Oila psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari Reja: Oila psixologiyasi fanining predmeti. Oila psixologiyasining ilmiy tadqiqot metodlari. Oila psixologiyasi fanining funksiyalari. Oila psixologiyasi fanining vazifalari. Oila asli arabcha aelmand nizemand manolarini anglatuvchi oil-so'zidan chiqqanligi farxangi zaboni tojikyda qayd etilgan. O'zbek tilining izohli lug'atida ham bu so'z yer-xotin,ularning bola chaqalari va eng yaqin tug'ishganlaridan iborat biriga yashovchi kishilar majmui, uning erkak bilan qo'shiluvidan bola chaqalari olamga kelib, ayolmandlik yuzaga kelgan, binobarin oila shakllangan. I.A.Karimov: Oila haqida gapirar ekanmiz avvalambor, oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta'minlaydigan muqaddas urf -odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson bo'lib etishishiga bevosita ta'sir ko'rsatadigan tarbiya o'chog'i ekanini tan olishimiz darkordeganida ham, oila va oilaviy munosabatlar ustivor masalalar qatorida ekanligini takidlaydi. Oilaning ibtidoiy ko'rinishlari sanaluvchi qon-qarindash oila, undan keyingi bosqichda esa punaunal oila, yani bir guruhga mansub opa-sigillarning boshqa jamoa guruhidagi erlarga xotinlik qiladigan oila dastlab oiladan iborat demografik birliknigina anglatadi. Kishilik jamiyatning ilk ibtidoiy bosqichda poligam oilada monogam oilaga o'tish jarayonida yuzaga kelgan endoganik nikoh yani ibtidoiy urug'chilik tuzumida urug' ichidagi guruhiy nikohdan-bir urug'ga mansub erkak va ayol nikohidan chetlanish, aniqrog'i qziga urug' qizi bilan nikohlanishiga asoslangan ekzogam nikohga o'tish insoniyatda nomus tuyg'usini anglash naqadar uzoq vaqt davom etgan jarayon bo'lganini ko'rsatadi. Oila tarixiy ketegoriya sifatida kishilarni tibiiy-biologik, iqtisodiy, huquqiy, ma'naviy munosabatlarga asoslangan ijtimoiy birligi bo'lib, uning xilma-xil shakllari va ko'p qirrali vazifalari mavjud ishlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlarning tabiatiga jamiyat ma'naviyatiga va madaniy taraqqiyotning darajasiga bog'liqdir. Oila ana shu asoslarga tayangan holda kishilik tafakkuri va ijtimoiy harakatning ulug' kashfiyoti bo'ldi. Mashxur faylasuf Santayana aytganidek, Oila, bu-tabiatning shox asarlaridanbiriga aylandi. Oila juftlik qonuni asosida yuzaga keladi, bir erkakning o'zi yoki bir ayolning o'zi oila bo'la olmaydi. Oila yer-xotindan tashqari yerning ota-onasi, farzandlari, uka-singillaridan iborat ko'p bo'g'inli xonadon. Uning xar bir azosi o'z mavqeiga ega, shu oilaning ichki nizomiga bo'ysunib yashaydi. Shu manoda oila jamiyat ichidagi jamiyatdir. Bu jamiyatning o'z saltanati bor: bunda miglab tasodiflar jarayonida yer-xotin muhabbati sinovidan o'tadi. Bunda ular bir-birini chuqurroq tushunadilar, qadrlashadi, kechirimli bo'ladi. yer otaga, xotin onaga aylanadi, farzand tarbiyalanib, orzu havas quriladi. Shu manoda oila inson hayotiga to'kislik bahsh etadi, jamiyatning muqaddas maskani sifatida sadoqat sarchashmasiga aylanadi. Oila jamiyat nizomlari asosida yashasada, oilaviy munosabatlar mustaqil hodisadir. Oila ishlariga birovning aralashuviga xaqqi yo'q. Shu manoda oila jamiyatning muqaddas va daxlsiz yo'q muxtoriyatidan iborat saltanatdir. Bu saltanatning podshoxi-ota, vaziri-onadir. Oilaviy munosabatlar jamiyatiga mansub ijtimoiy - iqtisodiy, siyosiy-mafkuraviy, ma'naviy-axloqiy munosabatlar zaminida va ta'sirida kechadi: shu jarayonga xos o'zgarishlar asosida o'zgarib, takomillashib, tanazzulga uchrab ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:54:05
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.5 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:54 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.5 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:49 ]
Arxiv ichida: doc