Oila va nikoh. Oila va nikoh institutining rivojlanishi tarixi

Oila va nikoh. Oila va nikoh institutining rivojlanishi tarixi

O'quvchilarga / Psixologiya
Oila va nikoh. Oila va nikoh institutining rivojlanishi tarixi - rasmi

Material tavsifi

Oila va nikoh. Oila va nikoh institutining rivojlanishi tarixi Reja: Insoniyat tarixida oila va nikoh institutining rivojlanishi tarixi Guruhiy nikohdan juftlik nikohigacha Gruppaviy yoki guruhiy oila Juftlik oila Patriarxal oila Monogam oila Oilaviy munosabat-lar rivojlanishida yangicha an'analar Yangi davr oilasi: tipologiyasi, tur-lari, xususiyatlari Patriarxal monogam oila Ajrimlar tufayli paydo bo'lgan noto'liq oila Beva bo'lib qolish, yoki turmush o'rtog'ining vafoti munosabati Nikohdan tashqari oila Alternativ oila turlari Aralash oilalar Godvin - nikohlar, uning asoschisi bo'lgan ingliz sotsial-monarxi Tarixan oila va nikoh masalalarining qanday bo'lganligi, ushbu qadriyatlarga olimlar va allomalarning munosabatlari qanday bo'lganligi o'ta muhim va amaliy ahamiyatli hisoblangan. uchun sherik tanlash tartiblarining qat'iy belgilanishi yo'nalishida ro'y bergan. Insoniyat ijtimoiy tashkil topishining eng qadimiy shakli bu urug'-qabila bo'lib, u bir ayol urug'idan tarqagan, matriarxat zotidan kelib chiqadigan (uning qizlari, qizlarning farzandlari va ularning avlodlari) barcha odamlarni o'zida birlashtirgan. Shu tariqa urug' - mohiyatan matriarxal oila bo'lib, onaning zotidan tarqalgan barcha avlodni bir-biriga chatishtirib boravergan. Bunday urug' shaklining saqlanib qolgan andozalaridan biri ruslardagi matreshka o'yinchog'i bo'lib, u bizga ona avlodlarining o'zaro bir-birlaridan kelib chiqishini ifodalaydi. Gruppaviy yoki guruhiy oila - bir necha opa-singillarning boshqa bir toifa erkaklar guruhi bilan nikohga kirishini taqozo etgan. Bunday ayollar yo o'z qavmidan bo'lgan erkakka yoki tamoman boshqa - begona urug'ning vakili bo'lmish erkakka turmushga chiqishi mumkin bo'lgan. Lekin avlodning kelib chiqishi onalik urug'iga bog'langan, otalikni belgilash holatlari inobatga olinmagan. S. Golodning yozishicha (1998 y.), onadan tarqagan avlodlar XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ham ko'pgina xalqlarda saqlanib kelgan. Juftlik oila - alohida, bir-biriga unchalik yaqin bo'lmagan yoki mutloq begona ikki kishi o'rtasidagi nikohni nazarda tutgan bo'lib, ular o'rtasidagi munosabatlar har doim ham mustahkam bo'lmagan va tomonlarning xohish-irodasiga ko'ra u istalgan vaqtda barbod bo'lishi ham mumkin edi. Hozirda mavjud bo'lgan oilalarda shaqlan shu model saqlab qolingan. Patriarxal oila - bir erkak kishining bir yoki bir nechta ayol o'rtasidagi nikohiga asoslangan bo'lib, bunda erkakning huquqlari xotinnikidan ko'proq bo'lgan, nikohning bu shakli ayni xususiy mulkchilik rivojlangan davrlarda keng tarqalgan. Bunday oilada, tabiiy, erkak huquqlari ustivor bo'lib, uning har qanday oila masalalarini yechish va qarorlar qabul qilishdagi mavqei yuqori hisoblangan. Shu sababli avlodlarning kelib chiqishi, urug'ning tarqalishi kabi masalalar erkakning avlodlari shajarasidan boshlangan, mulkka egalik va unga vorislik ham erkaklar tabaqasi orqali yuritilgan. Monogam oila - bir erkak va bir ayol juftligi o'rtasidagi nikoh munosabatlarini nazarda tutadi. Ularning yer-xotinlik munosabatlari ham umrbod hisoblangan (qadimgi grek so'zlaridan olingan: monos - bir, yagona, tanho; gamos - nikoh ma'nosini bildiradi). Oilaning bunday shakli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 53.89 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 53.89 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga