Oilada shaxslararo munosabatlar va muloqot psixologiyasi

Oilada shaxslararo munosabatlar va muloqot psixologiyasi

O'quvchilarga / Psixologiya
Oilada shaxslararo munosabatlar va muloqot psixologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Reja: Oilada muloqot Muloqot jarayonida yuzaga keladigan to'siqlar Oilaviy munosabatlar psixologiyasi Oilaviy munosabatlar psixologiyasi yer-xotinlik munosabatlari Mavzuga oid aforizmlar Mavzuga oid latifalar Mavzuga oid latifalar Odamlar o'rtasidagi muloqot va uning umumiy qonuniyatlari odam turmush tarzining barcha jabhalarida boshqa odamlar bilan bo'ladigan o'zaro munosabatining eng muhim shartlaridan hisoblanadi. Odamning aqli, irodasi, hissiy madaniyati, tarbiyalanganligi, nazokatliligi va shu kabilarning barchasi muloqot tufayli shakllangan xislatlardir. Shu bilan birga uyqusizlik, bosh og'rig'i, nevrozlar, insultlar, infarqtlar va boshqa turli kasalliklar, shuningdek ichkilikka, giyohvand moddalarga ruju qo'yish, hatto o'z joniga qasd qilish kabilar ham shu muloqotning natijasidir. Rivoyatlarda aytilishicha, dono Ezop o'z xo'jayinining «Menga avval, dunyodagi eng mazali, shirin taomni keltir va undan so'ng aksincha eng bemaza, yaramas taomni keltir», - deb buyurganida, u har ikkala safar ham qaynatilgan tilni keltirgan ekan. Demak, til, muloqot inson hayotida undan qanday foydalanish, uni qanday ishlatish, qanday tashkil qilishga qarab, uning uchun eng aziz, eng qadrli bo'lishi yoki aksincha eng fojiali bo'lishi ham mumkin. Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida odamlar kundalik muloqotining tezlashuvi, aholi zichligining ortib borishi, odamlar turmush tarzining jadallashuvi, ularning ruhiy zo'riqish va ta'sirlanuvchanligining kuchayib borishi kabi holatlar bugungi kunda odamlarning muloqot madaniyatining yuqori darajada bo'lishini taqozo etadi. Muloqot madaniyati. Muloqot madaniyatiga birinchidan, o'z-o'zini bilish va boshqa odamlarni tushuna olish qobiliyati, ya'ni ularning psixologik xususiyatlarini to'g'ri baholay olish, ikkinchidan, ularning xulqi va holatlariga nisbatan mos (adekvat) munosabat bildira olish, uchinchidan, har bir odamga nisbatan uning shaxsining individual xususiyatlariga eng ma'qul keladigan muloqot shakli, usuli va stillarini tanlay bilish kiradi. Muloqot madaniyatini oshirish uchun odamda ilk yoshlikdan boshlab boshqa odamlarga hurmat va samimiyat bilan munosabatda bo'lishni, ularga hamdardlik, insonparvarlik, mehribonlik qilish qobiliyatlarini shakllantirib borish kerak bo'ladi. Muloqot eng avvalo odamni odam tomonidan idrok qilishidan boshlanadi, unda dastlabki o'zaro baholash amalga oshadi, dastlabki hissiy-intellektual munosabatlar shakllanadi va shundan so'ng tegishli muloqot shakli amalga oshiriladi. Bu jarayonda odam haqidagi ma'lumot, idrok etilayotgan odamning hayotiy tajribasi, u yoki bu munosabat shaklini yoqtirishi yoki yoqtirmasligini yuzaga keltiradigan bevosita emotsional munosabatlar muhim rol o'ynaydi. Muloqotda buyruq ohangining ustunligi, do'q-po'pisa ohangida keskin shaklda muomalada bo'lish, suhbatdosh nomiga tez-tez bildirilib turiladigan e'tirozlar, uning xatti-harakati va fikrlaridan norozilikni ifodalash, yo'l bermaslik va tajovuzkorlikni namoyon qilish, oilada o'zaro raqobat (yoki hukmronlik-bo'ysinuvchanlik) munosabatlarini yuzaga keltiradi. Befarqlik, e'tiborsizlik, qo'pollik, bemehrlik, behurmatlik kabilar oiladagi samimiy muloqotga putur yetkazadi. Agar aksariyat hollarda iltimoslardan, maslahatlardan, o'zaro kelishuvli savol-javoblardan, o'z niyat-istaklarini, xatti-harakatlarini xotirjamlik bilan bayon qilish usulidan foydalanilsa, agar oilada o'zaro yordam, o'zaro tushunish, bir-birlariga yon berish odat bo'lsa, unda bunday oilalarda do'stona munosabatlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.1 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.1 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga