Oila va tashqi ijtimoiy muhit. Oilada ijtimoiy tarbiyaning bosqich va vositalari

Oila va tashqi ijtimoiy muhit. Oilada ijtimoiy tarbiyaning bosqich va vositalari

O'quvchilarga / Psixologiya
Oila va tashqi ijtimoiy muhit. Oilada ijtimoiy tarbiyaning bosqich va vositalari - rasmi

Material tavsifi

Oila va tashqi ijtimoiy muhit. Oilada ijtimoiy tarbiyaning bosqich va vositalari. Ota-onalik ustanovkalari va tarbiya shakllari Reja: Ijtimoiylashuv yoki sotsializatsiya tushunchasi Resotsializatsiya Oilada ijtimoiy tarbiyaning bosqich va vositalari Ota-onalik ustanovkalari va tarbiya shakllari Oila, maktab, pedagog hamkorligi Ijtimoiylashuv yoki sotsializatsiya tushunchasi sof ijtimoiy-psixologik va sotsiologik kategoriya bo'lib, bu shaxsning uni o'rab turgan tashqi ijtimoiy muhit ta'sirlariga berilishi, uning norma va qoidalarini o'zlashtirishga moyilligi, o'zlashtirganlik darajasini ifodalovchi jarayondir. Bu tushunchaning umumiy ma'nosida insonning tug'ilib, o'zini bevosita o'rab turgan tashqi muhit ta'sirida ulg'ayishi, shu jamiyat, shu atrof-muhit qurshovida tarbiyalanishi yotadi. Oila muhiti har bir shaxs uchun ana shunday birlamchi, dastlabki ijtimoiylashuv o'chog'i, maskani hisoblanadi. Ijtimoiylashuvning ikkilamchi maskanlari ham mavjudki, unga Mehribonlik uylari, maxsus internatlar hamda harbiy bilim yurtlari kiradi. Chunki u yerda nisbatan uzoq vaqt mobaynida bola tarbiyalandi, o'sha yerning normalari, qadriyatlari va talablari ta'sirida dunyoqarashi shakllanadi, shaxs bo'lib yetiladi. Agar dastlabki yoki ikkilamchi sotsializatsiyadan chekinish, undan mahrum bo'lish yoki xulqning tashqi salbiy ta'sirotlar natijasida deviant shaklga kelishi qayd etilsa, unda ilmiy tilda aytganda, resotsializatsiya deb nomlangan jarayon nazarda tutiladi. Oilaviy ijtimoiylashuvning qadri va ahamiyati shundaki, uning ta'sirida birinchidan, shaxs katta, mustaqil hayotga, jumladan, oilaviy hayotga tayyorlanadi, o'ziga yarasha sifat va fazilatlarni shakllantirib boradi, ikkichnchidan, har tomonlama yetuk, barkamol, aqlli, soh va salomat shaxs bo'lib yetishish imkoniyatiga ega bo'ladi. YA'ni, oila va uning sog'lom ma'naviy muhiti bolani jamiyatda yashashga, o'ziga o'xshash shaxslar bilan murosa qilish, hamkorlikda faoliyat yuritish, kasb-hunarli bo'lish, muomalada axloq-odob normalariga bo'ysunishga o'rgatadi, psixologik jihatdan tayyorlaydi. Rus sotsiolog olimi A.Antonovning ta'kidlashicha, oila ijtimoiy-psixologik yaxlitlik sifatida shaxsga shunday normativ va axborot ta'sirlarini ko'rsatadiki, oqibatda bola eng avvalo, jamiyatdagi qonuniy normalar, xulq andozalarini egallaydi. Oila qanchalik inoq, uyushgan va mustahkam bo'lsa, uning normativ ta'siri ham shunchalik samarali bo'ladi. Bunday oilada o'zining qadriyatlaridan tashqari, jamiyatning qadriyatlari, qonun-qoidalar va normalar hurmat qilinadi, bola boshidan jamiyatda yashashga o'rgatilgan bo'ladi. Uning ahamiyati shundaki, farzand maktabgacha tarbiya muassasasida ham, keyinchalik maktab, kollej yoki litseyda o'qiganda ham tartibli, intizomli, aytilgan vazifa, berilgan topshiriqlarni mas'uliyat bilan vijdonan bajdaradigan bo'lib, bolalar jamiyatida hamisha o'zining o'rniga ega bo'la oladi. Bunday farzanjdga turli bid'atlar, bemaza chaqiriqlar, da'vatlar ta'sir etmaydi, mustqil fikrli, pok vijdonli inson bo'lib yetishadi. Chunki, oila bu kichik jamiyat, jamiyatning kichiklashgan andozasi, oila mustahkam bo'lsa, jamiyat ham mustahkam bo'lishini o'zbek xalqi juda yaxshi biladi, shuning uchun ham ayniqsa, mustaqillik yillarida oila bizning Vatanimizda qadrlanadi, nikoh muqaddas rishta sifatida e'zozlanadi. Albatta, bolaning ijtimoiylashuv jarayoniga bevosita va bilvosita ta'sir ko'rsatuvchi boshqa ijtimoiy omillar ham mavjud. Masalan, jamiyat miqyosida amalga oshirilayotgan islohotlar, davlatning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.29 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.29 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga