Ochiq ommaviy axborot tizimi sharoitida shaxsning psixologik o'zini-o'zi himoyalashi

Ochiq ommaviy axborot tizimi sharoitida shaxsning psixologik o'zini-o'zi himoyalashi

O'quvchilarga / Psixologiya
Ochiq ommaviy axborot tizimi sharoitida shaxsning psixologik o'zini-o'zi himoyalashi - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Ochiq ommaviy axborot tizimi sharoitida shaxsning psixologik o'zini-o'zi himoyalashi 1. Shaxs ruhiy kechinmalarining ijtimoiy borliq qadriyatlariga bog'liqligi. 2. Shaxs ongida g'oya va fikrning paydo bo'lishi. Mafkura va psixologik xavfsizlik muammolari. 3. Ochiq axborot kommunikatsiya tizimida insonning axborot tahdidlarini baholash va xavfsizlikni ta'minlash imkoniyatlari. 4. Turli axborot-psixologik vaziyatlarda shaxsning ijtimoiy xulqi. 5. Shaxsning ma'naviy-axloqiy takomili va o'zini-o'zi himoya qilish va boshqarish imkoniyatlari. 6. ta'lim bilan qamrab olinmagan aholiga ziyolilar orqali sog'lom g'oyalarni yetkazish usullari. Maxatma Gandi : Men uyimning darvoza va eshiklarini mahkam berkitib o'tira olmayman. Chunki unga toza havo kirib turishi kerak. Va shu barobarida eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo'lib, xonadonimni ag'dar-to'ntar qilib, o'zimni yiqitib tashlashini ham xohlamayman. Islom Karimov: Eng muhimi, qalbimizda g'ururimiz, bilagimizda kuchimiz bor ekan, biz tinchlikni himoya qilishga, unga xavf solayotgan kuchlarga qarshi kurashishga, qaddimizni tik tutib, boshimizni baland ko'tarib yashashga qodirmiz. Bizni qo'rqitmoqchi bo'layotgan g'alamislar shuni bilib qo'ysinki, biz hech kimga bosh egmaganmiz va hech qachon bosh egmaymiz. Bunda bizga milliy g'oyamiz va mafkura g'oyaviy tayanch va asos bo'ladi (2001 yil 10 oktyabr). Zero, milliy mafkura xalqning maqsad-muddaolarini ifodalaydi, tarix sinovlaridan o'tishda uning ruhini ko'tarib, suyanch va tayanch bo'ladi, shu millat, shu jamiyat duch keladigan ko'plab hayotiy va ma'naviy muammolarga javob izlaydi. U insonga faqat moddiy boyliklar va nematlar uchun emas, avvalo, Alloh taolo ato etgan aql-zakovat, iymon-e'tiqod tufayli yuksak ma'naviyatga erishish uchun intilib yashash lozimligini anglatadigan, bu murakkab va tahlikali dunyoda uning taraqqiyot yo'lini yoritib beradi. Istiqlol mafkurasi ko'pmillatli O'zbekiston xalqining ezgu g'oya - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo'lidagi asriy orzu-intilishlari, hayotiy ideallarini o'zida aks ettiradi. Egotsentrizm so'zi lotincha ego - men va centrum - doira markazi so'zlaridan olingan. Manosi - o'z fikr-o'ylari, manfaatlari doirasida qotib qolgan insonning atrof-muhit va odamlarga oid o'z bilimlari va o'zgalarga munosabatini o'zgartira olmasligini bildiradi. O'z mustaqil fikriga ega bo'lmaganlar bilan ishlashda: - Ularning negativ fikrlash tarzining sxemasini o'zgartirish - O'qituvchining tushuntirish uslublarini, tarbiya metodlarini o'zgartirish - o'quvchi-talabaning o'z-o'zini idrok qilishini, o'ziga bo'lgan bahosini o'zgartirish - o'quvchi ijobiy tajriba orttirishi uchun sharoit yaratish - ta'lim jarayonining o'zida joriy etilgan tartiblarda byurokratiyani minimallashtirilishiga erishish. Ijtimoiy xulqda ko'zga tashlanadigan eng muhim holatlardan biri tashvishlanish, nimalardandir cho'chish va shu tufayli ijtimoiy munosabatlardan o'zini olib qochishga intilish hislarining namoyon bo'lishidir. Chunki agar psixologik himoya holatining mohiyatidan kelib chiqiladigan bo'lsa, bu - shaxs ichki kechinmalarini ifodalovchi shunday holatki, unda odam ichki ruhiy mutadillikni asrash uchun o'zidagi havotirlanish, qo'rquv va xadiksirashlarini bosishga, ulardan xalos bo'lishga intiladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 54.26 KB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:49 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 54.26 KB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga