Nutq surati, ravonligining buzilishi

Nutq surati, ravonligining buzilishi

O'quvchilarga / Psixologiya
Nutq surati, ravonligining buzilishi - rasmi

Material tavsifi

nutq surati, ravonligining buzilishi Reja 1 Suzlash tezligini buzishi 2. nutq surati, ravonligining buzilishi Nutq - odamlarning o'zaro munosabatda bo'lishi, aloqa boQlashida asosiy qurol bo'lib, kishi o'z fikri, xohish istaklarini nutq orqali atrofdagilarga bildirishi, o'z kechinmalarini ifoda etishi mumkin. Ana shuning uchun ham nutq kishi fikrlash qobiliyatining asosi, uning bir vositasi bo'lib xizmat qiladi. Fikrlash jarayonlari - tahlil qilish, sintezlash, taqqoslash, umumlashtirish va boshqalar bolaning nutq uzlashtirishiga boQliqdir. Bola nutqi O'sa borgan sayin bu jarayonlar ham rivojlanib, kengayib boradi.Nutq kishi ruhiy faoliyatida ham bevosita ishtirok etib, eslash, xotira jarayoni ifodasiga mantiqiy fikrlash xarakterini beradi, idrokni kuchaytiradi. Nutq kishi irodasining shakllanishida va ayniqsa his-tuyQularini ifodalashda ham juda katta rol O'ynaydi.Bola bir, ikki yoshida O'ylab, fikrlab aytiladigan ayrim so'zlarning manosini tushunib, bularni o'zi ham talaffuz qila boshlaydi, keyinchalik esa nutqi asta-sekin O'sib rivojlanib boradi, bu esa bolaning sog-salomat O'sib borishining asosiy, muxdsh ko'rsatkichlaridan biridir. Bazi bolalarda esa buning aksi bo'lib, umumiy nutqning o'ziga xos kamchiliklari nutq faoliyatining har xil tomonlarida kurinadi, ularning aktiv, og'zaki nutqi odatdagicha rivojlanmay qoladi. Bola nutqidagi kamchiliklar, uzgalar nutqini tushunishidagi qiyinchilik ularni atrofdagilar bilan muloqotda bo'lishi, o'z tengqurlari bilan qo'shilib ketipshni qiyinlashtiradi, hamda fikrlash va boshqa ruhiy jarayonlariga keskin ta'sir qiladi, natijada bolaning uzlashtirish qobiliyati bilan birga uning shaxsi ham rivojlanishda orqada qola boshlaydi.Nutq qobiliyatining rivojlanmaganligi nutq maromi (yani surati, tezligi), shuningdek ifodali qilib gapirish, O'qish malakasi bilan ham belgilanadi. Gapirish, suzlash tezligi, nutq maromi gapirilayotgan davrda so'zlar orasidagi pauzaning uzun yoki kaltaligiga boQliqdir. Odatda, kishi shoshilmasdan gapirganida bir sekundda 9 tadan 14 tagacha, tez gapirayotganda esa 15-20 tovush talaffuz etadi va har bir tovush aniq, anglab bo'ladigan darajada eshitiladi.Nutq surati, yani gapirish, suzlash tezligining buzilishi ikki xil bo'ladi: nihoyatda sekinlashgan nutq; tezlashgan nutq. Nihoyatda sekinlashgan - dradilaliya nutqning monotonligi va noaniqligi bilan birga qo'shilib, aralash holda uchraydi. Bradilaliyaning kelib chiqishiga umumiy loqaydlik, nutq muskullari ishining buzilganligi sabab bo'lishi mumkin. Bradilaliya kupincha aqli zaif va biror ruhiy kasallikka chalingan kishilarda uchraydi. Bu kasallikda tormozlanish jarayoni qo'zQalish jarayonidan ustun turadi. Bradilaliyaning boshlanishida tarbiya, taqlid qilish, intoksikatsiya va astenizatsiya kabi omillar ham ahamiyatga ega. Shimoliy mamlakayarda yashovchi kishilarning gapirish usuli bradilaliyaga O'xshab ketadi. Lekin bu mamlakatlarda shunday gapirish odat tusiga kirib qolgan va patologiya bo'lib hisoblanmaydi. Bradilaliya ichki va tashqi nutq tezligi va maromining buzilishi, ovozning bir xil, monoton bo'lishi, so'zlar orasidagi pauzalarni uzaytirib yuborish - so'zlarni chuzib gapirish, tovushlar orasidagi pauzalarni uzaytirib yuborish bilan namoyon bo'ladi va hokazo. Bradilaliya bilan kasallangan kishilarning chuziq, qovushmagan nutqi tinglovchilardan ularni nihoyatda diqqat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.63 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.63 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga