Reja: 1.Shaxs ruhiy kechinmalarining ijtimoiy borliq qadriyatlariga bog'likligi. 2.Shaxs ongida g'oya va fikrning paydo bo'lishi. Mafkura va psixologik xavfsizlik muammolari. 3. ochiq axborot kommunikatsiya tizimida insonning axborot tahdidlarini baholash va xavfsizlikni ta'minlash imkoniyatlari. 4. Turli axborot- psixologik vaziyatlarda shaxsning ijtimoiy xulki. 5.Shaxsning ma'naviy- axloqiy takomili va o'zini-o'zi himoya qilish va boshqarish imkoniyatlari. 6. ta'lim bilan kamrab olinmagan aholiga ziyolilar orqali sog'lom g'oyalarni yetkazish usullari. 1.o'z vaqtida Hindistonning tanikli siyosiy arbobi Maxatma Gandi shunday yozgan ekan: Men uyimning darvoza va eshiklarini maxkam berkitib utira olmayman. Chunki unga toza havo kirib turishi kerak. Va shu barobarida eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo'lib, xonadonimni ag'dar-tuntar qilib, uzimni yikitib tashlashini xam xoxlamayman. Bu so'zlarni bugungi informatsion xurujlar va turli xil ma'lumotlarning turli yullar bilan mamlakatimizga, umuman, boshqa mamlakatlarga xam kirib kelib, u yoki bu mintaqada asrlar mobaynida shakllangan qadriyatlar, urf-odatlar, e'tiqod shakllariga va tarbiya uslublariga salbiy yoki ijobiy ta'siri jarayonlari manosida qo'llash xam mumkin.Zero, dunyoga yuz ochgan, yoshlari dunyo tillarini bemalol egallab, intenetomaniya kasaliga chalinish arafasida turgan O'zbekistonga xam yaxshi yomon ta'sirlar, xurujlar mavjudligi sharoitida shaxsning o'zini -o'zi psixologik jihatdan salbiy ta'sirotlardan himoya kila olish imkoniyatlarini kengaytirish eng dolzarb muammolardan biridir. yaqinda Internet sahifalari amerikalik siyosatshunos olim Patrik Byukenenning Smert Zapada nomli kitobi paydo buldi. Etiborga molik jihati shuki, katta xajmdagi bir kitobning so'z boshisidayok, muallif yaxlit bir millatlar va xalqlar takdiriga aloqador bo'lgan vokealarni, G'arbning takdirini jamiyat ma'naviyatidagi inqirozlarga, jumladan, oila va nikoh, tug'ilish va aholining tabiiy o'sishi borasidagi inqirozlar tahliliga bag'ishlangan. Ming taassuf va afsus bilan u Yevropaamerikacha madaniyatni kabul qilib, bugun uning hayot tarziga singib ketganligiga qarshilik ko'rsatishga kodir emasligini etirof etadi.Byukenning fikricha, sanoati va yuqori texnologiyalari rivoj topgan jamiyatda odamlarning birdan boyib ketishi, tukin hayotga erishishga bo'lgan egoistik intilishi ularning asl qadriyatlarga. Jumladan, oila va nikohga, yoshlar tarbiyasiga bo'lgan munosabtlarida keskin inqirozni keltirib chikardi. Bu holatni u gedonistik psixologiyaning asosi deb baholab, uning oqibati jamiyatda kator ijtimoiy muammolarni keltirib chikarayotganlini ochiq etirof etadi. Gedonezmning manosi shundayki, shaxs va uning xulk-atvori motivlarida fakat nimalardandir lazzatlanish, konikish olish va uzidagi ichki ruhiy iztiroblardan xoli bo'lishga intilish ustivor bo'ladi. Tug'ri, aslida insonning tuk va farovon hayotga intilishi, boy -badavlat yashashni xoxlagani ayb emas, lekin bunday tukinchilik insoniylikka qarshi bo'lishi mumkin emas. Muallifning tashvishi va uni havotirga solgan narsa shuki, bunday ong va shuurdagi o'zgarishlar Yevropaxalqlarining eng zarur va muhim qadriyatdlariga nisbatan salbiy munosabatlarda ifodalanadi. Masalan, bugungi Yevropada tug'ilayotgan bolalarning xar uchtasidan bittasi nikohsiz tug'ilayotganligi, tug'ilishning keskin kamayib ketganligini, ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:54:05
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.74 KB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:54 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.74 KB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:49 ]
Arxiv ichida: doc