Reja: 1. Axborot va ijtimoiy taraqqiyot 2. Axborot sohasida globallashuv. Zamonaviy ochiq axborot tizimlar tavsifi 3. Shaxs, jamiyat va davlatning axborot-psixologik xavfsizliklariga tahdidlarning ko'rinishlari va manbalari 4. Axborot kurashi va OAV Axborot-psixologik xavfsizlik fan va ijtimoiy amaliyotining mustaqil va muhim yo'nalish sifatida. Kurs predmeti Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik fanining maqsadi. Fan vazifalari. Ushbu muammoni o'rganish muhimligini kontseptual, metodologik va metodik nuqtai nazarlardan dalillab berish zaruriyati. Kalit tushunchalarning izohi: axborot, ommaviy axborot, axborot globallashuvi, OAV va globallashuv, ochiq axborot tizimlar, internet, axborot ekspansiyasi, milliy xavfsizlik, axborot xavfsizligi, axborot-psixologik xavfsizlik, auditoriya psixologiyasi, axborot-psixologik xavfsizlikning ko'rinishlari va manbalari. Axborot-psixologik xavfsizlik tushunchasining tarkibi va mazmuni - axborot-psixologik xavfsizlikning obyektlari, ushbu sohadagi tahdidlar, xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha faoliyat, ularni taminlovchi prinsipial yondashuvlar (yaxlitlik, uzluksizlik, maqsadga yo'naltirish, rejalilik, komplekslilik), axborot-psixologik xavfsizlik yo'nalishlari, tashqaridan kelayotgan salbiy axborot ta'sirga nisbatan ijtimoiy immunitet. Axborot-psixologik xavfsizlikni asosiy yo'nalishlarning tavsifi hamda ta'minlash usullari: siyosiy-huquqiy, me'yoriy-uslubiy, tashkiliy, kadrlar, axboriy, dasturiy, matematik, lingvistik hamda axloqiy. Axborot va ijtimoiy taraqqiyot. Axborot insonning o'z-o'zini anglashning yo'li, e'tiqod, tasavvur va bilimlar haqidagi ma'lumotlarning yig'indisi sifatida. Shaxs va axborotning o'zaro birgalikda rivojlanishining zarurati, ularning orasidagi o'zaro mutanosiblik buzilishi xavfi. Axborotning qabul qilinishi va ishlatilishini soddaligicha tushunishning salbiy oqibatlari. Axborotning turli shakllari, xususiyatlari, sifatlari va ularning bajarayotgan asosiy vazafalari. Axborot insonning yashash sharti hamda insoniyatning intellektual rivojlanishi, ijtimoiy va madaniy aloqalarni tartiblashtirishning vositasi sifatida. Axborot inson ongiga manipulyativ ta'sir ko'rsatish vositasi sifatida, ijtimoiy-madaniy aloqalar asosini potentsial va real sharoitlarda buzilishi xavfi. Manipulyativ axborot oqimlarning ongga, shaxsga, jamiyat va davlatga salbiy ta'siri. Insoniyat o'zining yangi rivojlanish bosqichiga - axborot davriga kirishi. Axborot fundamental muloqot imkoniyati hamda muhiti sifatida. Axborot shaxs, jamiyat va davlat rivojlanish usuli. Axborot jamiyatining tavsifi va o'lchamlari. Axborot tizimlari va ularning zamonaviy jamiyatdagi o'rni. Axborot sohasida globallashuv. Zamonaviy ochiq axborot tizimlar tavsifi. Globallashuv - 21 asr dunyo hamjamiyatining ijtimoiy-siyosiy hayotidagi asosiy xususiyat sifatida. Axborot sohasida globallashuv. Zamonaviy bosqichda ommaviy axborot globallashuvining manosi va asosiy xususiyatlari. Dunyo axborot makoni: zamonaviy ko'rsatkichlar, uning yangicha tushunish muhimligining o'ziga xos xususiyatlari va kengligi. Axborot makoni zamonaviy xalqaro munosabatlarning avanposti sifatida qaror topishi. Axborot davrning kirib kelishi, axborot makonining geopolitik qarama-qarshilik hududiga aylanib qolish xavfi. Axborot makoni globallashuvi sharoitida milliy xavfsizlik masalalari. Mass-media va davlat suvereniteti. Jamiyatni axborot infratuzilmasi. Axborot texnologiyalari, axborot zahiralari va axborot markazlari. Ommaviy ochiq axborot tizimlarining tarkibi. Ommaviy axborot vositalarining zamonaviy tizimi. Zamonaviy bosqichda ommaviy axborot vositalari evolyutsiyasi va ularning rivojlanishidagi interaktiv bosqich. Axborot ta'sir ko'rsatish sharoitida zamonaviy xalqlararo tartib shakllanishi. Internet ommaviy axborotining universal vositasi sifatida, ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:54:05
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.24 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:54 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.24 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:49 ]
Arxiv ichida: doc