Oila tizimini о'rganishda psixogenitik yondoshuv Reja: 1.Gruppaviy yoki guruhiy oila 2.Juftlik oila 3.Patriarxal oila 4.Monogam oila Tarixan oila va nikoh masalalarining qanday bо'lganligi, ushbu qadriyatlarga olimlar va allomalarning munosabatlari qanday bо'lganligi о'ta muhim va amaliy ahamiyatli hisoblangan. Oilaviy munosabatlar tizimining rivojlanishi nikohga kiruvchilar sonining kamayishi va nikoh uchun sherik tanlash tartiblarining qat'iy belgilanishi yо'nalishida rо'y bergan. Insoniyat ijtimoiy tashkil topishining eng qadimiy shakli bu urug'-qabila bо'lib, u bir ayol urug'idan tarqagan, matriarxat zotidan kelib chiqadigan (uning qizlari, qizlarning farzandlari va ularning avlodlari) barcha odamlarni о'zida birlashtirgan. Shu tariqa urug' - mohiyatan matriarxal oila bо'lib, onaning zotidan tarqalgan barcha avlodni bir-biriga chatishtirib boravergan. Bunday urug' shaklining saqlanib qolgan andozalaridan biri ruslardagi matreshka о'yinchog'i bо'lib, u bizga ona avlodlarining о'zaro bir-birlaridan kelib chiqishini ifodalaydi. Gruppaviy yoki guruhiy oila - bir necha opa-singillarning boshqa bir toifa erkaklar guruhi bilan nikohga kirishini taqozo etgan. Bunday ayollar yo о'z qavmidan bо'lgan erkakka yoki tamoman boshqa - begona urug'ning vakili bо'lmish erkakka turmushga chiqishi mumkin bо'lgan. Lekin avlodning kelib chiqishi onalik urug'iga bog'langan, otalikni belgilash holatlari inobatga olinmagan. S. Golodning yozishicha (1998 y.), onadan tarqagan avlodlar XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ham kо'pgina xalqlarda saqlanib kelgan. Juftlik oila - alohida, bir-biriga unchalik yaqin bо'lmagan yoki mutloq begona ikki kishi о'rtasidagi nikohni nazarda tutgan bо'lib, ular о'rtasidagi munosabatlar har doim ham mustahkam bо'lmagan va tomonlarning xohish-irodasiga kо'ra u istalgan vaqtda barbod bо'lishi ham mumkin edi. Hozirda mavjud bо'lgan oilalarda shaklan shu model saqlab qolingan. Patriarxal oila - bir erkak kishining bir yoki bir nechta ayol о'rtasidagi nikohiga asoslangan bо'lib, bunda erkakning huquqlari xotinnikidan kо'proq bо'lgan, nikohning bu shakli ayni xususiy mulkchilik rivojlangan davrlarda keng tarqalgan. Bunday oilada, tabiiy, erkak huquqlari ustivor bо'lib, uning har qanday oila masalalarini yechish va qarorlar qabul qilishdagi mavqei yuqori hisoblangan. Shu sababli avlodlarning kelib chiqishi, urug'ning tarqalishi kabi masalalar erkakning avlodlari shajarasidan boshlangan, mulkka egalik va unga vorislik ham erkaklar tabaqasi orqali yuritilgan. Monogam oila - bir erkak va bir ayol juftligi о'rtasidagi nikoh munosabatlarini nazarda tutadi. Ularning er-xotinlik munosabatlari ham umrbod hisoblangan (qadimgi grek sо'zlaridan olingan: monos - bir, yagona, tanho; gamos - nikoh ma'nosini bildiradi). Oilaning bunday shakli taxminan uch ming yillar avval paydo bо'lgan. О'z mohiyatiga kо'ra bu - patriarxal oilaning bir kо'rinishi hisoblanib, yaqin yillardan buyon oilaning bu shakli ayollar va ayollarning teng huquqliligi, bolalar tarbiyasidagi muayyan erkinlik, ona va bolaning oila hayotidagi nufuzi ortishi shaklida rivojlanib kelmoqda. Lekin biz oila va nikoh tushunchalarining allomalar va ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:54:05
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.56 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:54 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.56 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:50 ]
Arxiv ichida: doc