Ochiq ommaviy axborot tizimlari sharotida shaxsning psixologik o'z o'zini himoyalash

Ochiq ommaviy axborot tizimlari sharotida shaxsning psixologik o'z o'zini himoyalash

O'quvchilarga / Psixologiya
Ochiq ommaviy axborot tizimlari sharotida shaxsning psixologik o'z o'zini himoyalash - rasmi

Material tavsifi

Ochiq ommaviy axborot tizimlari sharotida shaxsning psixologik o'z o'zini himoyalash Tayyorladi Shaxs turli mafkuraviy tahdidlardan qanday yo'llar bilan saqlanishi mumkin? Ushbu masalaga oydinlik kiritish uchun avvalo egotsentrizm kabi tushunchalarga izoh berish darkor. egotsentrizm so'zi lotincha «ego» - men va «centrum» - doira markazi so'zlaridan olingan. Ma'nosi - o'z fikr-o'ylari, manfaatlari doirasida qotib qolgan insonning atrof-muhit va odamlarga oid o'z bilimlari va o'zgalarga munosabatini o'zgartira olmasligini bildiradi. Psixologiyada egotsentrizmning bir qancha turlari - bilishga oid, axloqiy va kommunikativ egotsentrizmlar farqlanadi. Oxirgisi - boshqalarga biror xil ma'lumot berish jarayonida ularning fikri bilan hisoblashmaslik, ularni mensimaslikda namoyon bo'ladi. Nazarimizda, zamonaviy informatsion xurujlarning mualliflarida aynan shu kabi egotsentrizm kuzatiladi va ular o'zlariga o'xshash faqat o'z manfaatinigina ko'zlaydigan avlod ongini qamrab olishga harakat qiladi. Shuning uchun ham shaxsga psixologik himoya zarur. Psixologik himoya bo'lishi uchun shaxsda mustaqil fikr bo'lishi lozim. Demak, ochiq axborotlar tahdidi sharoitida yoshlarni to'g'ri yashashga, vatanparvar va insonparvar bo'lishga, erkin fikrli bo'lishga o'rgatish orqali ularda mafkuraviy immunitetni tarbiyalash eng dolzarb vazifalardir. Zero, o'rgatish bir tomonlama jarayon bo'lmay, u «pedagog-tarbiyalanuvchi» muloqoti tizimida ko'proq tarbiyalanuvchining fazilatlariga bog'liq. Bugun ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan, lekin ming afsuski, o'z mustaqil fikriga ega bo'lmaganlar bilan ishlashda quyidagilarga e'tiborni qaratish darkor: Birinchidan, xulq-atvordagi xatoliklar eng avvalo fikrlash tarzidagi xatoliklarning oqibati bo'lgani uchun talabalarning negativ fikrlash tarzining sxemasini o'zgartirish lozim. Ikkinchidan, fikrlash tarziga ta'sir ko'rsatish uchun pedagoglar o'zlarining tushuntirish uslublarini, tarbiya metodlarini o'zgartirishlari lozim. Ya'ni, ilgari, yuqori tonlarda, direktiv ohangda, «katta roli»da talaba bilan muloqot qilgan pedagog, endi kerak bo'lsa, «tengma-teng», demokratik ohangda, bosqichma-bosqich xatti-harakatlarni birgalikda tahlil etishga o'tishlari lozim. Uchinchidan, o'quvchi-talabaning o'z-o'zini idrok qilishini, o'ziga bo'lgan bahosini o'zgartirish, ya'ni, talabani ijobiy ishlarga yo'naltirish orqali o'ziga bo'lgan bahosini o'zgartirishga erishish kerak. Ta'lim va tarbiya jarayonida har bir pedagog yoshlarning mustaqil fikrlashlari uchun sharoit yaratishi lozim, aks holda uning ongi tayyor shablonlar, stereotiplarga shu qadar o'rganadiki, ular oxir-oqibat har qanday bid'at yoki yot g'oyalarga ergashib ketaveradigan bo'lib qoladi. Ya'ni, darsni tashkil etishning noan'anaviy usullariga keng yo'l ochish, darslarda o'quvchilar bilan interaktiv muloqotini tashkil etish, ular miyasining yaxshiroq ishlashi, qiziqishi va mustaqil fikrlashiga yordam beradi. Psixologik manbalardan yana shu narsa ma'lumki, yoshlar mustaqil fikrlashlari uchun ta'lim jarayonining o'zida joriy etilgan tartiblarda byurokratiyani minimallashtirilishiga erishish kerak. Chunki eski ta'lim tizimi o'qituvchining aytganini, u yozgan ma'ruza matnini aynan ko'chirib yozib kelish, aytib berishni talab qilardi. Bu holat miyani avtomatik ishlashga, zombi kabi yodlangan bir xil qolipda bo'lishga o'rgatadi, bunday miyada albatta o'ziga xos vakuum hosil bo'ladiki, bu vakuumga keyinchalik boshqa yot g'oya va tushunchalar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.61 MB
Ko'rishlar soni 73 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:49 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.61 MB
Ko'rishlar soni 73 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga