Odamlar o'rtasidagi o'zaro ta'sir va muomalaning ijtimoiy psixologik qonuniyatlari. Ijtimoiy munosabatlar va shaxslararo munosabatlar

Odamlar o'rtasidagi o'zaro ta'sir va muomalaning ijtimoiy psixologik qonuniyatlari. Ijtimoiy munosabatlar va shaxslararo munosabatlar

O'quvchilarga / Psixologiya
Odamlar o'rtasidagi o'zaro ta'sir va muomalaning ijtimoiy psixologik qonuniyatlari. Ijtimoiy munosabatlar va shaxslararo munosabatlar - rasmi

Material tavsifi

Odamlar o'rtasidagi o'zaro ta'sir va muomalaning ijtimoiy psixologik qonuniyatlari. Ijtimoiy munosabatlar va shaxslararo munosabatlar REJA: 1. Individual ong shakllanishida ijtimoiy munosabatlarning o'rni. 2. Ijtimoiy rol tushunchasi haqida. 3.Shaxslararo munosabatlarning ijtimoiy munosabatlar sistemasida vujudga kelishi. 4. Shaxslararo munosabatlarning emocional asosi. Insonning o'zini qurshab turgan olam bilan o'zaro birgalikdagi harakati odamlar o'rtasida ularning ijtimoiy hayoti va eng avvalo, ishlab chiqarish faoliyati jarayonida tarkib topadigan obyektiv munosabatlar sistemasida yuz beradi. obyektiv munosabatlar va aloqalar (bog'langanlik, bo'ysunganlik, hamkorlik, o'zaro yordam munosabatlari va boshqalar) har qanday real guruhda muqarrar va qonuniyatli tarzda yuzaga keladi. Guruh a'zolari o'rtasidagi ushbu o'zaro obyektiv munosabatlarining in'ikosi shaxslararo subyektiv munosabatlardirki, ularni o'rganish bilan social psixologiya shug'ullanadi. Munosabat odamlar o'rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chikadigan bog'lanishlar rivojlanishining ko'p qirrali jarayonidir. Munosabatning ikkinchi jihati - munosabatga kirishuvchilarning o'zaro birgalikdagi harakati - nutq jarayonida faqat so'zlar bilan emas, balki harakatlar, xatti - harakatlar bilan ham ayirboshlashdan iborat. Do'kon kassasi oldida hisob kitobni amalga oshirarkan, haridor bilan sotuvchi hatto ulardan birortasi hech qanday so'z ishlatishmasa ham o'zaro munosabatga kirishadi; haridor kassirga harid qilingan narsa uchun tovar cheki va pul taqcim eca, sotuvchi chek urib, qaytimini sanab beradi. Nihoyat, munosabatlarning uchinchi jihati munosabatga kirishuvchiparning bir - birlarini idrok eta olishlarini taqozo qilishidir. Masalan, munosabat bo'yicha sheriklardan biri boshqasini ishonsa bo'ladigan, aqlli, tushunadigan, tayyorgarlik ko'rgan kishi sifatida idrok etishi yo idrok etmasligi, balki oldindanoq u hech narsani tushunmaydi va habar qilingan narsaning fahmiga etmaydi, deb hisoblashi juda muhimdir. Shunday qilib, yagona munosabat jarayonida shartli ravishda uchta jihatdan - kommunikativ (ahborot uzatish), interaktiv (o'zaro birgalikda harakat qilish) va perceptiv (o'zaro birgalikda idrok etish ) jihatlarini alohida ko'rsatish mumkin. Munosabatning birgalikdagi faoliyat bilan aloqasi aniq-ravshandir. Lekin shunday savol tug'iladi: munosabat birgalikdagi faoliyatining bir qismi, tomoni, jihati hisoblanadimi yoki munosabat va faoliyat ikkita mustaqil to'laqonli jarayonmi? Kishi birgalikda faoliyat ko'rsatayotganda zaruriyatga ko'ra boshqa odamlar bilan birlashishi, ular bilan muomalaga kirishishi, ya'ni aloqa o'rnatishi, o'zaro hamjihatlikka erishishi, kerakli ahborot olishi va javob tariqasida ahborot berishi lozim va hokazo. Bu o'rinda munosabat faoliyatning bir tomoni, bir qismi, uning eng muhim informativ jihati, kommunikaciya (birinchi turdagi munosabat) sifatida namoyon bo'ladi. Lekin odam kommunikaciya sifatida munosabatni o'z tarkibiga olgan faoliyat jarayonida biron narsa yaratib (asbob yaratib, fikr bildirib, hisoblar qilib, mashinani tuzatib va shu kabilarni amalga oshirib), shu bilangina cheklanib qolmaydi: u yaratgan buyum orqali o'zining xususiyatlarini, o'zining induvidualligini boshqa odamlarga «uzatadi», o'zini boshqa odamlarda (Shu jumladan, faoliyat maqsadiga erishish uchun u aloqa bog'laydigan odamlarda ham va hatto «o'zga odam» sifatida o'zida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.54 KB
Ko'rishlar soni 67 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.54 KB
Ko'rishlar soni 67 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga