Oila funksiyasi, oila tizm tiplari va rollari

Oila funksiyasi, oila tizm tiplari va rollari

O'quvchilarga / Psixologiya
Oila funksiyasi, oila tizm tiplari va rollari - rasmi

Material tavsifi

Oila funksiyasi, oila tizm tiplari va rollari Reja: 1. Oila psixologiyasi fanining funksiyalari. 2.Oila va uning mezonlari. Oilaning iiqtisodiy funksiyasi nimadan iborat? Oilaning iqtisodiy funksiyasi uning asosiy funksiyalaridan biri xisoblanadi. Oila iqtisodiy, byudjeti, daromadini rejali sarflash, kundalik xarajatga, zarur byumlarga pul ajratish, bir necha yildan sо'ng olinadigan narsalarga mablag' yig'ish, tejamli rо'zg'or yuritish er-xotinning katta tajriba, malakaga ega bо'lishiga bog'liq.Shuningdek, oilada о'sayotgan farzand xam mana shu malaka va kо'nikmalarga ega bо'lib borishi zarurligini unutmagan xolda о'g'il-qizga iqtisodiy masalalarni xal etishni о'rgata borish lozim. Keyingi yillarda rо'zg'orda yuzaga kelayotgan iqtisodiy muammolar oiladagi shaxslararo munosabatlarga salbiy ta'sir etishi bilan birgalikda farzandlar bilim saviyasining pasayishiga xam olib kelmoqda. Bunday noxush xolatlarning oldini olish maqsadida moddiy qiyinchiliklar tufayli xosil bо'ladigan muammolarni bartaraf etishda odamlarga psixologik yordam kо'rsatish lozim. Oila о'zining shu funksiyasi tufayli jamiyatga, davlatga katta iqtisodiy foyda keltiradi.Masalan, bola tarbiyasi, bolani iqtisodiy ta'minlash borasidayoq uning jamiyatga keltirgan foydasi katta miqdorini tashkil etadi. Buni davlat tomonidan, davlat muassasalarida (bolalar uylarida) bir bolani 16-18 yil tarbiyalab, ishchi kuchi sifatida yetishtirish uchun (uni boqish, kiyintirish, о'qitish, moddiy ta'minlash va sh.k ) davlat tomonidan xar bir bolaga sarflanadigan mablag' va aynan shunday ishchi kuchini oilada tarbiyalash uchun beriladigan nafaqa pullari miqdorini solishtiradigan bо'lsak, о'rtadagi farq birinchilar foydasiga bir necha yuz ming sо'mni tashkil bо'lish. Tasavvur qilishga osonroq bо'lishi uchun aytish mumkinki, xar bir bolani voyaga yetkazish uchun oila davlatga kamida bitta Neksiya avtomashinasi qimmati miqdorida iqtisodiy foyda keltiradi. Bu boradagi, ya'ni xar tomonlama kamol topgan ma'naviy-axloqiy yetuk, jismoniy-psixologik sog'lom shaxsni yetishtirishning ma'naviy-axloqiy qimmatini esa xech qanday iqtisodiy mezon bilan о'lchab bо'lmaydi. Bu oilani iqtisodiy funksiyasini atiga birgina shaxsni shakllantirishdagi foydasini kо'rsatish xolos. Oilda xо'jalik yumushlarini yuritish, rо'zg'orning yо'lga qо'yilishi, oilada moddiy ne'matlar ishlab chiqarish, fermer xо'jaligi, shaxsiy ishlab chiqarish kabilar uning jamiyat oldidagi iqtisodiy funksiyasi va axamiyatini tobora ortiraveradi. Oilaning reprodiktiv funksiyasi nimadan iborat? Oilaning muxim bо'lgan funksiyalardan yana biri bu uning reproduktiv (jamiyatning biologik uzluksizligini ta'minlash, bolalarni dunyoga ketirish) fueksiyasidadir. Bu funksiyaning asosiy moxiyati inson naslini davom etirishdan iboratdir. Oilaning vazifasi faqatgina yangi avlodni dunyoga keltiribgina qolmasdan insoniyat paydo bо'lgan davrdan boshlab yashab kelayotgan ilmiy va madaniy yutuqlari bilan tanishtirgan xolda, ularning salomatligining saqlab turishidan ixam iboratdir. Tabiatan berilgan avlod qoldirish instinkti insonda farzand kо'rishga, ularni о'stirishga va tarbiyalashga bо'lgan extiyojga aylanadi. Bu extiyojlarini qondirmasdan turib, kishi odatda о'zini baxtiyr xis qila olmaydi. Shuningdek, er-xotnda farzand tug'ilishi bilan bog'liq xolda butunlay yangi xissiyotlar: ayolda-onalik, erkakda- otalik xissi paydo bо'ladi. Farzand er-xotin munosabatlarini yanada mustaxkamlovchi asosiy omil ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.37 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.37 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga