R e j a: Kursning maqsad va vazifasi. Asosiy tushuncha va terminlar. Kursning tuzilish. 1.Hozirgi vaqtda deyarli barcha davlatlar axborot sohasi tadrijiy rivojlanishi va turli xil tazyiqlar mavjud bo'lgan sharoitlarda uning amal qilishi uchun shart-sharoitlar yaratish bo'yicha faoliyatini kuchaytirdilar. Shuning uchun 21 - asrni axborot -texnologiyalari asri deb bejiz aytmayaptilar. Bu ma'noda Akinavada 200 yil 22 iyulda jahonning rivojlangan 8 mamlakati tomonidan imzolangan global axborot jamiyati xartiyasini eslash maqsadga muvofiqdir. Mazkur xartiya yangi asrdagi jahon hamjamiyati rivojlanishining muhim omili bo'lib axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hisoblanishidan yaqqol dalolat beradi.Ilmiy texnika taraqqiyoti insoniyat va jamiyat moddiy ehtiyojlarini qondirish uchun o'lkan imkoniyatlar yaratdi.Yangi yuqori texnologiyalar jamiyat a'zolori turmushini istalgan mahsulot bilan ta'minlashga sanoat xizmat sohasini jadal rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish imkonini beradi.Axborot yaratish va tarqatish sohasida ham ilgari ko'z ko'rib quloq eshitmagan sur'at va ko'lamga erishildi. Kishilar o'rtasida xabar yetkazishni ta'minlashga qobil hisoblash texnikasi, axboriy aloqa tizimi, internet tizimi, shuningdek boshqa axborot texnologiyalari inson va jamiyat hayoti va faoliyatida, axborotning ahamiyatini keskin oshirib yubordi.Hozirgi kunda ijtimoiy -texnikaviy rivojlanish bilan ijtimoiy-siyosiy rivojlanish o'rtasida mutanosiblik movjud bo'lgan jamiyatgina har tomonlama uyg'un rivojlanishi mumkin.Shuning uchun har qanday jamiyat o'zining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va boshqa axborotga bo'lgan talab hamda ehtiyojini to'liqroq qondirishga intiladi.Yuqorida aytib o'tilgandek, bugunga kelib ilmiy- texnikaviy ishlab chiqarish ijtimoiy rivojlanishning miqyos mazkur sohalarda to'plangan va almashinayotgan axborotlar, ularning almashinish so'rati va o'zlashtirilish tezligi bilan belgilanadi. Globallashayotgan dunyoda axborot xalqaro va davlatlararo munosabatlarda katta ahamiyat kasb etadi.YA'ni u jahonhamjamiyati hayotida ham ijobiy ham salbiy kuch sifatida namoyon bo'lishi mumkin. Shu ma'noda texnikaviy- texnologik sohada katta imkoniyatga ega bo'lgan mamlakatlar qulay sharoitga ega bo'ladilar.Mana shu ustunlik tufayli ular o'z shaxsiy ma'nfaatlariga mos keluvchi qadriyatlarni, nuqtai -nazarlarini, g'oyalarni,fikrlarni ilgari surishlari mumkin va surmoqdalar ham.Shunga ko'ra ko'pgina davlatlarda globallashuvga qarshi harakatlar yuzaga kelmoqda, bular yagona jahon uyg'unlashgan axborot maydonini tuzishni rad etmoqdalar.Bu o'rinda shuni alohida ta'kidlash joizki, globallashuvga qarshi harakatning o'zi tobora global harakat tusuni olmoqda.Zamonamizning o'ziga xos jihatlaridan bo'lib, har qanday mahalliy hodisa yoki voqea zamonaviy axborot texnologiyalari tufayli global hodisa yoki voqeaga aylanmoqda. Masalan, 200 yil 11 sentabrda Nyu Yorkda yuz bergan voqea, Levan tuprog'idagi harbiy harakatlar, Fransiyadagi yoshlarning chiqishlari, u yoki bu mamlakatdagi saylovlar, avia xaloqat, tabiiy ofat, terrorchilik harakati va boshqa shunga o'xshash voqea va hodisalar buning yorqin dalili bo'ladi. jahon miqyosida kezib yuruvchi bunday axborotlar muayyan davlat manfaatlariga ta'sir etmay qolmaydi.Bu faqat shu axborot tarqaladigan alohida olingan bir mamlakatdagi ijtimoiy,siyosiy, jarayonlardan darak berishi bilangina emas, balki boshqa mamlakatlarning mazkur xabarlar haqida xech narsa aytilmagan auditoriyasi ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:54:05
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.16 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:54 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.16 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:49 ]
Arxiv ichida: doc