Oila psixologiyasi fani predmeti, maqsadi va vazifalari

Oila psixologiyasi fani predmeti, maqsadi va vazifalari

O'quvchilarga / Psixologiya
Oila psixologiyasi fani predmeti, maqsadi va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Oila psixologiyasi fani predmeti, maqsadi va vazifalari Reja : Oila psixologiyasi fani predmeti, maqsadi va vazifalari Oila psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari Jamiyat va oila Aksincha so'nggi yillarda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash borasida qanchalik ko'p gapirib, yozib, maxsus tadbirlar tashkil qilinsa ham nizoli oilalar, ajralishlar miqdori ortsa ortayaptiki, kamaymayaptiku? » - kabi savollar ro'yxatini cheksiz davom ettiraverish mumkin. Ma'lumki, insoniyat jamiyati taraqqiy etib borgan sari odamlarning o'zlari ham, ularning bir-birlari bilan bo'ladigan o'zaro munosabatlari ham, ayniqsa, shaxslararo munosabatlar orasida eng samimiy, eng yaqin bo'lgan oilaviy munosabatlar ham takomillashib, o'ziga xos tarzda murakkablashib boradi. Endi shu yoshlarning oilaviy hayotga tayyorlik jihatlarini ko'rib chiqamiz. Ilgarigi tengdoshlaringiz 15-16 yoshlarida oilaviy hayotga yetuklik talablaridan biri bo'lmish jinsiy yetuklikka, balog'atga yetar ekanlar, ular aksariyat hollarda shu yoshga kelib o'sha davrlar uchun xos va lozim bo'lgan, unchalik murakkab bo'lmagan dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik sir-asrorlaridan deyarli boxabar bo'lganlar (chunki u vaqtlarda bolalarni odatda, 13-14 yoshidan shogirdlikka berishgan), o'sha davrdagi ishlab chiqarish munosabatlari va texnologik jarayonlar ulardan maxsus yoki oliy ma'lumot talab qilmagan, 3-4 yil ustoz ko'rgan shogird 16-17 yoshida o'zi mustaqil ish yurita oladigan ustaga, o'z ishini uddalay oladigan mutaxassisga aylangan. Mabodo, u shu vaqtda oila quradigandek bo'lsa, o'z hunari orqali mehnat qilib, o'zini va oila a'zolarini iqtisodiy jihatdan ta'minlay olishi mumkin bo'lgan. Jamiyat taraqqiyotining bugungi holati hozirgi zamon oilasi oldiga o'ziga xos yangi ijtimoiy vazifalarni ham yuklaydiki, bularning barchasi hozirgi yoshlarimizni oilaviy hayotga maxsus tayyorlash masalasi eng dolzarb masalalardan biri bo'lishligini taqozo qilmoqda. «Oila psixologiyasi» kursining yaratilishi va uning o'quv predmetlari qatorida maktab, kollej, litseylarda o'tiladigan darslar jadvaliga kiritilishi ham Respublikamiz hukumati tomonidan yuritilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning mantiqiy va mazmuniy davomidir. «Oila psixologiyasi» fanining maqsadi - oila psixologiyasiga doir eng muhim bilimlarni berish va ular asosida tegishli malakalar, ko'nikmalarni shakllantirib, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashdir JAMIYAT VA OILA Har qanday jamiyat taraqqiyotida oilalarning, oilalar mustahkamligining o'rni beqiyosdir. Chunki tirik organizmning salomatligi uni tashkil qiluvchi har bir hujayraning sog'lomligiga bog'liq bo'lganidek, butun organizm o'z faoliyatini maqsadga muvofiq amalga oshirishida har bir hujayraning munosib o'rni bo'lganidek, oila ham davlat, jamiyat deb atalgan butun bir organizmni tashkil etuvchi hujayradir. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.27 MB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:49 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.27 MB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga