Oila xususida sharq mutafakkirlarining qarashlari

Oila xususida sharq mutafakkirlarining qarashlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Oila xususida sharq mutafakkirlarining qarashlari - rasmi

Material tavsifi

Reja: Oila xususida sharq mutafakkirlarining falsafiy qarashlari Zardushtiylikning qadimiy kitobi - «Avesto»da oila muqaddas dargoh ekanligi haqida Abu Rayhon Beruniy «ozodalik va orastalik olijanoblikning o'zagi» Kaykovusning «QOBUSNOMA» sida oila xususida o'g'liga qilgan pand-nasihatlari Nikoh-oila munosabatlarining evolyutsiyasi Ma'lumki, nikohga va yaqin qarindoshlikka asoslangan axloqiy mas'uliyat, o'zaro hurmat, tushunish va mehr-muhabbat umumiyligi bilan bog'langan kichik ijtimoiy guruhni oila deyiladi. Oila boshqa turdagi kichik guruhlardan o'zining bir qator jihatlari bilan ajralib turadi: birinchidan, oila ko'p muddatga, ya'ni bir necha o'n yillar va ko'p yillarga mavjud bo'ladi; ikkinchidan, oilada shaxslararo munosabatlarning bir necha turlari amalga oshadi, ya'ni milliy mafkuramizga oid ilk tushunchalar, avvalo oila muhitida singadi va bu jarayon bobolar o'giti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshadi. Bunda oilaviy munosabatlarda tarbiyaviy, psixologik, hissiy, moliyaviy, jinsiy va boshqa vazifalarning amalga oshirilishi kuzatiladi; uchinchidan, oiladagi barcha munosabatlar zaminida salbiy yoki ijobiy holatlar yuzaga keladi, ya'ni oila a'zolaridan kimningdir kimgadir ta'siri oqibatida shaxs yoki yaxshi shakllanishi va komil inson darajasiga yetishi yoki tarbiyasi og'ir, xulqi buzuq odam bo'lib tarbiyalanishi mumkin. Demak, jamiyat uchun nihoyatda ahamiyatli hisoblangan ota-ona va bola, yer va xotin, oila a'zolarining o'zaro munosabatlari bilan bog'liq bo'lgan muammolar aynan oila negizida yuzaga keladi. Shuning uchun ham qadim zamonlardan boshlab oila, undagi munosabatlar masalalari har bir davrning donishmand, olim, mutafakkirlari tomonidan o'rganilib kelinganligini va ularning qarashlarida bu masalalarning yoritilganligini kuzatamiz. Bu qarashlarni, fikrlarni sizning hukmingizga havola etish orqali oila, o'zaro munosabatlar muammolari bizning hayotimizda doimo muhim masalalar sirasiga kirishini qayd etamiz. Inson va insoniy munosabatlar, shaxs va uning kamoloti muammolari uzoq asrlardan buyon jamiyatning eng ilg'or kishilari, olimlar, buyuk allomalar va donishmandlarning diqqat markazida asosiy masalalardan bo'lib kelgan. Sharqning buyuk allomalari hisoblangan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg'ariy, Kaykovus, Xotam ibn Tay, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Rizouddin ibn Faxriddin, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Uvaysiy, Nodira, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy kabi ko'plab olim va yozuvchilar bu masalalar yuzasidan o'zlarining durdona fikrlarini tarixda qoldirib ketganlarki, ular hozirgi zamon fani uchun ham katta ijtimoiy va mafkuraviy ahamiyatga egadir. Ularning asarlarida oila va oilaviy munosabatlarga ham alohida e'tibor berilgan, shuning uchun biz yuqoridagi buyuk mutafakkirlarning ayrim pedagogik va psixologik qarashlari yoritilgan asarlarini tahlil etish orqali talabalarga mazkur muammolarning naqadar dolzarb ekanligini bayon etamiz. Sharq mutaffakirlarining barchasini g'oyaviy jihatdan birlashtirgan asos shu bo'lganki, ular shaxs tarbiyasi va kamolotida oilaning, oilaviy tarbiyaning rolini yuqori qo'yishgan, ayniqsa, shaxsning aqliy va axloqiy kamolotida oilaning o'rni, ota-ona va yaqin kishilarning yo'naltiruvchi va tarbiyalovchi vazifalariga alohida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.8 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.8 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga