Nutq va muloqot

Nutq va muloqot

O'quvchilarga / Psixologiya
Nutq va muloqot - rasmi

Material tavsifi

Nutq va muloqot Reja: Til va nutq faoliyati haqida tushuncha. Tilning funksiyalari. Nutq faoliyati haqida tushuncha. Nutq faoliyatining turlari. Shaxs muomala jarayonida (tranzakt psixologiyasi) Tayanch iboralar: Til, nutq va muomala haqida tushuncha. Muomalaning kommunikativ, interaktiv, pertseptiv jihatlari. Pedagogik muomala. Muomala va til. Nutq. Nutq mexanizmlari. Verbal va noverbal kommunikatsiya vositalari. Pedagogik muomalaning psixologik jihatlari. Muomala jarayonida yuzaga keladigan nizolar. Muomala jarayonida kishilarning bir-birini tushunishi va idrok qilishi mexanizmlari. TIL VA NUTQ FAOLIYATI HAQIDA TUSHUNCHA Ma'lumki hayvonlar olamidagi aks ettirish shakllari, ularning tillari ijtimoiy tajribani uzatish va bu tajribani keyingi avlod tomonidan o'zlashtirish imkonini bermaydi. Shaxsning rivojlanishi, uning ongining shakllanishi, uning individual tajribasi umuminsoniy tajriba bilan uzviy bog'liq. Kishilarda tilning mavjudligi tufayli ular ijtimoiy tajribani uzatadilar va o'zlashtiradilar. Tilning o'zi nima? Umumiy qilib ta'rif berganda, TIL BELGILAR TIZIMIDAN IBORATdir. Belgi - voqelikning istagan elementlarini qandaydir aks ettirish, uni shartli ravishda belgilashdir. Masalan, avtomobil' haydayotib, yo'limizda uchraydigan kucha harakati belgilariga bog'liq holda o'zimizni har xil holda tutamiz. Bundan ko'rinib turibdiki belgi ma'lum jihatdan qurolga o'xshaydi. Faqat qurol bizning amaliy mehnat faoliyatimizga vositachilik qiladi, belgi esa bizning nazariy va intellektual faoliyatimiz, yuksak psixik funksiyalarimiz (idrok, tafakkur va h.k.) vositasidir. So'zning belgi sifatidagi asosiy xususiyati uning mazmuni, ma'nosidir. Stul so'zining ma'nosi shu predmetning barcha ijtimoiy muhim belgilarini, xususiyatlarini (turkumi, vazifasi kabi) o'zida aks ettiradi. TILNING VAZIFALARI Tilning eng muhim funksiyalaridan biri - til IJTIMOIY-TARIXIY TAJRIBANI BERISh VA O'ZLAShTIRISh vositasidir. Har bir kishining xatti-harakati va faoliyati kishilikning ijtimoiy-tarixiy tajribasi bilan bog'liq holda rivojlanadi. Kichkina bola dunyoni mustaqil suratda bilib olmaydi. U bilimlarning bir qismini ota-onalaridan surab, savollar berib o'zlashtiradi. Boshqa bir qismini o'zaro munosabatlarda, asosan, til yordamida o'zlashtiradi. Yana bir qism bilimlarni maktabda, pedagoglardan o'rganadi (til yordamida). Bilimlarning anchagina qismini kitoblardan o'qib o'rganadi (yana til yordamida). Bu tilning KOMMUNIKASIYA funksiyasidir. Tilning ikkinchi vazifasi (funksiyasi) - til INTERAKSIYA vositasidir. Ma'lumki kishining xatti-harakatlari va faoliyati, ko'pincha, ijtimoiy qimmatga ega bo'lmangan o'zga kishilarning bevosita tajribalari bilan ham belgilanadi. Agar biror kishi boshqasiga magazin yoki oshxonaning ishlamayotganligi haqida xabar bersa u o'z xatti-harakatini o'zgartiradi. Boshqa magazin yoki oshxonaga borishi mumkin. Bu yerda til yordamida berilayotgan informatsiya kishining xatti-harakatini boshqarmoqda. Bu tilning interaktsiya yoki kishining xatti-harakatini boshqarish vositasi sifatidagi funksiyasidir. Tilning uchinchi vazifasi (funksiyasi) kishining o'z tajribasi, va ijtimoiy tajriba asosida o'z xatti-harakatlarini boshqarishi bilan bog'liq. Odam biror muammoli vaziyatlarda o'z tajribasigagina asoslanib qolmay, boshqa kishilarning tajribalariga, umuman jamiyat tajribasidan ham foydalanadi. Ana shunday vazifalarni o'z oldiga quyish va hal qilish jarayoni INTELLEKTUAL AKT (harakat) deb ataladi. Intellektual harakat uch ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 45.89 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 45.89 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga