Nutqni eksperimental psixologik o'rganishning rivojlanishi

Nutqni eksperimental psixologik o'rganishning rivojlanishi

O'quvchilarga / Psixologiya
Nutqni eksperimental psixologik o'rganishning rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

Nutqni eksperimental psixologik o'rganishning rivojlanishi Reja: Nutq psixologiyasi predmeti. Nutqning akustik tomonini o'rganish. Ichki nutqni o'rganish metodlari. Nutqni o'rganishga psixofiziologik yondashish. Nutq psixologiyasining predmeti nutq mexanizmining tuzilishi va vazifasi, boshqa kishilar bilan muloqot o'rnatishi, nutq yordami bilan o'z his-tuyg'ularini ifodalashi, boshqalarga ta'sir etishidan iboratdir. XIX asr boshlarida nutq mustaqil fan darajasiga erishgan tilshunoslikda o'rganila boshlandi. Tilning psixologik tabiatini o'rgangan, uni inson ruhiyatining namoyon bo'lishi, deb baholagan mualliflardan biri V.Gumbol'dt edi. U tilni o'lik mahsulot emas, balki doimiy tug'ilish natijasi deb qaraydi. Nima avval paydo bo'lgan? Tafakkurmi yoki nutq? V.Gumbol'dt tadqiqotlari til-nutq tafakkuri muammolari-tilni tushunish, mantikiy va til kategoriyalarini shakllanishi, material (tovushli) substrat bilan fikrlash jarayonining munosabati masalalarini o'rganish imkonini beradi. V.Gumbol'dtning psixologik tadqiqotlari uning shogirdi tilshunoslikda psixologik yo'nalish asoschisi G.SHteyntal tomonidan rivojlantirildi. XIX asrning ikkinchi yarmida psixologiya mustaqil fan sifatida shakllanishi bilan til va nutq muammosi ham psixologik tadqiqotlarda o'rganila boshlandi. V.Vundt o'zining xalqlar psixologiyasida nutqning psixologik, psixofiziologik tomonlariga alohida e'tibor bergan. Og'zaki nutqni insonning his- tuyg'ularini ifodalovchi harakatlar bilan bir qatorga qo'yadi. V.Vundtning 1900 yilda nashr qilingan kitobida nutqni kommunikatsiya - aloqa vositasi deb qaralgan, uning psixologik, psixofiziologik bog'liqligini tushuntirib bergan, shuning uchun ham hozirga qadar ilmiy ahamiyatini saqlab kelmoqda. Keyinchalik til va nutq nazariy-amaliy jihatdan o'rganila boshlandi. Bu sohadagi eng muhim ishlardan biri L.S.Vigotskiyning Tafakkur va nutq (1934) kitobidir. Bu kitobning markaziy g'oyasi-nutqning ijtimoiy tabiati, muomala vositasi sifatidagi imkoniyatlarining tasdiqlanishidir. L.S.Vigotskiy tafakkur va nutqni yaxlit dialektik birlikda deb qaraydi. Fikr so'zda ifodalanibgina kolmay, balki mukammallikka ham erishadi. Fikrdan nutqqa o'tish-fikrni qismlarga bo'linishi va so'zda ifodalanishidir. P.P.Blonskiy tafakkur va nutqni uzilmas aloqasini ta'kidlash bilan birga, ular aynan bir narsa emasligini ham uqtiradi. U I.P.Pavlovning shartli reflekslar haqidagi ta'limotiga asosan so'zning signallik tabiatiga alohida e'tibor beradi. S.L.Rubinshteyn nutqning ong bilan bog'liqligini ko'rsatib bu birlikda inson ongining ijtimoiy tabiati o'z aksini topadi. Nutq-bu boshqa kishi uchun gapirayotgan insonning fikrlari, his-tuyg'ularining mavjud bo'lish shaklidir. So'z muloqotda tug'iladi va muloqot uchun xizmat qiladi, degan fikrni ilgari suradi. V.M. Bexterev laboratoriyasida nazariy ta'limotlarga asosan nutq eksperimental yo'l bilan o'rganildi. 4-15 yoshdagi bolalar guruhlarini o'rganish orqali E.M. SHevaleva va O.M.Ergol'skayalar muloqot va nutq maxsulini tahlil qilish metodikasini ishlab chiqishdi. Bolalar nutqining individual xususiyatlari o'rganildi. Insonlar tili va hayvonlar «tili» o'rtasida qanday farq mavjud? Nutq psixologiyasining eng muhim yo'nalishlaridan biri nutqning akustik tomonini o'rganishdir. Nutq akustikasi fizik akustika, lingvistika fonetika, kibernetika, va boshqa fanlar tomonidan ham o'rganiladi. Psixolog uchun nutq tovushlari - gapirayotgan kishi artikulyar apparatining faoliyati natijasidir. Bu faoliyat doimo eshitish analizatorining nazoratida bo'ladi va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.61 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.61 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga