Ochiq axborot tizimlarida axborot - psixologik xavfsizlik kursning predmeti va vazifalari Reja: 1 Kursning maqsad va vazifasi. 2 Asosiy tushuncha va terminlar. 3 Kursni o'rganishning ahamiyati. 21 - asrni axborot texnologiyalari asri deb bejiz aytmayaptilar. Bu manoda Akinavada 200 yil 22 iyulda jahonning rivojlangan 8 mamlakati tomonidan imzolangan global axborot jamiyati xartiyasini eslash maqsadga muvofiqdir. Kursning maqsad va vazifasi. Asosiy tushuncha va terminlar. Kursni o'rganishning ahamiyati. Glaballashayotgan dunyoda axborot xalqlararo va davlatlararo munosabatlarda katta ahamiyat kasb etadi. Globallashuv bu - keyingi vaqtda ilmiy adabiyotda va ommaviy axborot vositalarida globallashuv, global dunyo, iqtisodiy - moliyaviy globallashuv, aksilglobal harakatlar, madaniy globallashuv kabi iboralar ko'p qo'llaniladigan bo'lib qoldi. Ayniqsa, dunyo iqtisodiyotida ro'yoy berayotgan salbiy jarayonlar haqida so'z ochilib qolsa, shubhasiz, gap globallashuv jarayoniga borib taqaladi. Globallashuv atamasini dastlab amerikalik olim T.Levittning 1983 yili Garvard biznes revyu jurnalida chop etilgan maqolasida tilga olgan edi. Muallif yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli - tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonini shunday deb atagan edi. Globallashuv subyektlari Globallashuv xalqaro munosabatlarning an'anaviy ishtirokchisi - davlatlardan tashqari umumdunyoviy jarayonlarga bevosita ta'sir etuvchi yangi subyektlarni - xalqaro valyuta jamg'armasi, Jahon banki, YuNYeSKO, xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon savdo tashkiloti, katta sakkizlik(AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Fransiya, Kanada, Italiya, Rossiya), mintaqaviy tashkilotlar (YevropaHamjamiyati, ASYeAN, GUUAM va hokazo), transmilliy korporatsiyalar (TMK), nodavlat tashkilotlar (masalan, yashillar harakati kabi). J. Soros va B.Geyts singari badavlat kishilarni siyosat maydoniga olib chiqdi. axborot agentliklari, gazetalar, jurnallar, jurnal tarzdagi nashrlar, boshqa nashr mahsulotlar, radio, televideniye, audio va video mahsulotlar hisoblanadi. Internet, matbuot xizmati, jamoatchilik bilan aloqalar, davlat, jamoatchilik va boshqa tashkilotlar va muassasalar, reklama agentliklari bo'yicha tuzilmalar ham shular jumlasidandir. Ochiq axborot tizimlari : Kursning predmeti shuki, auditoriyada ochiq axborot tizimlarida aylanuvchi axborotlarni baholashga psixologik immunitet va ongli ravishda oqilona yondashishni tarbiyalash maqsadida ochiq axborot tizimlaridagi dolzarb axboriy psixologik xavfsizlik muammolarini idrok etishdan iboratdir. Milliy axboriy xavfsizlik : Milliy axboriy xavfsizlik tushunchasi har bir insonning, jamiyat va davlatning xavfsizligini o'z ichiga oladi. Har bir inson xavfsizligi deganda unga shaxs sifatida zarar yetkazish mumkin emasligi tushiniladi, uning ijtimoiy faoliyati olayotgan axborotlarni idrok etishga va boshqa insonlar bilan axboriy o'zaro aloqaga ko'p jihatdan bog'liqdir. Jamiyatning axboriy xavfsizligi uning ma'naviy, iqtisodiy, siyosiy sohalariga, madaniy qadriyatlariga, insonlar xulq-atvorini ijtimoiy tartibga soluvchilarga , axborot infra tuzilmalariga va bular yordamiga uzatilayotgan xabarlarga zarar yetkazish mumkin emasligidan iboratdir. Davlatning axboriy xavfsizligi predmeti axborot va jamiyat axborot infra tuzilmalaridan tashkil topgan jamiyat ishlarini boshqarishni bajarish bo'yicha davlat faoliyatiga zarar yetkazish mumkin emasligidan iborat. Milliy manfaatlarga tazyiq ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:54:05
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
658.85 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:49
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:54 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
658.85 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:49 ]
Arxiv ichida: ppt