Nutq madaniyatining asosiy xususiyatlari

Nutq madaniyatining asosiy xususiyatlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Nutq madaniyatining asosiy xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Nutq madaniyatining asosiy xususiyatlari Reja: 1. Nutqning to'g'riligi. 2. Nutqning aniqligi. 3. Nutqning tozaligi. 4. Nutqning mantiqiyligi. 5. Nutqning ifodaligi. Nutq malum bir so'zlovchi yoki yozuvchi tomonidan tinglovchi yoki o'quvchiga qaratilgan matnning shakllantirilgan tashqi ko'rinishidir. Albatta, bu yo'llangan nutq tinglovchiga etib borib malum bir ta'sir ko'rsatsagina, unga nisbatan yaxshi nutq deyishimiz mumkin. Nutq har tomonlama yaxshi bo'lishi uchun o'z oldiga malum talablarni qo'yadi. Bu talablar nutqning to'g'riligi, aniqligi, mantiqiyligi, ta'sirchanligi, tozaligi, tushunarliligi va maqsadga muvofiqligidir. 1. Nutqning to'g'riligi. «To'g'rilik deganda, - deb yozadi V.G. Kostomarov - nutq madaniyatining zarur va birinchi sharti sifatida adabiy tilning malum paytda qabul qilingan me'yoriga qatiy va aniq muvofiq kelishini, uning talaffuz, imloviy lug'at va grammatik me'yorlarini egallashni tushunish lozim bo'ladi». Nutqning to'g'riligi uning eng muhim aloqaviy fazilatidir. Nutq to'g'ri bo'lmasa, boshqa kommunikativ sifatlari ham vayron bo'ladi. Nutqning tuzilishi to'g'ri bo'lmasa, uning mantiqiyligi, aniqligi, maqsadga muvofiqligiga ham putur etadi. Nutq to'g'ri bo'lishi uchun, asosan ikki me'yorga - urg'u va grammatik me'yorga qattiq amal qilishni talab qiladi. So'zlardagi urg'uning ko'chishi bilan manoni ham bazan o'zgarib ketishi mumkinligini esdan chiqarmaslik lozim. Bu ham nutqning buzilishiga olib keladi. Gap ta'siridagi bir so'zga tushadigan mantiqiy (logik) urg'uni ham manoni farqlashdagi xizmati katta. Grammatik me'yorga rioya qilish deganda gap tuzish qoidalaridan to'g'ri foydalanish, o'zak va qo'shimchalarni o'z o'rnida qo'llash, ega va kesimning mosligi, ikkinchi darajali bo'laklarni ularga bog'lanish qonuniyatlari tushuniladi. Mashg'ulot uchun Nazm: I Aql bir tirik jonki, bilmas zavol, Aql - turmush, asli buni yodlab ol. Aqldan g'amginlik, shodlik, o'ktamlik, Aqldan borligu, yo'qligi, kamlik, Kishi ish qilarkan beaqlu idrok, Bo'lur qilmishidan yurak bag'ri chok. Abulqosim Firdavsiy. II Otam menga pul berib: - O'zimizga, sigirimizga, tovuqlarimizga egulik biror narsa harid qil, - dedilar. Men o'ylab-o'ylab, oxiri bitta qovun sotib oldim-da: - Mana dadajon, qovunni o'zimiz eymiz, po'chog'ini sigirimizga beramiz, urug'ini tovuqlar eydi, - dedim. Otam: - Balli, ota o'g'il - deb xursand bo'ldilar. IV Bir yigit choponining etaklari bilan etigini yaxshilab artdi. Buni ko'rib turgan bir keksa kishi: - Etikni o'z puliga sotib olgan, chopon dadasining puliga kelgan, - dedi. 2. Nutqning aniqligi - bu so'zning o'zi ifodalanayotgan voqelikka mos va muvofiq kelishidir. Aniqlik nutqning muhim fazilatlaridan biri sifatida qadimdan malum. G'arb mutafakkirlari ham, sharq olimlari ham aniqlikni nutq sifatlarining birinchi sharti deb hisoblaganlar. Aristotel: «Agar nutq noaniq bo'lsa, u maqsadga erishmaydi», - degan bo'lsa, Kaykovus: «Ey farzand so'zning yuz va orqa tomonini bilgil, ularga rioya qilgil, so'zlaganda manoli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Agar gapirganda so'zning qanday manoga ega ekanligini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.71 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.71 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga