Oila diagnostikasi va konsultatsiyasi xususiyatlari

Oila diagnostikasi va konsultatsiyasi xususiyatlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Oila diagnostikasi va konsultatsiyasi xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Oila diagnostikasi va konsultatsiyasi xususiyatlari Reja: 1.Oilalarni tadqiq qilish metodikalari. 2.Oilaning о'rganilganlik darajasi. Oila mustahkamligiga hal qiluvchi ta'sir etuvchi nikoh oldi omillaridan biri yoshlarning о'z oilaviy hayoti haqidagi tasavvurlaridir. Ularning qanchalik reallikka yaqin bо'lishi, shu oila mustahkamligining bosh garovi hisoblanadi. Biroq hamma vaqt ham yoshlarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari reallikka mos kelavermaydi, balki u aksariyat hollarda reallikdan tubdan farq qiladi. Esini tanigandan boshlab ertaklar ruhida, badiiy filmlar, romanlar, afsona, rivoyatlar ruhida tarbiyalangan yoshlarda hamma vaqt ham oilaviy hayot haqida tо'g'ri tasavvurlar shakllanaverishi mumkin emas. Ommaviy axborot vositalari orqali, telekо'rsatuvlar, radioeshittirishlar orqali yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash borasida berilayotgan materiallarda, oilaviy hayotni bir yoqlama, faqat ijobiy tomondan talqin qilish hollari ham kо'p kuzatiladi. Bu kabi holatlar ham yoshlarda oilaviy hayot haqidagi tasavvurlarning notо'g'ri shakllanishiga sabab bо'lishi mumkin. Shuning uchun ham yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda oilaviy hayot, er-xotin munosabatlarini faqat bir yoqlama va faqat yaxshi tomondangina kо'rsataverish ham maqsadga muvofiq emas. Uni imkon qadar butun borligicha: baland-pasti-yu, shirin-achchig'i, rohat-farog'ati-yu, azob-uqubati, qorong'u kechalari-yu, yorug' kunduzlari bilan kо'rsatgan ma'qul. Shundagina yoshlarda oilaviy hayot haqida nisbatan adekvatroq tasavvur shakllanishi mumkin. Oila mustahkamligiga hal qiluvchi ta'sir etuvchi nikoh oldi omillaridan biri yoshlarning о'z oilaviy hayoti haqidagi tasavvurlaridir. Ularning qanchalik reallikka yaqin bо'lishi, shu oila mustahkamligining bosh garovi hisoblanadi. Biroq hamma vaqt ham yoshlarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari reallikka mos kelavermaydi, balki u aksariyat hollarda reallikdan tubdan farq qiladi. Esini tanigandan boshlab ertaklar ruhida, badiiy filmlar, romanlar, afsona, rivoyatlar ruhida tarbiyalangan yoshlarda hamma vaqt ham oilaviy hayot haqida tо'g'ri tasavvurlar shakllanaverishi mumkin emas. Ommaviy axborot vositalari orqali, telekо'rsatuvlar, radioeshittirishlar orqali yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash borasida berilayotgan materiallarda, oilaviy hayotni bir yoqlama, faqat ijobiy tomondan talqin qilish hollari ham kо'p kuzatiladi. Bu kabi holatlar ham yoshlarda oilaviy hayot haqidagi tasavvurlarning notо'g'ri shakllanishiga sabab bо'lishi mumkin. Respublikamizada о'tkazilgan tadqiqotlar shuni kо'rsatdiki (sо'rovnoma 100 respondentdan olingan, shularning 58% ayollar, 42% erkaklardir), toshkentliklarda baxtli oila deganda asosan er-xotinlarning bir-biriga e'tiborli, mehribon bо'lishi tushuniladi. Jadvalga e'tibor berilsa (О' - о'rin, U - umumiy, A - ayollar, E - erkaklar), bu yerda ayollarga nisbatan erkaklarning nikohdan, oiladan kо'p narsani kutishlarini, baxtli oila tushunchasini ideallashtirishlarini kо'rish mumkin. Ayollarga nisbatan erkaklar barcha baxtli oila haqidagi tushunchalarga yuqori о'rin berganlar. Bu esa, о'z navbatida, «ayollar oila munosabatlarini ideallashtiradi, erkaklar esa hayotga real kо'z bilan qaraydi» degan stereotip toshkentliklar misolida haqiqatga yaqin kelmasligini kо'rsatadi. Bunday stereotipning mavjudligi esa shuni kо'rsatadiki, erkaklarning umr yо'ldoshiga, oilaviy munosabatlarga bо'lgan talablarining yuqoriligi ongli ravishda emas, balki ong ostida namoyon bо'ladi. Baxtli oila ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.3 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.3 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga