug'ilgan holat, munosabat; ihtilof, nifoq. Adovat, ihtilof, nifoq tufayli o'zaro janjallar sodir bo'ladi. Odamlar janjal haqida o'ylaganlarida dushmanlik, qo'rqitish, bosqinchilik, tortishuv kabi noxushliklarni nazarda tutishadi. Adovat, ihtilof, nifoq tufayli o'zaro janjallar sodir bo'ladi. Odamlar janjal haqida o'ylaganlarida dushmanlik, qo'rqitish, bosqinchilik, tortishuv kabi noxushliklarni nazarda tutishadi. Boshqaruv jarayonida nizo - bu rahbar ishchi va boshqa xodimlar o'rtasida muayyan masalalarni hal qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir yechimga kela olmaganligi tufayli vujudga keladigan vaziyatdir. Nizoning turlari va ularning o'rni Jamoa a'zolari orasida nizolarning ko'pchiligi quyidagi sabablar tufayli sodir bo'ladi: Resurslarni taqsimlashdagi adolatsizlik. Vazifalarning o'zaro bog'liqligi. Maqsadlardagi har xillik. Erkinlik mustaqillik va o'zaro qadrni bilishdagi har xillik. Manmanlik, qaysarlik. Kommunikatsiya - o'zaro aloqani qoniqarsizligi. Stress va uni boshqarish Stress - inclizcha (stress) so'zidan olingan bo'lib, asabiylik keskinlik degan ma'nolarni anglatadi. Asabiylik turli jismoniy va aqliy ishlar haddan oshib ketishi, xavfli vaziyat tug'ilgan paytlarda, zarur choralarni zudlik bilan topishga majbur bo'lganda vujudga keladigan ruhiy holatdir. Bunday holatga tushgan kishilarga nisbatan: u asabiylashadi deb aytishadi. Shu ma'noda asabiy tushunchasi: salga asabiylashaveradigan, bo'lar-bo'lmasga qizishib, tutaqib ketadigan, zardasi tez, jizzaki kishi; asablarning kasalligi tufayli yuz bergan, asablar faoliyatining buzilganligi natijasida yuzaga kelgan hastalik; asablarning qo'zg'alishi bilan bog'liq bo'lgan holat (janjal, baqiriq-chaqiriq) kabilar ma'nosida talqin qilinadi. Kanadalik buyuk fiziolog Gans Sel's asabiylashishini odam yoki hayvon organizmining har qanday ta'siriga o'ziga hos munosib javob deb baholaydi. U uch bosqichga bo'linadi: boshlang'ich ta'sirchanlik (emosional) tuyg'usi (g'alayon); a'zoyi badandagi kuchlarning safarbarlikka tortilishi. qarshilik ko'rsatish bosqichi. toliqish bosqichi. Srtess - bu oddiy va ko'p uchrovchi holat. qattiq bezovta bo'lish, hayajon va uyqusizlikdan biz hammamiz uni sezamiz. Ozgina streslarning ziyoni bo'lmasligi mumkin. Shuning uchun har bir rahbar yoki xodim: yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan va haddan tashqari asabiylashganlik darajasini bilmog'I lozim. Stressni sodir bo'lishiga asosan ikki yo'nalishdagi omillar sabab bo'ladi (chizma). Asabiy holatning vujudga kelishi va uning o'tib ketishi, ruhiy halovatsizlikni bilish, uni bartaraf etish kabilar rahbarlik faoliyatining diqqat markazida turishi kerak. Asabiylashgan holatda: ongni faoliyatida ayrim tomonlar to'xtashdan qoladi. idrokda, xotirada anglashilmovchiliklar paydo boladi; kutilmagan qo'zga'alishlarga nisbatan ayni bir xil bo'lmagan ta'sirlar yuzaga chiqadi; diqqat va idrok ko'lami torayib, halovatsizlik kuchayadi va boshqalar. Shunday vaziyatlarda noxush holatning oldini olish, ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:54:05
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.53 MB
Ko'rishlar soni
70 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:47
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:54 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.53 MB
Ko'rishlar soni
70 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:47 ]
Arxiv ichida: pptx